SЕVGI
Har payshanba yotoqxonada ovqat qilish uning navbati. Mana yana payshanba! Bir nimalarni xirgoyi qilgancha sabzi archadi, guruch tozalaydi. Ich-ichidan baxt ovozi taralayotganday go‘yo. Shu ohangga raqs tushib osh dimlaydi.
− Qizla-a-ar, sevimli domlajonlarimiz sharofati bilan bo‘layotgan go‘shtsiz oshimiz dimlandi, deb qiyqirgancha xonasiga uchadi…
Bir vaqt… oshxonada to‘polon.
“Iloyim kim olgan bo‘lsa, Meliqo‘ziyev domlaga ro‘baro‘ bo‘lsin”.
“Anovi Dilshod yurgandi boya…”
Oshsiz qolgan qizlarning fig‘oni falakda. Faqat u xursand. Ugina quvonchdan ichiga sig‘maydi. Biladi-da, hxozir 7-xonadagi Alibek bu oshni yeyayotganini. Xonasiga kirgancha kutadi. Doimgiday, ichida “Qo‘lingiz onamning qo‘llariday shirin” degan yozuvi bor qozonni oshxonaga qo‘yib ketishlarini intizor kutadi.