Kuydirgandim, o’zim kuydim…

Shahnoza, seni juda ko’rgim kelyapti. Yolg’izlik iskanjasida qiynalyapman. Sovuq borliqni o’z zabtiga olgan. Yana men yomon ko’rgan sovuqlar boshlandi. Xonam sovuqligidan ko’ra yolg’izlik ko’proq junjiktiryapti tanamni. So’nggi so’zlaringni eshitib, quloqlarimga ishonmadim. «Meni unuting, boshqaga uylaning», deganding sira tap tortmay.


Mayli, seni-ku tinch qo’yarman, lekin o’z yuragimni, qalbimni tinchita olarmikinman?


Yo’q, seni unutish qo’limdan kelmadi. Sen boshqasi bilan baxtli bo’lib ketsang-da, men baxtli bo’lolmadim. Meni kechir, senga ko’p ozor yetkazgandim. Endi esa o’zim azobdaman. Ayriliq, hijron naqadar og’irligini, kutishning qanchalik qiyinoqligini endi his etyapman. Esingdami, seni ko’p kuttirardim. Mena endi o’zim seni intizorlik bilan kutmoqdaman. Har kuni yo’lingga mushtoq bo’lib ko’z tikaman.


Kelmasligingni bilsam-da umid uzmayman. Mayli, endi men uchun ham baxtli bo’l. Menday telba oshig’ingni unutma.


Shohrux Mirzo

Toshkent shahri