MEN BORMASAM, SEN KELMASANG…
Men bormasam, sen kelmasang,
Men yonmasam, sen yonmasang,
Bir kun kuyib kul bo`larman,
Sevganimga ishonmasang.
O`rtamizda g`urur bordir,
Ikkimizga dunyo tordir.
Har kun eshik qoqadi baxt,
Umidvordir, umidvordir.
Ko`zlarimiz mahzun-mahzun,
Hislarimiz bizdan, mavhum.
So`zlarimiz qisqa-qisqa,
Shartlarimiz uzun-uzun.
Birovlarga o`xsholmasak,
Odamlardek yasholmasak,
Oxiri qanday tugaydi,
O`zimizga ishomasak.
Bu darddan qutulay deyman,
Bir umrga uxlay deyman.
Bir zumga seni o`ylasam,
Yig`lay deyman, yig`lay deyman.
Men bormasam, sen kelmasang…
BOSHQAMI YO SEVGANING?
Yuragim qon bo`lgan kun,
Ichimda g`am to`lgan kun,
Ko`z yoshim to`kilgan kun,
Holim so`rab kelmading,
Boshqami yo sevganing?
Yursam, yo`lim adashar,
Kulsam dilim adashar,
So`zlab tilim adashar,
Baxtim eding bilmading,
Boshqami yo sevganing?
Qalbimni ko`p g`ashlama,
Sirli nigox tashlama,
G`irrom o`yin boshlama,
Rostmi ko`ngil uzganing,
Boshqami yo sevganing?
Oylar o`tar, yil o`tar,
Javobing Ahad kutar,
Seni qanday unutar,
Ko`ngil uyin buzganing,
Boshqami yo sevganing?
BECHORA MUHABBATIM…
Azobdagi rohatim,
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.
Hech yo`qolmas izimsan,
Bahorimda kuzimsan,
Qismatimda to`zimsan,
Bechora muhabbatim.
Senga ne bor oylarda,
Toza dil yo`q joylarda,
Panoh izlab yurarsan,
Mensiz yolg`iz kaylarda.
Visoldagi furqatim,
SHijoatsiz jur`atim,
Hech o`zgarmas suratim,
Bechora muhabbatim.
Yurak deya adosan,
Sen kechagi xatosan,
Yaratgandan atosan,
Bechora muhabbatim.
Har bosgan yering cho`g`dir,
Nigohing paykon o`qdir,
Ozor berib to`ymasan,
Ahadga rahming yo`qdir.
Azobdagi rohatim,
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.
SENI KECHIRMAYMAN…
Seni kechirmayman ketganing uchun,
O`zganing qo`lidan tutganing uchun,
O`zingni arzonga sotganing uchun,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Hayotimni buzding uchrab qaydanam.
Sendan yashirmayman mendan ham o`tdi,
Mening gunohlarim dard bo`lib qaytdi,
Muhabbatim endi ko`z ochgan payti,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Meni qaytarmadi birorta odam.
Nimamga ishonib sevdim men nodon,
-Men ham kuyib ketdim
Qichqirar qozon,
Yaxshi niyat bilan uyg`onib azon,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Omadimni sinab ko`ray deb men ham.
Yig`lama…!
Shaytonning urg`ochisisan,
Hammani do`zaxga chorlovchisisan,
Yolg`onchilarning eng yolg`onchisisan,
Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam,
Bilmay bir shaytonni tanlab qo`yibman
AVVAL DO`STLIK…
Avval do`stlik, keyin sevgi, keyin hijron,
Avval ishonch, keyin quvonch, keyin yolg`on…
Xoling ne deb so`rolmayman, so`rolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Avval aql, keyin yurak, keyin vijdon,
Avval savol, keyin va`da, keyin armon…
Sababini aytolmayman, aytolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Seni ko`rsam yoningdan ham o`tolmayman,
Kecha kutgan Ahad kabi kutolmayman,
Qo`llaringdan mahkam quchib yurolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Axir hayot kitob emas, kino emas,
Turmush bilan ko`ngil boshqa ma`no emas,
Men bu dardni yuragimga yutolmayman,
Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
SENGA ISHONISHNING BITTA YO`LI BOR
Senga ishonishning bitta yo`li bor, o`zimni aldash…
Yuragim yolg`onlar qamalgan diyor, qismati chalkash…
O`zimni so`roqqa tutmoq istayman, lekin qo`rqaman.
Seni unutmoqqa chora izlayman, shuni uqaman.
Baxtliman, agar baxt azobda bo`lsa, tole`im butun.
Qiynoqlar izma-iz so`roqlab kelsa, yashirmoq nechun.
Axir o`z-o`zimdan qochmoqning bu dam iloji yo`q-ku.
Garchi kul ostida bo`lgani bilan yuragim cho`g`-ku…
Ey yuragim, nahot, nahotki bizlar qoldik zulmatda.
Ko`kka tig` sanchardim topolsam xanjar bunday fursatda.
Qalbimni aldashdir eng so`nggi choram azizim, tushun,
Sen uchun o`zimni o`tga tashlayman bilmayman nechun…
HAMMA QILGANLARING OZINGGA QAYTAR
Qachondir sen meni yodga olasan,
Kimsasiz sahrodek yolgiz qolasan,
Sevgimizni eslab oyga tolasan,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring ozingga qaytar.
Yaxshiga yaxshilik qaytadi bir kun,
El unga raxmatin aytadi bir kun,
Yomonni lanatlar kutadi bir kun,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring ozingga qaytar.
Mening muhabbatdan boshqa nimam bor,
Bir sening xayoling doim menga yor,
Bugun yuragimga sen berding ozor,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilganlaring ozingga qaytar.
Men-ku erta yana baxtim toparman,
Xayotga qaytaman shahdim toparman,
Yoqotgan davlat-u taxtim toparman,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring ozingga qaytar.
Birov xaqqi birov qornida qolmas,
Birov qarzi birov boynida qolmas,
Yomonlik Ahadning konglida qolmas,
Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar,
Hamma qilmishlaring o`zingga qaytar.
SIZNI YOQOTGANIM YOLGON BOLMADI
Sizni yoqotganim yolgon bolmadi,
Ozimni topishim oson bolmadi.
YOlgizlik xayr endi, omon bol xijron,
Otgan damlarimiz yomon bolmadi.
Xammasini kordim, ne bersa qismat,
Rux falakka yetdi tushganda kulfat.
Boshimdan otgani bu qaro zulmat,
Qayta xayot berdi, figon bolmadi.
Azobingiz menga pinxon baxt berdi,
Ijodimga ilxom, yangi dard berdi.
Niyatim birgina vaslingiz edi,
Dilda shundan boshqa armon bolmadi.
Oylamang, bu kunlar emasdir mangu,
Otginchi sinovdir xar qanday qaygu.
Sizning labingizda uygondi kulgu,
Lek mening yuragim vayron bolmadi.
Yoq, xali xammasi tugagani yoq,
Kunglingiz Ahaddan bolsin mudom toq.
Dilda muxabbatdan yongan osha chog,
Xech kimga yashirin pinxon bolmadi.
ALDANGAN QIZ
(Endi ayt-chi,kimga keraksan,
Gul umrini uvol qilgan qiz.
Ming g’iybatchi tilda ermaksan,
Yoshligini zavol qilgan qiz.)
U yig’ladi artdim yoshini,
Savol bersam,egdi boshini.
Ko’tarolmas hasrat toshini,
Aldangan qiz.
Avji bahor ochilmagan gul,
U bir dildor,sochilmagan dil.
Yolg’iz qolsa,ne qilsin,axir,
Aldangan qiz.
Sevdi baxtli bo’laman deya,
Aldanishin kutmagandi-ya.
Yig’lar endi u kuya-kuya,
Aldangan qiz.
Daydi shamol ermaklab o’tar,
U-chi bedor kimnidir kutar.
Yostiqlari toshdan ham battar,
Aldangan qiz.
Baxti samoda yonmagan yulduz,
Qalbi nafrat to’la bir dengiz.
Gul umrini so’ldirdi essiz,
Aldangan qiz.
Aldangan qiz xazonga o’xshar,
Hayotdan hech umidsiz yashar.
Yolg’izlikdan ezilib qaqshar,
Aldangan qiz.
Tinglang,do’stlar,Ahad dardini,
Yig’lab yozgan har bir satrini.
Sen Xudoga sol nomardlarni,
Aldangan qiz.
SEVGANING YAXSHIMASMI?
Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Yaxshimasmi yonimda,
Jonim bo‘lsang jonimda,
Ayni yeog‘inganimda,
Kelganing yaxshimasmi?
Tushunmayman sshi ham,
Qiynab yubording biram,
Qaynoqqina mehrimga,
To‘yganing yaxshimasmi?
Ko‘zlarimga termulib,
Dardlarim olib-olib,
Dilga muhabbat solib,
Qolganing yaxshimasmi?
Eshitmasang dod desam,
Kammi yo jonim bersam,
G‘amdan to‘lmay boshginang,
Kulganing yaxshimasmi?
Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
BEGOYIM
Yo‘llarimga gul to‘kib,
Keling demang guloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
Ishq shahrining darchasi,
Menga yopiq barchasi.
Oh, xiyonat zarbasi,
Begim demang begoyim.
Siz quvnagan ko‘chalar,
Biz yig‘lagan kechalar.
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang begoyim.
Endi qadrimiz bilib,
Yig‘laysiz, qaytib kelib.
Poyimizga yiqilib,
Begim demang begoyim.
Nozikkina bilaklar,
Endi kimni ermaklar.
Menga aytmang ertaklar,
Begim demang begoyim.
Yo‘llarimga ko‘z tikib,
Keling demang muloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
MENI SOG‘INMADINGMI
Osmon titrab chaqmoq chaqar,
Yuragimni chayon chaqar,
Nafasimdan olov chiqar,
Meni sog‘inmadingmi?
Sevgi boshga balo bo‘ldi,
Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi,
Bu qandayin jazo bo‘ldi,
Meni sog‘inmadingmi?
Sen uchun qonlar yutdim-ay,
Umrbod seni kutdim-ay,
Dunyodan yolg‘iz o‘tdim-ay,
Meni sog‘inmadingmi?
Quyosh ko‘rmagan qishmisan,
Loyi pishmagan g‘ishtmisan,
Shunchalar bag‘ri toshmisan,
Meni sog‘inmadingmi?
Chil-chil sinib sabr kosam,
O‘zim seni izlab borsam,
Qumlar bosgan qabring topsam,
Meni sog‘inmadingmi?
Bormikan azobning narxi,
Ahadga yo‘q buning farqi,
O‘sha sof muhabbat haqqi,
Meni sog‘inmadingmi?
BORGAN SARI…
Borgan sari go‘zallashib boryapsan,
Ammo battar qaysarlashib boryapsan,
Meni qiynab o‘jarlashib boryapsan,
Ado bo‘ldim,
Ahvolimni ko‘ryapsan…
Sevasanmi, sevmaysanmi bildirmay,
Kelasanmi, kelmaysanmi sezdirmay,
Kel, muhabbat qasrin obod etaylik,
Yonimda bo‘l,
Ko‘p o‘zingdan bezdirmay…
MENI KECHIR
Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,
Kirib qoldim xiyonatning ko‘chasiga,
Or-nomusni savdo qildim meni kechir.
Dilda endi umid yo‘q bir dastagina,
Yurakkinam yig‘lar endi astagina,
Bosh ko‘tarib yurolmaysan endi men deb,
Xastagina gulim meni, xastagina!
Meni kechir, xato qildim, meni kechir,
Qiynayverib ado qildim, meni kechir,
Bergan eding menga oppoq ko‘nglingni sen,
Yuzlaringni qaro qildim meni kechir!
Yurar bo‘lsam kutar meni xazonyo‘llar,
Yolg‘onyo‘llar, gumonyo‘llar, arzonyo‘llar,
Nima qilay, nima qilay, nima qilay,
Pushaymonlar yuragimni g‘ajiyverar!
Yig‘lamagin, chidaymizda taqdir endi,
Mendan ko‘ra senga ko‘proq og‘ir endi,
Baxtsiz qolding nahotki sen meni o‘ylab,
Yongin Ahad, dod sol endi, hayqir endi!
Meni kechir xato qildim, meni kechir,
Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,
Kirib qoldim xiyonatning ko‘chasiga,
Or-nomusni savdo qildim meni kechir.
DIL BERMOQ AYBMI?
Sevgim izhoriga ocholmay labni,
Yoningda yonaman, qiynayman qalbni,
Nega muhabbatim qabul qilmaysan,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Qara, g‘unchalarin ochmoqda bahor,
Atirgul atrini sochmoqda bahor,
Yurakkinam seni qilmoqda xumor,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Sog‘insam ko‘zimdan daryo toshganday,
Qalbim har lahzada senga shoshganday,
Sensiz hayotimdan ma’no qochganday,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Yurak malikasiz qasrday vayron,
Ko‘nglim qaldirg‘ochlar tark etgan ayvon,
Nima gap deb sevgi o‘rtada hayron,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Seni aldamadim, ranjitmadim hech,
Ismingni tilimdan qo‘ymay erta-kech,
Endi xotiralar mendan olar o‘ch,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Sevaman, poyingga ko‘zlarim surtib,
Ko‘zda yoshlarimni shamolda artib,
Tushun, hayotimda qolmadi tartib,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
Bilaman, savollar yoqmaydi senga,
Bir kuni yolg‘onlar aylanar chinga,
Ertaga pushaymon naf berar kimga,
Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?
KETDIMU…
Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng‘ so‘nggi so‘zimni aytolmay qoldim.
Bedavo, bedavo, dardim bedavo,
Bunga sabab xiyonating, bevafo.
Alvido, alvido, senga xayr-xo‘sh,
Sen yo‘qsan, hayotim, qalbim ham bo‘m-bo‘sh.
Ishqning bozorida mening narxim yo‘q,
Kelib ko‘r, telbadan mening farqim yo‘q.
Ketdimu, ko‘changdan o‘tolmay qoldim,
G‘azabdan o‘zimni tutolmay qoldim.
Yashirmayman tunlar ko‘z yoshim daryo,
Yomonam sog‘inib ketaman goho.
Sevaman qalbingni nolasigacha,
Sevaman sochingni tolasigacha…
Bilgin, nega o‘zga qo‘lini tutdim,
Seni, faqat seni unutish uchun.
Uni men senchalik balki sevmasman,
Ammo, butun umr tashlab ketmasman…
Yillar o‘tib ko‘zlar tushganda ko‘zga,
Tilimiz kelmasa biror bir so‘zga.
Istayman, sening ham baxting ko‘rmoqni,
O‘zim ham baxtiyor yashab o‘lmoqni.
Bir kun senu men baxt toparmiz axir,
Ammo ikki o‘tda sevgiga og‘ir.
So‘nggi so‘zlarimni eshit ey makkor,
Bir kuni bo‘larsan aftoda va xor.
Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng so‘nggi so‘zimni yutolmay qoldim.
DILBAR
Meni shaydo qilgan dilbar,
Ishqi sarmast etdi do‘stlar,
Qarashlari sirli-sirli,
O‘tli boqar, o‘tli boqar.
Atrofimda parvonadir,
Ta’rifi bir afsonadir,
Yurishlari mayin-mayin,
Qoshlar qoqar, qoshlar qoqar.
Diydoriga qarab to‘ysam,
Lablariga labim qo‘ysam,
Nafaslari shirin-shirin,
Biram yoqar, biram yoqar.
Oshiq Ahad ado bo‘ldi,
Qomatiga gado bo‘ldi,
Qarab qo‘yea kulib-kulib,
Gullar sochar, gullar sochar.
SEVAMAN…
Sevaman, o‘ziga aytolmayman hech,
Ammo ortimga ham qaytolmayman hech,
O‘zi ham indamas bir sado kutsam,
Nima qilay bir zum kutolmayman hech.
Boshim og‘riyapti,
Kallam ishlamayapti
Axir sevaman deb aytaman qanday,
Menday dilbezovta tentak oshiq yo‘q,
Muhabbatga asir ko‘ngil yo‘q menday…
YIG‘LA KO‘NGLIM…
Yig‘la ko‘nglim, yig‘la bu oqshom,
Yig‘la, eslab baxtli kunlarni,
Baxt o‘rniga bizning muhabbat,
Boshlab keldi qaro tunlari.
U kelmaydi, unut, sog‘inma,
Uchrab qolsa, baxli bo‘l deb ayt,
Ammo, izlab borma, yalinma,
Telba kunglim shu fikringdan qayt…
YOLG‘ON TUSHIB O‘RTAGA
Ikkimizni ishq o‘ti,
Devona qilib qo‘ydi.
Yolg‘on o‘rtaga tushib,
Begona qilib qo‘ydi.
Umidlar so‘na so‘na,
Qancha kuydim mengina.
Gap-so‘zlar anchagina,
Ovora qilib qo‘ydi.
Hech nima talashmadik,
Baxt uchun kurashmadik,
Charchadim men shunchalik,
Yuragim to‘yib bo‘ldi.
Og‘rir yurak voy-voylab,
Birgina seni o‘ilab,
Kimlar yo‘limiz poylab,
Tuzog‘in tashlab ko‘ydi.
Ikkimizni ishq o‘ti,
Devona qilib qo‘ydi.
Shayton o‘rtaga tushib,
Begona qilib qo‘ydi.
MEN UCHUN HAM O‘ZINGNI ASRA
Sevdim degan so‘zingni asra,
Meni kutgan ko‘zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Asra, dilda muhabbatingni,
Asra menga ko‘ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Ko‘ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko‘p yig‘latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Sinab bir bor va’dalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o‘chin,
Urtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig‘lab izlaring o‘pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.
Yurakka in qurmayin qayg‘u,
Hayotingga solmagin og‘u,
Sendan bitta iltimosim shu —
Men uchun ham o‘zingni asra.
To‘ldir jonim, qalbingni nurdan,
Go‘zal bo‘lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o‘zingni asra.
QAYLARDASAN
Qaylardasan, bergin menga,
Sado, sado.
Muhabbatdan kechib qilma,
Xato, xato.
Yuragimda g‘amtoshlarim,
Tugar sabr-u bardoshlarim,
Sen kelmasang, kuz yoshlarim,
Daryo, daryo.
Sochlaringni tarashlaring,
Boshqachadir yurishlaring,
Kipriging qarashlaring,
Dunyo, dunyo.
Qara, hayot bir sahnadir,
Umr o‘zi bir lahzadir,
Seni dilga solgan Xudo,
Tanho, tanho.
Qaro, qaro qoshginangda,
Buncha savdo boshginangda,
Oh, o‘n sakkiz yoshginangda,
Buncha g‘avg‘o.
Senga jonim fido, fido,
Buncha qilma ado, ado,
Qilgin vafo, qilmay jafo,
Zebo, zebo.
Oshiq Ahad tilagida,
Qonli bu ishq ko‘ylagida,
To‘lib ketgan yuragida,
Navo, navo.
KELMASANG
Dil osmonim toraydi,
Zulmat tushib qoraydi,
Mendan kim hol so‘raydi,
Kelmasang.
Umid ipin uzgani,
Ishq qasrini buzgani,
Sevolmayman o‘zgani,
Kelmasang.
Xazonlarga dil ochgum,
Armonlarga qo‘l ochgum,
Gumonlarga yo‘l ochgum,
Kelmasang.
Uzim izlab borayman,
Ostonangda tunayman,
Sevmaydi deb o‘ylayman,
Kelmasang.
Uyg‘onsaydim bag‘ringga,
Uchramayin qahringga,
Qanday kiray qalbingga
Kelmasang.
Yetolmay ming tilakka,
Qolsam, g‘iybat ermakka,
Nima deyman yurakka,
Kelmasang.
BILAMAN, XALI HAM UNI SEVASIZ
Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku,
Nega buncha menga azob berasiz,
Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Meni yupatasiz.
Yolg‘onlar zanjir,
Uzingizni aldab nima qilasiz,
Quying, hammasini bilaman axir,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Ko‘zlaringiz sotqin.
Dardingiz oshkor,
Ko‘ngil qasringizdan meni quvasiz,
Yurak osmoningiz mening uchun tor,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Menga qarab turib o‘ylaysiz uni,
Uning yo‘llaridan umid uzasiz.
Sizning fojeaga aybim ne meni,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
Nima qilay axir,
Nima qil deysiz,
Orzular yovvoyi kapalaklarim,
Bilaman, hali ham uni sevasiz,
Axir, buning uchun yo‘q mening aybim…
Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku,
Nega buncha menga azob berasiz,
Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u,
Bilaman, hali ham uni sevasiz.
SEVGI KO‘CHASIDA
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,
Ojizgina qalbin tig‘laydi bir qiz,
Gul umrini barbod qildi u yigit,
Beshafqat taqdirni qarg‘aydi bir qiz…
Xiyonat xanjaring qonlar sachratdi,
U nomardni hayot qaydan uchratdi,
Falakni titratar shu bitta dardi,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz.
U bir malaksiymo, pariro‘y bir qiz.
Sarviqomat barno, tishlari dur qiz,
Uning aybi nima tushuntir hayot,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz.
Sotilgan, or-nomus, pushaymonga qasd,
Endi u hech kimga ishonmaydi bas,
Yo‘qotish, insonga saboqmaktab, dars,
Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,
Nafratning qo‘ynida uxlaydi bir qiz,
VISOLning uyiga sig‘maydi bir qiz,
Qalbini titratib shoir Ahadni,
Hayot ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,
KECHIR MENI, KECHIR, YURAK
Endi u yo‘q hayotimda,
Yashar faqat faryodimda,
Ayrildim bir qanotimdan,
Qaytib sevolmasam kerak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Nahot qaytib uchrashmayman,
Ko‘rishmayman, so‘rashmayman,
Baxtlibosda yarashmayman,
Qalbimda kuz xazonko‘ylak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Pushaymonlar qavat-qavat,
Bir yon alam bir yon nafrat,
Dilda shovqin shahri hasrat,
Yig‘lar xasta dil jonsarak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Jim yig‘layman o‘ltirvolib,
Suratlaring keltirvolib,
Dilni dardga to‘ldirvolib,
Kechagi baxt shirin ertak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Ko‘zimizga termilar ishq,
Gumonlarga cho‘milar ishq,
Qay qabrga ko‘milar ishq,
U kelmaydi yo‘qsir darak,
Kechir meni, kechir, yurak.
Qon qaqshayman yolg‘izliqda,
Oshiq Ahad yorsizliqsa,
Sensizlikda, holsizlikda,
Vasli umid telba istak,
Kechir meni, kechir, yurak.
UYQUSIZ KECHALAR
Uyqusiz kechalar ko‘zlarimda yosh,
Beshafqat g‘amlarga yuragim talosh,
Yodimga tushadi o‘sha bag‘ritosh,
Jim, bir zum gapirma yurak yig‘lasin,
Uning yo‘llariga umid bog‘lasin…
Qo‘y, ovutma meni bir yig‘lab olay,
Telba, tentakkinam yodimga solay,
Xayolda bo‘lsa qam yoniga boray,
Sog‘inchlar xanjari qonli tig‘lasin,
Yolg‘ondan bo‘lsa ham ruhim uxlasin.
Nima qilay axir ezilib ketdim,
Uni esga olsam jimirlar etim,
Ey dil, gulfaslimni kimlarga berdim,
Dod sol, qichqiriqqa dunyo sig‘masin,
Jim, bir zum gapirma, yurak yig‘lasin.
Boshim urib yorsam chidarmikin tosh,
Farqini bilmayman qon bilan ko‘z yosh,
Yodimga tushganda o‘shal bag‘ritosh,
Uyqusiz kechalar dardim cho‘g‘lasin,
Tushimda bo‘lsa ham meni yo‘qlasin.
Uyqusiz kechalar ko‘zlarimda yosh,
Beshafqat g‘amlarga yuragim talosh,
Yodimga tushadi o‘sha bag‘ritosh,
Jim, bir zum gapirma yurak yig‘lasin,
Uning yo‘llariga umid bog‘lasin…
SEVGI SHAROB
Sevgi — sharob,
Ichib bo‘lmas.
Sevgi — azob,
Kechib bo‘lmas.
Nima qilay,
Dil cho‘g‘ endi,
Qanday kulay,
U yo‘q endi.
Sevgi — yig‘lab,
Kuldiradi,
Sevgi — qiynab,
O`ldiradi…
Kuta-kuta,
Dilim ko‘ndi.
Jon bezovta,
U yo‘q endi.
Sevgi — bahor,
Ko‘z yosh — yomg‘ir,
Sevgi — ozor.
Chidash og‘ir…
Dil — qush bilmay,
Qayga qo‘ndi,
So‘rar tinmay,
U yo‘q endi.
Sevgi — kitob,
O‘qib bo‘lmas,
Sevgi — uzuk,
Taqib bo‘lmas.
Ahad yig‘lab,
Bag‘ri yondi,
Jim, yiroqlab,
U yo‘q endi…
SENI KO‘RSAM EDI
Nafasim iztirob, qadamim azob,
Sening darding ila bo‘lyapman xarob,
Visoling qalbimga bo‘lmasdan sarob,
Sog‘ingan yurakni etmay umidvor,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Qo‘llaring eslayman, ko‘zing eslayman,
Oppoq nurga cho‘mgan yuzing eslayman,
Meni kuting degan so‘zing eslayman,
Muzlayman, nigoxing eslab betakror,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Dil ko‘ndi, o‘tindi, yoring qayda deb,
Sen deb ado bo‘lgan zoring qayda deb,
Nomusing qayda deb, oring qayda deb,
Nasib etarmikan eng so‘nggi diydor,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Sochlaringni silab o‘lsam qaniydi,
Yoningda yig‘lasam kulsam qaniydi,
Sen meni unutsang, qalbim taniydi,
U menga intizor, menga vafodor,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
Men yolg‘iz emasman, xayoling hamroh,
Muhabbatdan ortiq yo‘q menga panoh,
Bu yo‘lda jon bermoq bo‘lsa ham gunoh,
Oshiq Ahad mudom aybiga iqror,
Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.
BOSHQACHA YASHAYMAN…
Boshqacha yashayman ertadan boshlab,
Yo‘q, bugundan boshlab o‘zgaraman men.
Yomon odatlarim hammasin tashlab,
Yangidan ochaman hayot daftarim.
Unutaman hamma pushaymonlarni,
Do‘st, dushman hech kimdan olmayman o‘chim.
Yurakni muzlatib qo‘ysam ham hatto,
Seni unutmoqqa yetmaydi kuchim.
SIZ BARIBIR BOSHQACHASIZ
Siz baribir boshqachasiz,
siz boshqacha go‘zalsiz,
Siz boshqacha yoqasizda,
boshqalardan o‘zarsiz,
Ucharsiz dilosmonimda,
boshqalardan o‘jarsiz,
Dilsahromda siz kezarsiz,
dildaryomda suzarsiz!
Oshiqman, savdoyiman,
telbaman shaydoyiman,
Husningiz adoyiman,
mehringiz gadoyiman,
Sevaman, baxtim sizda,
yuragim, dardim sizda,
Dardingiz davoyiman,
qalbingiz navoyiman.
Sizga baxt yarashadi,
bizga dard yarashadi,
Uzgalar havas bilan
termulib qarashadi,
Bir qiyo boqsangiz bas,
oshiq dil yasharadi,
Siz ketsangiz dilda g‘am,
ko‘z yoshim sharsharadir.
Sizni o‘ylab yasharman,
yolg‘izlikda qaqsharman,
Poyizga dil to‘sharman,
poyizga gul to‘sharman,
Ahad yashar kim uchun,
qiynaysiz uni nechun,
Yig‘lab bag‘rim tesharman,
devonaga o‘xsharman.
Siz baribir boshqachasiz,
siz boshqacha go‘zalsiz,
Siz boshqacha yoqasizda,
boshqalardan o‘zarsiz,
Ucharsiz dilosmonimda,
boshqalardan o‘jarsiz,
Dilsahromda siz kezarsiz,
dildaryomda suzarsiz!
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:56]
YODINGGA TUSHSIN
Kimnidir sog‘inib yolg‘iz qolganda,
Seni sevganlarim yodingga tushsin,
Qismatning oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yedingga tushsin.
Sendan baxtlar yuzin bursa, yig‘lama,
Yuraging alamga tulsa, yig‘lama,
Hayotdan umiding so‘nsa, yig‘lama,
Meni aytganlarim yodingga tushsin.
Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin so‘zin ravo qilmasa,
Va’dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodingga tushsin.
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang,
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodingga tushsin.
Ko‘z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko‘z yosh to‘ksang-u beparvo kulsa,
Atayin yoningda o‘zgani quchsa,
Meni ko‘rganlarim yodingta tushsin.
Mayli, men roziman eslamasang ham,
Ahad qaydasiz deb izlamasang ham,
Kimgadir bu haqsa so‘zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
KUYIB KUYIB
Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim,
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Ikki o‘tda sarson bo‘ldi muhabbatim,
Sen kelmading, vayron bo‘ldi muhabbatim,
Yuragimda armon bo‘ldi muhabbatim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Kulib-kulib bu ko‘ksimni tig‘laysana-a,
Sog‘intirib o‘zingga jim bog‘laysan-a,
Qayerlarda diling xushlab chog‘laysan-a,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Oshiq Ahad hayronadir, hayronadir,
Seni o‘ylab devonadir, devonadir,
Har bir ohi afsonadir, afsonadir,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim,
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
AYTGIL QACHON DILING OCHASAN
Bilolmadim kimda yuraging,
Menga bordir sening keraging,
Kelib bir bor qalbim so‘ragin,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Bu yuraging otashmi, muzmi,
Nigohlaring oymi, yulduzmi,
Muhabbatim endi afsusmi,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Mening ham zor oshiqlarim ko‘p,
Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p,
Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Nahot bekor shuncha xonishim,
Sening uchun yolg‘on yonishim,
Sensizlikka qiyin ko‘nishim,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Oshiq Ahad xatolari bor,
Olib bo‘lgan jazolari bor,
Yuragida nidolari bor,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
EY QOSHLARI KAMONIM
Ey qoshlari kamonim,
Ey ko‘zlari jayronim,
Sizni sevaman degan,
Muhabbati yolg‘onim.
Dilingdagi ishq emas,
Tilingdagi rashk emas,
Ahdu vafo qilganlar,
O‘zgasini tanlamas.
Ey visoli xumorim,
Ey nozlari makkorim,
Ishqini o‘yin qilgan,
Oshiqi beqarorim.
Bilganing hoyu havas,
Aldolmay olmas nafas,
Bular o‘ziga o‘zi,
Dunyoni aylar qafas.
Ey lablari xandonim,
Ey yulduzsiz osmonim,
Suyganini yo‘qotib,
O‘z holiga hayronim.
Ahadni izlama bas,
Hijron senga bo‘lsin dars,
So‘zlarimdan ranjima,
Buni aytmoq menga qarz.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:56]
YODINGGA TUSHSIN
Kimnidir sog‘inib yolg‘iz qolganda,
Seni sevganlarim yodingga tushsin,
Qismatning oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yedingga tushsin.
Sendan baxtlar yuzin bursa, yig‘lama,
Yuraging alamga tulsa, yig‘lama,
Hayotdan umiding so‘nsa, yig‘lama,
Meni aytganlarim yodingga tushsin.
Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin so‘zin ravo qilmasa,
Va’dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodingga tushsin.
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang,
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodingga tushsin.
Ko‘z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko‘z yosh to‘ksang-u beparvo kulsa,
Atayin yoningda o‘zgani quchsa,
Meni ko‘rganlarim yodingta tushsin.
Mayli, men roziman eslamasang ham,
Ahad qaydasiz deb izlamasang ham,
Kimgadir bu haqsa so‘zlamasang ham,
Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
KUYIB KUYIB
Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim,
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Ikki o‘tda sarson bo‘ldi muhabbatim,
Sen kelmading, vayron bo‘ldi muhabbatim,
Yuragimda armon bo‘ldi muhabbatim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Kulib-kulib bu ko‘ksimni tig‘laysana-a,
Sog‘intirib o‘zingga jim bog‘laysan-a,
Qayerlarda diling xushlab chog‘laysan-a,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Oshiq Ahad hayronadir, hayronadir,
Seni o‘ylab devonadir, devonadir,
Har bir ohi afsonadir, afsonadir,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim,
Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,
Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,
Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,
Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
AYTGIL QACHON DILING OCHASAN
Bilolmadim kimda yuraging,
Menga bordir sening keraging,
Kelib bir bor qalbim so‘ragin,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Bu yuraging otashmi, muzmi,
Nigohlaring oymi, yulduzmi,
Muhabbatim endi afsusmi,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Mening ham zor oshiqlarim ko‘p,
Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p,
Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Nahot bekor shuncha xonishim,
Sening uchun yolg‘on yonishim,
Sensizlikka qiyin ko‘nishim,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Oshiq Ahad xatolari bor,
Olib bo‘lgan jazolari bor,
Yuragida nidolari bor,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Ahad Qayum she’rlari, [18.12.18 11:57]
EY QOSHLARI KAMONIM
Ey qoshlari kamonim,
Ey ko‘zlari jayronim,
Sizni sevaman degan,
Muhabbati yolg‘onim.
Dilingdagi ishq emas,
Tilingdagi rashk emas,
Ahdu vafo qilganlar,
O‘zgasini tanlamas.
Ey visoli xumorim,
Ey nozlari makkorim,
Ishqini o‘yin qilgan,
Oshiqi beqarorim.
Bilganing hoyu havas,
Aldolmay olmas nafas,
Bular o‘ziga o‘zi,
Dunyoni aylar qafas.
Ey lablari xandonim,
Ey yulduzsiz osmonim,
Suyganini yo‘qotib,
O‘z holiga hayronim.
Ahadni izlama bas,
Hijron senga bo‘lsin dars,
So‘zlarimdan ranjima,
Buni aytmoq menga qarz.
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 11:28]
ВАФО ҚИЛМОҚ ҚИЙИНДИР
Муҳаббатнинг шартлари, кимлар учун ўйиндир,
Жуфтингнинг қадрига ет, севгин уни суюнтир,
Ҳатто ҳаёлингда ҳам, қилма унга хиёнат,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Ошиқлик йўлларида, синовлари кўп экан,
Гулим деб асраганинг, гоҳида санчар тикан,
Танлаган ягонангнинг қалбида топгин маскан,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Бир ишонган, суянган тоғига айлан уни,
Тўртта фасли яшнаган боғига айлан уни,
Ҳаётининг энг гўзал чоғига айлан уни,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Шохдан шохга сакраган ёлғончидан қоч синглим,
Севгингга арзийдиган инсонга дил оч синглим,
Юракдан қадрласа бор меҳрингни соч синглим,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Сен учун жон куйдирсин, ота онангдан кўпроқ,
Рашк қилиб қизғонсину, меьёрда бўлсин бироқ,
Севдими бас, ортиқча шубҳадан бўлсин йироқ,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Бир телбаю савдойи, ошиқ Аҳад Қаюмдир,
Бевафолар жабридан, дардлари бир уюмдир,
Севаман деган билан, уни исботлаш мушкул,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Муҳаббатнинг шартлари, кимлар учун ўйиндир,
Жуфтингнинг қадрига ет, севгин уни суюнтир,
Ҳатто ҳаёлингда ҳам, қилма унга хиёнат,
Ваьда бермоқ осондир, вафо қилмоқ қийиндир.
Аҳад Қаюм
@Ahad_Qayum
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 11:28]
SEVGANING YAXSHIMASMI?
Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Yaxshimasmi yonimda,
Jonim bo‘lsang jonimda,
Ayni sog‘inganimda,
Kelganing yaxshimasmi?
Tushunmayman seni ham,
Qiynab yubording biram,
Qaynoqqina mehrimga,
To‘yganing yaxshimasmi?
Ko‘zlarimga termulib,
Dardlarim olib-olib,
Dilga muhabbat solib,
Qolganing yaxshimasmi?
Eshitmasang dod desam,
Kammi yo jonim bersam,
G‘amdan to‘lmay boshginang,
Kulganing yaxshimasmi?
Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
@Ahad_Qayum
1⃣5⃣3⃣
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 13:15]
ALDANGAN QIZ
(Endi ayt-chi,kimga keraksan,
Gul umrini uvol qilgan qiz.
Ming g’iybatchi tilda ermaksan,
Yoshligini zavol qilgan qiz.)
U yig’ladi artdim yoshini,
Savol bersam,egdi boshini.
Ko’tarolmas hasrat toshini,
Aldangan qiz.
Avji bahor ochilmagan gul,
U bir dildor,sochilmagan dil.
Yolg’iz qolsa,ne qilsin,axir,
Aldangan qiz.
Sevdi baxtli bo’laman deya,
Aldanishin kutmagandi-ya.
Yig’lar endi u kuya-kuya,
Aldangan qiz.
Daydi shamol ermaklab o’tar,
U-chi bedor kimnidir kutar.
Yostiqlari toshdan ham battar,
Aldangan qiz.
Baxti samoda yonmagan yulduz,
Qalbi nafrat to’la bir dengiz.
Gul umrini so’ldirdi essiz,
Aldangan qiz.
Aldangan qiz xazonga o’xshar,
Hayotdan hech umidsiz yashar.
Yolg’izlikdan ezilib qaqshar,
Aldangan qiz.
Tinglang,do’stlar,Ahad dardini,
Yig’lab yozgan har bir satrini.
Sen Xudoga sol nomardlarni,
Aldangan qiz.
@Ahad_Qayum
1⃣5⃣2⃣
Ahad Qayum she’rlari, [16.01.19 13:15]
Сиз менинг борлиғим жон-у жаҳоним,
Ўзимнинг севгилим, азизим, жоним,
Барчадан қизғонган рашкчи инсоним,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан!
Турмуштнинг муштлари оғир келса ҳам,
Сизнинг борлигингиз дардимга малҳам,
Қалбдаги ардоғим, жон томир риштам,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан!
Гулни асраб келган боғимсиз бегим,
Доимо суянган тоғимсиз бегим,
Малика бўлсам гар шоҳимсиз бегим,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан!
Менга ҳашамату, тилло керакмас,
Сизни шодон кўрсам дейман ҳар нафас,
Шу азиз бошингиз омон бўлса бас,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан.
Дуода сўрайман у дунёда ҳам,
Бирга туташ бўлсин тақдиримиз ҳам,
Бизни топиштирса Яратган Эгам,
Мен сизни бир умр бахтли қиламан.
Facebook dan
Ahad Qayum she’rlari, [18.01.19 12:32]
[Переслано из shoira-qiz]
SEN MENING VATANIM,MENING ONAMSAN
Sening borligingni men madh etayin
Shifobaxsh tuprog’ingni ko’zimga surib
Seni ham sevib,ham erkalayin
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Seni kuylab o’tgan har bitta shoir
Sen shoirning ko’ksidagi so’zlaridursan
Seni asrash uchun har ishga qodir
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Temur bobom asragan diyor
Mangu berdi haq deganing bor
Boburni ham qildi sog’inch giriftor
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Muhammad Yusuf seni kuylab,so’zlabdi
Sening borligingni yurt ham tinglabdi
Sening borliging ellarga doston
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Hech kimsa qo’ymaydi seni tilidan
Chunki sen ularning yuragidasan
Vatanim,Ona xalqim deb aytar dilidan
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Samarqand-u,Xivalaring qad roslagan
Minoralar qurshovida go’zaldurlar
Shahri azim Toshkentimsan
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Seni alishmayman gavhar-u,durga
O’xshaysan chunki ochilgan gulga
Seni sotib ololmas odamlar pulga
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Ey ona o’lkam,jonajon o’lkam
Bunchalar go’zalsan,juda ham ko’rkam
Senga qarab-qarab ko’zlarim tolmas
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Tongda tog’lar ortidan quyosh mo’ralar
Butun o’zbek xalqiga salomlar aytar
Tong sahardan xalqing ham tinim bilmaydi
Ey xalqning Vatani,xalqning Onasi
Sen borsanki biz ham kulib yuribmiz
Shukurkim tinch-totuv yilib yuribmiz
Sen hamhonamsan,qadrdonimsan
Sen mening Vatanim,mening onamsan
Tog’larning bag’rida Vatanim dedim
Aks sado berdi butun olamga
Seni ardoqlayman,asrayman dedim
Ey mening Vatanim,ey ona o’lkam
Sen jahonda bittasan,bittasan O’zbekiston
Senga har yerdan havas qilib kelishar inson
Har yerda bor,bor-ku bog’-u bo’ston
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Osmon o’par baland tog’laring bordur
Sharqirab oqayotgan soylaring bordur
Sen buyukdursan,sen go’zalsan
Sen mening Vatanim,mening Onamsan
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:12]
ALDANGAN QIZ
(Endi ayt-chi,kimga keraksan,
Gul umrini uvol qilgan qiz.
Ming g’iybatchi tilda ermaksan,
Yoshligini zavol qilgan qiz.)
U yig’ladi artdim yoshini,
Savol bersam,egdi boshini.
Ko’tarolmas hasrat toshini,
Aldangan qiz.
Avji bahor ochilmagan gul,
U bir dildor,sochilmagan dil.
Yolg’iz qolsa,ne qilsin,axir,
Aldangan qiz.
Sevdi baxtli bo’laman deya,
Aldanishin kutmagandi-ya.
Yig’lar endi u kuya-kuya,
Aldangan qiz.
Daydi shamol ermaklab o’tar,
U-chi bedor kimnidir kutar.
Yostiqlari toshdan ham battar,
Aldangan qiz.
Baxti samoda yonmagan yulduz,
Qalbi nafrat to’la bir dengiz.
Gul umrini so’ldirdi essiz,
Aldangan qiz.
Aldangan qiz xazonga o’xshar,
Hayotdan hech umidsiz yashar.
Yolg’izlikdan ezilib qaqshar,
Aldangan qiz.
Tinglang,do’stlar,Ahad dardini,
Yig’lab yozgan har bir satrini.
Sen Xudoga sol nomardlarni,
Aldangan qiz.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:12]
SEVGANING YAXSHIMASMI?
Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Yaxshimasmi yonimda,
Jonim bo‘lsang jonimda,
Ayni yeog‘inganimda,
Kelganing yaxshimasmi?
Tushunmayman sshi ham,
Qiynab yubording biram,
Qaynoqqina mehrimga,
To‘yganing yaxshimasmi?
Ko‘zlarimga termulib,
Dardlarim olib-olib,
Dilga muhabbat solib,
Qolganing yaxshimasmi?
Eshitmasang dod desam,
Kammi yo jonim bersam,
G‘amdan to‘lmay boshginang,
Kulganing yaxshimasmi?
Gulim, menga qalbingni,
Berganing yaxshimasmi?
Bilganimda qadringni,
Sevganing yaxshimasmi?
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:12]
KECHIKDIM
Kechikdim,
Sen o‘zgani tanlab bo‘libsan,
Oysiz tunda oydek to‘libsan…
Kechikdim,
Besamardir endi ne qilsam,
Nahot seni yo‘qotdim, erkam.
Dod deyman,
Dod deyman, dod deyman….
Qand yeyman deb nuqul pand yeyman.
Kechikdim,
O‘z-o‘zymga deyman qo‘y endi,
Ko‘nasan-da o‘tdi to‘y endi.
Nochorman, peshonam tirishar,
Bilmam qachon ko‘nglim yorishar…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
KETMA YOLG‘IZIM, KETMA SEVGI
Sen umrim ma’nosisan,
Sen qalbim tanhosisan,
Sen yurak sadosisan…
Sensan yulduzim, ketma,
Ketma yolg‘izim, ketma.
Sevgi,
Senga uchramagan kim,
Sendirsan ko‘ngil ohim,
Nedir mening gunohim.
Nurli kunduzim ketma,
Ketma, yolg‘izim ketma.
Sevgi,
Sog‘indim diydoringni,
Dardingni ozoringni,
Lablaringda bolingni.
Jonim, azizim, ketma,
Ketma yolg‘izim, ketma.
Sevgi,
Samolardan izlaymi,
G‘avg‘olardan izlaymi,
Xatolardan izlaymi,
Sevgi, gulyuzim ketma,
Ketma, yolg‘izim ketma.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
MEN SENI HAR KUNI KUTAMAN
Men seni har kuni kutaman,
Yoningta borishga yuzim yo‘q,
O‘zimni oqlashga so‘zim yo‘q,
Visolingga qachon yetaman…
Men seni har kuni kutaman,
Armonni o‘rayman gullarga,
Kunlarni ulayman yillarga,
Sog‘inchlarga bo‘sa tutaman.
Men seni har kuni kutaman,
Kelmasligtyg bilsamda garchi,
Orzularga urmayman qaychi,
Umid haqda she’rlar bitaman.
Men seni har kuni kutaman,
To‘g‘ri, balki kechirmagansan,
Ammo dildan o‘chirmagansan,
Xotiradan ilinj titaman.
Men seni har kuni kutaman,
Seni eslamagan lahzam yo‘q,
Sen meni sevasan, ko‘nglim to‘q,
Xayollarga cho‘mib ketaman.
Men seni har kuni kutaman…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
SEVGILIM, AZIZIM…
Ko‘zguga boqsam ham ko‘rgum yuzingni,
Ayt jonim, men qaydan topay o‘zingni,
Nahotki unutding bergan so‘zingni,
Sevgilim, azizim, jonim eding sen,
Ko‘rganim, bilganim, borim eding sen.
Xor bo‘ldim, qalbingni ostonasida,
Yig‘ladim, muhabbat vayronasida,
Ishonib, so‘zlaring afsonasiga,
Yo‘llarimni kutgan zorim eding sen,
Hayotim, nomusim, orim eding sen.
Ko‘nglimni tanlagan tanhosi eding,
Umrimning mazmuni, ma’nosi eding,
Osmonim yulduzi, Zuhrosi eding,
Ko‘zlari xumorim, yorim eding sen,
Qo‘limda kuy chalgan torim eding sen.
Sen desam, tillarim isming takrorlar,
Sen desam, yo‘llarim sen tomon boshlar,
Sen desam, hasratim — ko‘zlarim yoshlar,
Ko‘zguga boqsam ham ko‘rgum yuzingni,
Ayt jonim, men qaydan topay o‘zingni,
Nahotki unutding bergan so‘zingni,
Sevgilim, azizim, jonim eding sen,
Ko‘rganim, bilganim, borim eding sen.
Ko‘zguga boqsam ham ko‘rgum yuzingni,
Ayt jonim, men qaydan topay o‘zingni,
Nahotki unutding bergan so‘zingni,
Sevgilim, azizim, jonim eding sen,
Ko‘rganim, bilganim, borim eding sen.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
SENSIZ, SEVGINGIZ
Xayolimdan ketmaysan aslo,
Tushlarimda tinch qo‘ymay hatto,
Hayotimda qolmadi ma’no,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Osmonga boq, bizdanda ma’yus,
Tuproq uzra xazondir afsus,
Armon bilan bo‘ldim yuzma-yuz,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Ketolmay hasratlar shahridan,
Ichaman hijronning zahridan,
Qo‘rqaman alamning qahridan,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Dil daftari — muhabbatnoma,
Dil dardlari mendan devona,
Baxtim izlab bo‘ldim ovora,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Hasratim tiqilar tomoqqa,
Tunlarim o‘tmoqda ingrokda,
Qanday yashay sendan uzoqda,
Sog‘inchingsiz,
Sensiz, Sevgingsiz.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
BIZNI HECH KIM AYIROLMAYDI
Ikki qushmiz, bizlarni hech kim,
Qanotimiz qayirolmaydi.
Gumon — yomon, qo‘rqma azizim,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Daryolari bilan dengizdek,
Osmonlari bilan yulduzdek,
Yaproqlari bilan ildizdek,
Bizni Hech kim ayirolmaydi.
Birga bo‘lsak gar ortimizdan,
Do‘stu dushman gapirolmaydi.
G‘amlar yiroq yuradi bizdan,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Tanni jondan ayirmoq mumkin,
Ko‘zni nurdan ayirmoq mumkin,
Sinab ko‘rgin sevgimning kuchin,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Sevishingni bilib qo‘ygin sen,
Bu ko‘zlaring yashirolmaydi.
Menga ishon vafodorginam,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Ikki qushmiz, bizlarni hech kim,
Qanotimiz qayirolmaydi.
Gumon — yomon, qo‘rqma azizim,
Bizni hech kim ayirolmaydi.
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
DEVONASI O‘ZIMMAN
Go‘zal pariruxsorning,
Parvonasi o‘zimman.
Dilim olgan dildorning,
Devonasi o‘zimman.
O‘zimman hayronasi,
O‘zimman afsonasi,
O‘zimman begonasi,
Giryonasi o‘zimman.
Umrim o‘tar yo‘lida,
Oshiq jonim qo‘lida,
Navosiman tilida,
Taronasi o‘zimman.
Ishqi dilning ziynati,
Hajri baxtim zulmati,
Taqdiriman — qismati,
Peshonasi o‘zimman.
Qul bo‘layin poyinda,
Ado bo‘ldim ko‘yinda,
Ul malak saroyinda,
Ostonasi o‘zimman.
Oshiq Ahad telbadir,
Yorug‘ kuni tiyradir,
Bilmay suyibman axir,
G‘amxonasi o‘zimman,
Vayronasi o‘zimman…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:13]
SEN KELMADING
Umid osmonida yulduzlar so‘ndi,
Sen kelmading.
Sog‘inch ummonida afsuslar to‘ldi,
Sen kelmading.
Yaproqni xazonrang ayladi kuzlar,
Tushlarimga kirar ul ohu ko‘zlar,
Oh, endi ko‘mildi biz bosgan izlar,
Sen kelmading.
Kulfatlar ketidan omadlar keldi,
Toqatlar ketidan rohatlar keldi,
Niyatlar ketidan davlatlar keldi,
Sen kelmading.
Oh, kimlar yo‘limni to‘smoq bo‘ldilar,
Goh sening o‘rningni bosmoq bo‘ldilar,
Mening hayotimni buzmoq bo‘ldilar,
Sen kelmading.
Gohida yonsamda, gohida kuyib,
Chidadim, tishimni tishimga qo‘yib,
Hijron yuragimni ketsada o‘yib,
Sen kelmading.
Begona bag‘rida tong kabi otib,
Ahadning ko‘ksiga xanjarday botib,
O`zingni bunchalar arzonga sotib,
Sen kelmading…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:14]
Senga ishonishning bitta yo‘li bor,
o‘zimni aldash…
Yuragim yolg‘onlar qamalgan diyor,
qismati chalkash…
O‘zimni so‘roqqa tutmoq istayman,
lekin qo‘rqaman,
Seni unutmoqqa chora izlayman,
shuni uqaman.
Baxtliman, agar baxt azobda bo‘lsa,
toleim butun,
Qiynoqlar izma-iz so‘roqlab kelsa,
yashirmoq nechun.
Axir o‘z-o‘zimdan qochmoqning bu dam
iloji yo‘q-ku,
Garchi kul ostida bo‘lgani bilan
yuragim cho‘g‘-ku…
Ey yuragim, nahot, nahotki bizlar
qoldik zulmatda,
Ko‘kka tig‘ sanchardim topolsam xanjar
bunday fursatda.
Qalbimni aldashdir eng so‘ngti choram
azizim, tushun,
Sen uchun o‘zimni o‘tga tashlayman
bilmayman nechun…
Ahad Qayum she’rlari, [10.04.19 12:14]
NAHOT YANA UCHRASHDIK BIZLAR
Yillar o‘tib oradan qancha,
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar,
Ketgan eding dilga tig‘ sancha,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Yana dilga g‘ulg‘ula solding,
Yana qaydan yo‘liqib qolding,
Ko‘zlarimga termulib qolding,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Biz uchrashdik qayta, azizam,
Uchrashgandek tong bilan shabnam,
O‘zgarmabsan yillar o‘tsa ham,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Yuragimga to‘ldi sadolar,
Balki mendan o‘tdi xatolar,
Aytsak hamki ming alvidolar,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Yillar o‘tib oradan qancha,
Nogahonda to‘qnashdi ko‘zlar,
Ketgan eding dilga tig‘ sancha,
Nahot yana uchrashdik bizlar.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:38]
BEGOYIM
Yo‘llarimga gul to‘kib,
Keling demang guloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
Ishq shahrining darchasi,
Menga yopiq barchasi.
Oh, xiyonat zarbasi,
Begim demang begoyim.
Siz quvnagan ko‘chalar,
Biz yig‘lagan kechalar.
Dilda afsus kuy chalar,
Begim demang begoyim.
Endi qadrimiz bilib,
Yig‘laysiz, qaytib kelib.
Poyimizga yiqilib,
Begim demang begoyim.
Nozikkina bilaklar,
Endi kimni ermaklar.
Menga aytmang ertaklar,
Begim demang begoyim.
Yo‘llarimga ko‘z tikib,
Keling demang muloyim.
Dilim og‘ritib ketib —
Begim demang begoyim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:38]
MENI SOG‘INMADINGMI
Osmon titrab chaqmoq chaqar,
Yuragimni chayon chaqar,
Nafasimdan olov chiqar,
Meni sog‘inmadingmi?
Sevgi boshga balo bo‘ldi,
Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi,
Bu qandayin jazo bo‘ldi,
Meni sog‘inmadingmi?
Sen uchun qonlar yutdim-ay,
Umrbod seni kutdim-ay,
Dunyodan yolg‘iz o‘tdim-ay,
Meni sog‘inmadingmi?
Quyosh ko‘rmagan qishmisan,
Loyi pishmagan g‘ishtmisan,
Shunchalar bag‘ri toshmisan,
Meni sog‘inmadingmi?
Chil-chil sinib sabr kosam,
O‘zim seni izlab borsam,
Qumlar bosgan qabring topsam,
Meni sog‘inmadingmi?
Bormikan azobning narxi,
Ahadga yo‘q buning farqi,
O‘sha sof muhabbat haqqi,
Meni sog‘inmadingmi?
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
BORGAN SARI…
Borgan sari go‘zallashib boryapsan,
Ammo battar qaysarlashib boryapsan,
Meni qiynab o‘jarlashib boryapsan,
Ado bo‘ldim,
Ahvolimni ko‘ryapsan…
Sevasanmi, sevmaysanmi bildirmay,
Kelasanmi, kelmaysanmi sezdirmay,
Kel, muhabbat qasrin obod etaylik,
Yonimda bo‘l,
Ko‘p o‘zingdan bezdirmay…
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
QAYG‘ULI MUHABBAT
Yolg‘izlikdan yig‘lar, olovli dil cho‘g‘,
Darddengizlar oqdi ko‘zda yoshimdan,
Ayrildim, sevgimdan bir qanotim yo‘q,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Osmon hayqiradi, chaqmog‘in chaqib,
Tushimda ko‘zlari qilmoqda ta’qib,
Yig‘layman, shu xasta holimga boqib,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Go‘yoki yonimga kelayotganday,
Bag‘rimda jim nafas olayotganday,
Har lahza qo‘ng‘iroq qilayotganday,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
O‘zimni qo‘yarga joy topolmayman,
Qanchalik urinmay unutolmayman,
Qop-qorong‘u dilni yoritolmayman,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Lablarim titraydi, ismingni aytib,
Nahotki kelmaydi endi u qaytib,
Xazonyo‘l bog‘larni yurarman daydib,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Kimdir hayron aytar, sevish shartmi der,
Sevgi shunday dardki yuragingni yer,
Qaydasan, kim bilan, kel qo‘lingni ber,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Nahotki ayrildim men endi undan,
Qaytib ko‘rmaymanmi qurqaman shundan,
Qalbi sovidimi shunchalar mendan,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Men seni hech kimga bermayman derdi,
Sensiz hatto tush ham ko‘rmayman derdi,
Sendan yo‘llarimni burmayman derdi,
Ayrilib qoldim oh, omadqushimdan,
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Qay devorga uray yolg‘iz boshimni,
Olib ketdi axir mening borimni.
Ahad yig‘lar chertib siniq torini.
Qayg‘uli muhabbat o‘tdi boshimdan.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
OHUJON
Hijron dilga soldi og‘u — jon,
Qilmay qo‘ydi nega orzu — jon,
Senda ne g‘am, ko‘zing buncha nam,
Ohujon!
Jon — hasratda, titroqda tanam,
Ishq dardiga chalindim qaydan,
Toqqa chiqib ketaymi men ham,
Ohujon!
Kiyikkinam, senga ham og‘ir,
Senda ham yov mendek ko‘p axir,
Bu odamzod buncha toshbag‘ir,
Ohujon!
Men ham sendek yolg‘izman bugun,
Qalbim ichra ming gumon tugun,
Bizni hech kim tushunmas nechun,
Ohujon!
Osmon baland, yer esa qattiq,
Yuragimda ming yara sanchiq,
Qalbimizda ortmoqsa chandiq,
Ohujon!
Ohujon, kel avji bahorda,
Jannatday aziz shu diyorda,
Qutqaraylik bo‘yinni dordan,
Qutqaraylik dilni ozordan,
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
OSHIQ DEB BO‘LMAS UNI
Toshni tilla deb bo‘lmas,
Do‘stlarim biling shuni,
Yori deb jonin bermas,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
O`ziga bino qo‘ysa,
Kunda bittasin suysa,
Yolg‘ondan yonib kuysa,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Sevmoqlik ermak emas,
Muhabbat ertak emas,
Taqdiriga ishonmas,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Soxta ko‘z yoshin qilib,
Ichida turar kulib,
Bo‘lmas kimligin bilib,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Ahad sizga zorman deb,
Bir umrga yorman deb,
Yo‘lingizda borman deb,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Toshni tilla deb bo‘lmas,
Do‘stlarim biling shuni,
Yori deb jonin bermas,
Oshiq deb bo‘lmas uni.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:42]
JUDA HAM CHARCHADIM
Juda ham charchadim, uyqum kelyapti,
Ammo, seni yana o‘ylayveraman.
Shu kunlarda menga nima bo‘lyapti,
Jonimni bekorga qiynayveraman.
Tanishdik, do‘stlashdik tushunmay qoldim,
Qachon biz ulgurdik sevishishga ham.
Nega aytmayapman rostdanam sevsam,
Nega sog‘inyapman, agar sevmasam…
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
SIZNI SEVISHIMNI BUGUN ANGLADIM
Sizni sevishimni bugun angladim,
Yurakni tingladim bugun ilk bora.
Nega shu kungacha buni bilmadim,
Iltimos, qalbimni so‘rang bir bora.
Yo‘q demang.
Charchadim, men ham kutishdan,
G‘urur bu eng g‘irrom o‘yinchi ekan.
Sizni ko‘rsam…
Tamom, uyg‘onib tushdan
Yana, yuragimga yoqurman gulxan.
Sizsiz yasholmayman degan edingiz,
Nega so‘zlaringnz yolg‘onga yo‘ydim.
Nahotki shunchalar ojizman, ojiz,
Sizni ko‘z o‘ngimda yo‘qotib qo‘ydim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
SEVMASLIGING KECH BILDIM
Yolg‘oningga duch bo‘ldim,
Va’dalarga o‘ch bo‘ldim,
Endi vasling tush bildim,
Sevmasliging kech bildim.
Bildim xayoling kimda,
Yig‘ladim yolg‘iz tunda,
Angladim buni shunda,
Sevmasliging kech bildim.
G‘am yutib dardga to‘ldim,
Ko‘z yoshimga yuvildim,
Suvsiz sahrodek qoldim,
Sevmasliging kech bildim.
Ko‘zlarim qayda edi,
Xayolim oyda edi,
Orzular sarob ketdi,
Sevmasliging kech bildim.
Uvol ketdi muhabbat,
Sevgi bo‘ldi manfaat,
Afsusda o‘ksir Ahad,
Sevmasliging kech bildim.
Yolg‘oningga duch bo‘ldim,
Va’dalarga o‘ch bo‘ldim,
Endi vasling tush bildim,
Sevmasliging kech bildim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
MENGA JUDA KERAKSAN
Ko‘ksimdagi yuraksan,
Meni qiynab halaksan,
Tushungin axir bugun,
Menga juda keraksan.
Kuydiradi yolg‘izlik,
To‘ydiradi yolg‘izlik,
O‘ldiradi yolg‘izlik,
Menga juda keraksan.
Boshingga bo‘layin toj,
Sevgim bilan to‘lab boj,
Vasling dilga ehtiyoj,
Menga juda keraksan.
Gulladi qayg‘ularim,
Yig‘ladi tuyg‘ularim,
Kelmadi uyqularim,
Menga juda keraksan.
Bo‘g‘zimda nafas kabi,
Eng katta havas kabi,
Yolg‘oni yo‘q rost kabi,
Menga juda keraksan.
Ko‘ksimdagi yuraksan,
Meni qiynab halaksan,
Tushungin axir bugun,
Menga juda keraksan.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:43]
XAFA BO‘LMASIN YORIM
Shoshma yurak, shoshma dil,
Ko‘p haddingdan oshma dil,
Sohilingdan toshma dil,
Xafa bo‘lmasin yorim,
Ketib qolmasin yorim.
Osmoni yo‘q yulduzman,
Kemasi yo‘q dengizman,
Hech kimi yo‘q yolg‘izman,
O`shal yor mening borim,
Ketib qolmasin yorim.
Yolg‘onlar kerak emas,
Gumonlar kerak emas,
Armonlar kerak emas,
Kam bo‘lmasin qatorim,
Ketib qolmasin yorim.
Topganimda tengimni,
Tortma hayot yengimni,
Yorug‘ ayla tongimni,
Ko‘rmayin dil zavolim,
Ketib qolmasin yorim.
Shoshma yurak, shoshma dil,
Ko‘p haddingdan oshma dil,
Sohilingdan toshma dil,
Xafa bo‘lmasin yorim,
Ketib qolmasin yorim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:44]
Yoningda men shunchaki,
Yurmoq uchun sevmadim.
Men seni birovlarga,
Bermoq uchun sevmadim.
Sevmadim zerikkandan,
Mehrga zoriqqandan,
Yuragim zo‘riqqandan,
Ermak uchun sevmadim.
Qochib ko‘z yosh — ashkingdan,
Kechib ko‘ngil ko‘shkingdan,
Bezor bo‘lib rashkingdan,
Ketmoq uchun sevmadim.
Sevdim seni jon qadar,
Eng yaqin inson qadar,
Har kuni ming qayg‘u, dard,
Yutmoq uchun sevmadim.
O, mening parivashim,
Qo‘limda qo‘nmas qushim,
Qalbimni bir bor tushun,
Kutmoq uchun sevmadim…
Yoningda men shunchaki,
Yurmoq uchun sevmadim.
Men seni birovlarga,
Bermoq uchun sevmadim.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:44]
SEVISHNI O‘RGAT MENGA
Tanlaganim o‘zingsan,
Biror yo‘l ko‘rsat menga,
Sevgi o‘yinmas deysan,
Sevishni o‘rgat menga.
Oshiqman yo‘l yo‘qotgan,
Mudom jabringni tortgan,
Muhabbatingni kutgan,
Sevishni o‘rgat menga.
Bu niyatdan to‘xtama,
Mayli yuzing ko‘rsatma,
Yashamoqni o‘rgatma,
Sevishni o‘rgat menga.
Visoling maqsad menga,
Sensizlik kulfat menga,
Ber imkon fursat menga,
Sevishni o‘rgat menga.
O‘ylamoqni bilaman,
So‘ylamoqni bilaman,
Kuylamoqni bilaman,
Sevishni o‘rgat menga.
Boshla meni jannatga,
Yetkaz shunday ne’matga,
Rahm et shoir Ahadga,
Sevishni o‘rgat menga.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
ONAJON
Sevganimni sizdan ham,
Afzal bildim onajon.
O‘sha qizni o‘ylab man,
Kasal bo‘ldim onajon.
Kechiring men nodonni,
Do‘st bilibman shaytonni,
Ajratishni o‘rgandim,
Yaxshi bilan yomonni.
Oqshomlari qon yutib,
Zahar ichdim, onajon.
Kech bo‘lsada sevgimdan,
Endi kechdim, onajon.
Onajon, siz yig‘lamang,
Aqlim kirdi har holda.
Qumdan qasr quribman,
To‘zg‘ib ketdi shamolda.
Makru tuzoq ilkidan,
Endi qochgum, onajon,
O‘g‘lingizni avrolmas,
Endi hech kim onajon.
Onajon, Ahad endi,
Kechagi yosh bolamas.
Yaxshiga quchoq ochib,
Yomonlikni xohlamas.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
DUNYO, BUNCHA DARDING KO‘P
Qolgim ham kelmayapti,
Ketgim ham kelmayapti,
Nokerak azoblarni,
Yutgim ham kelmayapti.
Dunyo, buncha darding ko‘p,
Qadring yo‘g‘-u, sharting ko‘p,
Kim senga mehr qo‘ysa —
O‘shani qiynading xo‘p…
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
SIZGA SEVGI XATOLARI OR BO‘LMADI
Yaltiragan ko`zmunchoqlar dur bo‘lmadi,
Ne-ne qizlar izimizga zor bo‘lmadi,
Uchraganni boshidan zar sochaverdik,
O`zimizga omad qushi yor bo‘lmadi.
Ne dillarni, ne dillarga ulamadik,
O‘zimizga hech nimani so‘ramadik,
Qish chog‘ida g‘uncha ochib gullamadik,
Izg‘irinda yoqqan balo qor bo‘lmadi.
Muhabbatni nimaligin bilmasdingiz,
Siyratimmas suratimni sevardingiz,
O‘zgasiga vafodor ham bo‘lmadingiz,
Sizga sevgi xatolari or bo‘lmadi.
Sizsiz aslo dunyo menga tor bo‘lmadi,
Sochlaringiz tushlarimda dor bo‘lmadi,
Sizga emas, muhabbatga achinaman,
Sizsiz Ahad xor bo‘lmadi, xor bo‘lmadi.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:45]
KECHIRMAYMAN, BILIB QO‘Y
Ko‘rganingda kulib qo‘y,
Ko‘nglimni bir olib qo‘y,
Bir marta qovoq uysang
Kechirmayman, bilib qo`y.
Agar qadrim bilmasang,
Kutganimda kelmasang,
Mening kabi sevmasang,
Kechirmayman, bilib qo‘y.
Baxtishta qilma gumon,
Yo‘lingni to‘ssa shayton,
Xiyonatni hech qachon,
Kechirmayman, bilib qo`y.
Suratimni ilib qo‘y,
Dilingga qulf qilib qo‘y,
Gar unutsang Ahadni,
Kechirmayman, bilib qo`y.
Ko‘rganingda kulib qo‘y,
Ko‘nglimni bir olib qo‘y,
Bir marta qovoq uysang
Kechirmayman, bilib qo`y.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
SITORA
Ishqimiz kitob bo‘ldi,
Yuragim betob bo‘ldi,
Ko‘rganim azob bo‘ldi,
Qiynaldim bora-bora,
Seni sevib Sitora!
Menga zorlar ko‘p deysan.
Yo‘limda to‘p-to‘p deysan,
Qachon menga xo‘p deysan,
Oshiqlaring qator-a,
Seni sevib Sitora!
Sitora, jon Sitora,
Ko‘zlaring qora-qora,
Qalbing ishqimga tor-a,
Mayli dunyoni so‘ra,
Seni sevib Sitora!
Muhabbatim rad etma,
Ahaddan olis ketma,
O‘zga qo‘llardan tutma,
O‘ldirgin undan ko‘ra,
Sevmasang gar Sitora!
Ishqimiz kitob bo‘ldi,
Yuragim betob bo‘ldi,
Ko‘rganim azob bo‘ldi,
Qiynaldim bora-bora,
Seni sevib Sitora!
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
SEVMAGANGA O‘XSHAYSAN
Bilmaganga o‘xshaysan,
Sezmaganga o‘xshaysan,
Menimcha bundan avval,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Boqasan hayron-hayron,
Ko‘zingda buncha gumon,
Boshqasini hech qachon,
Sevmaganga o‘xshaysan.
So‘zing so‘zga yopishmas,
Tiling gapga qovushmas,
Niyatim ayb topishmas,
Sevmaganga o`xshaysan,
Diling g‘unchadek toza,
O‘zgarma menga qolsa,
Yuraging tongday toza,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Ko‘zimdan qizg‘onaman,
So‘zimdan qizg‘onaman,
O‘zimdan qizg‘onaman,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Boladek sof beg‘ubor,
Qalbing ko‘zingga oshkor,
Ahadga bo‘l vafodor,
Sevmaganga o‘xshaysan.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
TILINGNI TIY DEDILAR
Tilingni tiy dedilar,
G‘arazni qo‘y dedilar,
U-ku bevafo ekan,
Boshqani suy dedilar.
Ko‘zlarim ochdi sevgi,
Mendanam kechdi sevgi,
Labimga bo‘sa tutib,
Qush misol uchdi sevgi.
Yurakkinam, sen eshit,
Senga g‘amli bir qo‘shiq,
Aytayin nolam bilan,
Aytayin dardim qo‘shib!
Oxdarim otilganda,
Muhabbat sotilganda,
Gunoh o‘tdi ayt, kimdan,
Qasding bormi yo menda?
Dunyodir tosh-tarozi,
Ahad dunyodan rozi,
Bulbul xonishi tinmas,
Tushmas qo‘lidan sozi.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
KO‘ZLARIM INTILAR FAQAT SEN TOMON
Ko‘zlarim intilar faqat sen tomon,
Yuragim ismingni takrorlar har on,
Hech qachon,
Hech qachon,
Yo‘q, yo‘q, hech qachon,
Senchalik hech kimni sevmadim ishon…
Men ham ishonmadim avvaliga rost,
O‘yladim,
Yuragim aldayotgandir.
Seni uchratganda tilim aylanmay,
Qo‘llarim, lablarim titrayotgandi.
O, nega avvalroq buni sezmadim,
Seni sevishingni bilar edim-ku.
Endi o‘z qalbimni darddengiz qilib,
O‘z g‘amimdan o‘zim to‘lib to‘ydim-ku.
Nimadir demoqchi bo‘lyapsan sen ham,
Yonimga kelasan, bezovta, o‘ychan.
Mayli shunday turgin,
Hech nima dema,
Axir hammasini o‘zim bilaman.
Endi o‘rtamizda hech qanday sir yo‘q,
Bir-birin tushunar yuraklar, hislar,
Biz qanchalik qochsak bir-birimizdan,
Qalblarimiz shuncha bir-birin izlar.
Jimgina sevishib,
Jimgina yashab,
Ayt, kimga asraymiz bu muhabbatni,
Sabr kosam to‘lib toshmasdan oldin,
Sen ham ochib o‘qi dildagi xatni,
KO`ZLARIM intilar faqat sen tomon.
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:46]
SEVGI!
Achinmaysan jonimga,
Tashnadirsan qonimga,
Qo‘ymaysan o‘z holimga,
Sevgi!
Shoshildim sarobga man,
Yetolmay visolga man,
Ul sohibchiroygaman,
Sevgi!
Sevgi qanday azobsan,
Og‘umisan, sharobsan,
Darding menga atabsan,
Sevgi!
Yo sendan kechamanmi,
Yo zahring ichamanmi,
O‘zimdan qochamanmi,
Sevgi!
Kelgin, sog‘indim sani,
Izlagan yorim mani,
Ahdingga vafo qani,
Sevgi!
Cho‘mildim ko‘zyoshingga,
Ko‘mildim bardoshingga,
Tushunmayman ishingga,
Sevgi!
Ahad Qayum she’rlari, [31.05.19 16:47]
KUYARMAN
Ko‘ksim kuydirgan ishqning,
Hijronida kuyarman.
Vasl topmagan dilning,
Armonida kuyarman.
Kuyarman, alamlarda,
Til — ozor, dilim dorda,
Ko‘ngil umidi yorda,
Yolg‘onida kuyarman.
Azobingdan to‘yarman,
Dilda nafrat o‘yarman,
Dunyoga o‘t qo‘yarman,
Xumoringda kuyarman.
O‘zimdan tonib-tonib,
So‘zimdan tonib-tonib,
Seni deb yonib-yonib,
Ozoringda kuyarman.
Dil, jabr-u qanoatda,
Til, sabr-u sinoatda,
Tan-u jon ming ofatda,
Fig‘oningda kuyarman.
Ko‘qsim kuydirgan ishqning,
Hijronida kuyarman.
Vasl topmagan dilning,
Armonida kuyarman.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
KETSANG KETAVER
Mensimay meni,
Ketsang ketaver.
Mendan boshqani,
Sevsang sevaver.
Bu sening ishing,
Sen boshlagan to‘y.
Qilmay tashvishim,
O‘z holimga qo‘y.
Tonib so‘zingdan,
Qaytsang qaytaver.
Sevdim deb unga,
Aytsang aytaver.
Niyating nima,
Bilmay hayronman,
Yurakni qiynab,
Jig‘ibiyronman.,..
Mensimay meni,
Ketsang ketaver.
Mendan boshqani,
Sevsang sevaver.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
OQIBATLI ODAMLAR
Oramizda ko‘p hali,
Oriyatli odamlar.
Jigaringdanda yaqin,
Oqibatli odamlar.
Gul umrin halol bezar,
Toleyi naqshin yozar.
Ikki dunyosi go‘zal,
Oxiratli odamlar.
Hayot ham bir imorat,
Kurashmoqdan iborat.
Mehnatidan topar baxt,
Diyonatli odamlar.
Oramizda ko‘p hali,
Saxovatli odamlar.
Adolatli odamlar,
Zakovatli odamlar.
Ko‘ngil yongan shamchiroq,
Bir kun o‘chadi biroq.
Ortida qoldirar bog‘,
Halovatli odamlar.
Har qadami ming hikmat,
Har suhbati ming bir baxt.
Borligi ming bir davlat,
Xosiyatli odamlar.
Ota-onaday yaqin,
Yurakka saqlamas kin.
Qalbi serhimmat to‘kin,
Gul niyatli odamlar.
Gohida sotar do‘stin,
Titadi kamu ko‘sting.
Sof chizar u qalb ko‘zin,
Fazilatli odamlar.
Bilmaydi yolg‘on riyo,
Yolg‘onga boqmas qiyo.
Jannatdan kelgan go‘yo,
Farishtali odamlar.
Oramizda ko‘p hali,
Saodatli odamlar.
Arzir joning bergali,
Sadoqatli odamlar.
Kimdir zamon boshqa der,
Kelajak g‘amini yer.
Shukr, bugun bor axir
Hidoyatli odamlar.
Sabrda der baxtini,
Ichga yutar dardini.
Qarichlamas qadrini,
Qanoatli odamlar.
Oramizda ko‘p hali,
Diyonatli odamlar.
Mehrga to‘la qalbi,
Muhabbatli odamlar.
Ilmin arzonga sotmas
Nafsi kibrga botmas.
Sendan manfaat kutmas,
Ma’rifatli odamlar
Ahad Qayum ijodin,
O‘ylaydi elning baxtin.
To‘g‘ri baholar satrin,
Muruvvatli odamlar.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
SEVGI BILAN GO‘ZALDIR HAYOT
Sevgi bilan go‘zaldir hayot,
Muhabbatsiz urmas bu yurak,
Ishq bu hijron, visol yo najot,
Muhabbat bu eng shirin ertak.
Ko‘zlaringda yongan bu yulduz,
Yuragingda toshgan bu dengiz,
Oshiqlikni chegarasi yo‘q,
Xayollarning sarhadi cheksiz.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
SHUNDAY DO‘ST TOP…
Shunday do‘st top u sening,
Pulingta do‘st bo‘lmasin.
Sovg‘ayu salomingga,
Gulingga do‘st bo‘lmasin.
Shunday do‘st top yiqilsang,
Tepib o‘tib ketmasin.
Mansab yo ayol uchun,
Seni arzon sotmasin.
Shunday do‘stlarni ko‘rdik,
Arzimas do‘st deyishga,
Bilolmaysan ularga,
Nima deb nom qo‘yishga.
Shunday do‘st top boringda,
Yo‘g‘ingda qam do‘st bo‘lsin.
Boshingdan omad ketgan,
Chog‘ingda ham do‘st bo‘lsin.
Shunday do‘st top otang ham,
Qilmagan ishni qilsin.
Akang ukang bo‘lmasa,
Yoningda tayanch bo‘lsin.
Shunday do‘stlarni ko‘rdik,
Arzimagan gapni deb,
Yashaydilar qasdlashib,
Bir-birini go‘shtin yeb.
Shunday do‘st top ko‘rganlar.
Otangga rahmat desin.
Do‘stingga qaraganda,
Sening kimliging bilsin.
Shunday do‘st top bir o‘zi,
O‘ntani o‘rnin bosar.
Ortiqcha ig‘volaru,
G‘iybatlar yo‘lin to‘sar.
Shunday do‘st top, ey Ahad,
Shuhrating, nomingamas.
Yuragingni tushunar,
Chin bir inson bo‘lsin bas.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
MEN UCHUN…
Men uchun tabassum qilsin shu labing,
Men uchun bahorday ochilsin qalbing,
Har bir nafasingni ma’nosi bo‘lay,
Sevgilim, men uchun ursin yuraging…
Ismimni takrorla hatto tushingda,
Doim, o‘zim bo‘lay aqlu hushingda,
Dunyolarni izlab qalbingdan topdim,
Endi sen ham meni bir bor tushun-da.
Ahad Qayum she’rlari, [25.08.19 09:53]
TENGING BILAN DO‘ST BO‘LGIN
Yoqa bo‘lsang birodar,
Yenging bilan do‘st bo‘lgin,
Dil, dilga bo‘ydosh izlar,
Tenging bilan do‘st bo‘lgin.
O‘rgimchak o‘rgimchakka,
To‘rini to‘qimaydi,
Bilsang qarg‘a qarg‘ani,
Ko‘zini cho‘qimaydi.
Yaxshi kun bor, yomon kun,
Halol, yorug‘ yuz bo‘lgin,
Balandga intilgin, lek
Tenging bilan do‘st bo‘lgin.
Ilon chaqmas ilonni,
Chayon chaqmas chayonni,
Yuqori yo past bo‘lgin,
Tenging bilan do‘st bo‘lgin.
Bu hayot qimor ekan,
Kim sog‘, kim bemor ekan,
Bir yutish, bir yutqazish,
Taqdirimda bor ekan.
Ahad Qayum dardlari,
Ichiga sig‘may ketsa,
Umringga mazmun kirar,
Bir chin do‘st qo‘lin tutsa.
Odam darddan, qayg‘udan,
Ochlikdan hech o‘lmaydi,
Do‘stlaring nomard bo‘lsa,
Yashaging ham kelmaydi.