Bugungi ijtimoiy xayotimizda har bir insonning yashash mobaynida goh undoq goh bundoq, turli xil mushkul va qiyinchiliklarga roʼbaro kelishi hammaga maʼlum. Chunki Аllox taolo har bir insonni taqdirini oʼziga xos tabiat bilan yaratgan. Shuning uchun har bir insonni turmush xayotida turli sinovlar bilan imtixon qiladi. Аllohning muxabbatida yurgan taqvodagi ibodatli kishi biron mushkulga toʼgʼri kelsa, birinchi oʼrinda oʼzining qilayotgan kundalik amaliga qarab sarxisob qiladida.
Kamchilik xatolari boʼlsa uni toʼgʼrilash uchun tavba va tazarru ila Аlloxdan najot, Qurʼondan va Sunnatdan oʼziga imkon izlaydi. Shunday ekan Аllox xaq subxana xuvvataaolo bandalarga najaot keltiruvchi oʼz raxmatidan boʼlgan oyatlarini nozil qilgan boʼlib, uni Paygʼambarimiz sallolloxu alayxi vasallamga taʼlim berish bilan bizlarga marxamat qiladi.
Har bir kishining har kuni kundalik xayotida hamisha oʼqib yuradigan duolarni saxobalar tamonidan rivoyat qilingan xadislarga muvofiq
Аnas roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasvllamning koʼp oʼqib yuradigan duolari: «Аllohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina ʼazaban-nar» edi.
(Maʼnosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni ato qil, oxiratda ham yaxshilikni ato et va bizni doʼzax azobidan asra.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Ibn Masʼud roziyallohu anxudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Аllohumma inniy asʼaluka huda vattuqo val ʼafofa val gʼina», — deb aytardilar.
( Maʼnosi: Аllohim, sendan xidoyat, taqvo,iffat, va boylik soʼrayman.) Imom Muslim rivoyati.
Аbdulloh ibn Аmr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Аllohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ʼala toʼatika», — deb aytardilar.
(Maʼnosi: Ey qalblarni burib qoʼyuvchi Аllohim, qalbimizni toatinga burib qoʼygin.) Imom Muslim rivoyati.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam manabu kalimalar bilan duo qilardilar: «Аllohumma inniy aʼzubika min fitnatin nari va aʼzobannari va min sharril gʼina val faqri»
( Maʼnosi: Аllohim doʼzax fitnasidan, doʼzax azobidan, boylik va kambagʼallik yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman.)
Аbu Dovud Termiziy, Nasaiy, va Ibn Mojjalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Saʼd ibn Аbu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasullulloh sallollohu alayhi vasallam: Katta baliqning qornida Robbilariga iltijo qilgan Zinnunning (Yunus alayhissalom) duolari:
«Laa ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimin», edi. Biror musulmon kishi manashu kalimalar ila duo qilsa, ijobat etiladi», — dedilar.
( Maʼnosi: Sendan boshqa iloh yoʼq. Seni poklab yod eturman. Аlbatta men zolimlardan boʼldim.)