Qarz olish yaxshimi yoki yomon?!
• Qarzning taʼrifi
– Qarz soʻzi lugʻatda “kesish” maʼnosini bildiradi, chunki qarz beruvchi qarz oluvchiga oʻz molining bir qismini kesib beradi. Shariʼat istilohida esa foydalanib, mislini qaytarib beruvchi kishiga mol berishga qarz deyiladi.
• Shariatda qarz berishning joizligi
– Qarz berish sunnat va ijmoʼ bilan sobit boʻlgan, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam urgʻochi tuyani qarzga olib, evaziga yaxshi erkak tuya berganlar va “Odamlarning yaxshisi qarzini chiroyli tarzda ado qiluvchisidir”, deganlar.
• Qarz berishning fazilati haqida
– Alloh taolo Oʻz kalomida shunday degan:
وَأَقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا
“…va Allohga «qarzi hasana” beringlar…».
Qarz soʻzining maʼnosi juda keng boʻlib, oʻzgalarga foyda yetkazish ham qarzi hasananing jumlasiga kiradi.
© Manba (http://fiqh.uz/) | Manba (https://www.istockphoto.com/photos/challenge)