Xomilador bulish uchun usullar

Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish Petrushka urug’ini ezib, kukunga aylantirib, uning hajmi 4 choy qoshiq miqdorga etgach ustiga bir stakan (200gr) qaynoq suv quyiladi va 15 daqiqa past olovda qaynatiladi.

Hosil bo’lgan shifobaxsh suyukdikni sovutib, har kuni 4-6 marta bir osh qoshiqdan ichiladi. Prostatitda shamollash jarayonini yo’qotadi va jinsiy faoliyatni tiklaydi.

Jinsiy quvvatni oshirish 18-usuli

Petrushka urug’i yordamida davolash

1 choy qoshiqcha petrushka urug’ini ezib, ustidan 1stakan qaynoq suv solib, 8 soat tindirib qo’yiladi.

So’ng dokadan o’tkazilib, kuniga 4 mahal, ovqatdan 15 daqiqa oldin, 1G’4 stakan (50 ml)dan ichiladi.

19-usuli

Zanjabil ildizi va tovuq tuxumi yordamida davolash

Zanjabil ildizini maydalab tovuq tuxumining sarig’i bilan esa, urug’ suyuqligini ko’paytiradi va quyuqlashtiradi.

20-usuli

Sumbul ildizi bilan davolash

Sumbul o’simligi tomirini pora-pora qilib, so’ng soyada quritib, yanchib, shakar bilan qo’shib, har kuni ertalab bir kaftdan yoki bir qoshiqdan esa, ammo zinhor achchiq, sho’r narsa emasa, erkaklik quvvati tiklanadi.

21-usuli

Guruch bilan davolash

Jinsiy aloqa qilmay yurgan kishi guruchni suvda ivitib eb, suvini ichsa, erlik quvvati tiklanadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 22-usuli

Sariyog’ni beli, soniga surtgan erkakda shahvat uyg’onadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 23-usuli

Bodom guli bilan davolash

Jinsiy aloqa qilolmay qolgan erkak bodom gulidan esa, shifo bo’ladi.

24-usuli

Erlik quvvati so’ngan erkak anjir, yong’oq, mayizni eb tursa, shifo bo’ladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 25-usuli

Nargiz urug’i yangi sog’ilgan sutga qo’shib ichilsa, erkaklik quvvati oshadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 26-usuli

Anzur piyozi va tog’ piyozining yog’ini kechasi, uxlashdan oldin, oyoqlarning ostiga surtib yotish lozim. Ammo oyoqni erga qo’ymaslik kerak. Shu muolaja bir hafta davomida qilinsa, erkaklik quvvati tiklanadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 27-usuli Sabzi murabbosi bilan davolash

Sabzi murabbosini iste’mol qilib turish jinsiy qobiliyatni ko’paytirib, buyrak va belni baquvvat qiladi. Bundan tashqari, bu yo’tal va istisqoga ham foydalidir.

28-usuli

Xurmo murabbosi bilan davolash

Xurmo murabbosini iste’mol qilish semirishga va jinsiy qobiliyatning oshishiga olib keladi. Tayyorlash usuli: pishgan xurmolarni idishga solib, ustidan ozgina zanjabil qo’shilgan novvot sharbati quyiladi va idishning og’zi mahkam yopilib, qorong’i joyda bir necha kun saqlanadi, xurmoga shirinlik singgach, iste’mol qilinadi.