Poliartrit. turlari. davolash.

POLIARTRIT — bu bo‘g‘imlarning xronik yallig‘lanishi bo‘lib, birdaniga yoki birin-ketin zararlanishi bilan xarakterlanadi. Poliartritning turli sabablar xisobiga rivojlangani uchun klinik belgilari xam turlicha bo‘ladi. Ularni birlashtiradigan yagona belgi bo‘g‘im pardasi – sinovial qavatning yallig‘lanishi xisoblanadi.

Poliartrit sabablari

• Infeksion jarayonlar: sil, gonoreya;

• Genetik moyillik;

• Nosog‘lom turmush tarzi;

• Noto‘g‘ri ovqatlanish;

• Metabolik buzilishlar;

• Travmalar, lat yeyishlar.


Poliartrit turlari va kechishi.

1. Revmatoid poliartrit – asosan oyoq-qo‘l kaftlarining mayda bo‘g‘imlarini zaralanishi bilan kechadi. Keyin kasallik ichki a’zolar (yurak, qon tomir, buyrak)ni zararlaydi. Revmatoid poliartritda sinovial parda va qon tomirlarning o‘sib ketishi va keyincha tog‘ayning buzilishi va bo‘g‘imning deformatsiyasi kuzatiladi

2. Infeksion poliartrit — sil, gonoreya va brutsellez, ORVI, qizilcha, tepki, bo‘g‘ma, virusli gepatit kabi infeksion jarayonlar oqibatida rivojlanadi. Asosiy kasallik davolansa tez o‘tib ketadi.

3. Kristallik poliartrit – Organizmda moddalar almashinuvini buzilishi natijasida rivojlanib, bo‘g‘imlarda urat tuzlari kristalini o‘tirib qolishi bilan kechadi. Bu kristallar bo‘g‘imlarni ta’sirlab, yallig‘lanish chaqiradi. Asosan yog‘li, go‘shtli, dudlangan ovqat yeydigan va alkogol iste’mol qiladigan odamlarda uchraydi.

4. Psoriatik poliartrit – psoriaz bilan og‘rigandan so‘ng 6-8 oydan keyin rivojlanadi. Asosan tovon bo‘g‘imlari zaralanib 40 yoshgacha odamlarda uchraydi.

5. Reaktiv poliartrit – turli infeksiyalarni o‘pka va siydik tizimiga tushishi natijasida rivojlanadi. Kon’yunktivit, polinevrit va kolit belgilari kuzatiladi.

6. Posttravmatik poliartrit – lat yeyish, chiqish, bo‘g‘imlardagi yoriqlar va mikrotravmalar natijasida rivojlanadi.

Poliartrit klinikasi

1. Revmatoid poliartrit – avval xavo aynigandagina bezovta qilib, keyincha bo‘g‘imlarni biroz shishi, og‘rishi, bo‘g‘im atrofidagi terining qizarishi, maxalliy xaroratni ortishi kuzatiladi. Kasallik kuchayishiga qarab og‘riq kuchayishi, oyoq-qo‘llarning uyushishi, ertalabki karaxtlik kuzatiladi. Revmatik poliartritda bo‘g‘imlar simmetrik zaralanadi.

2. Infeksion poliartrit – zararlangan bo‘g‘im ustidagi terining qizarishi va shishi, bo‘g‘im xarakatining chegaralanishi kuzatiladi.

3. Kristallik poliartrit – avval bo‘g‘imlardagi og‘riq ularning ma’lum bir xolatda kuzatilsa, kristallarning ko‘payishi natijasida og‘riq surunkali turga o‘tadi. Asosan oyoqning bosh barmog‘i zararlanib, terida podagrik tugunchalar – tofuslar paydo bo‘lishi bilan kechadi.

4. Psoriatik poliartrit –bo‘g‘imlardagi og‘riq va xarakat chegaralanishi asosan ertalab va uzoq dam olgandan so‘ng kuchli bo‘ladi.

5. Reaktiv poliartrit – oyoqlarning barmoqlar, tirsak va tizza bo‘g‘imlarining og‘rishi va shishi kuzatiladi. Shuningdek erkaklarda prostata va uretrani, ayollarda bachadon va qinni yallig‘lanishi qo‘shiladi.

6. Posttravmatik poliartrit – bo‘g‘imlar va muskullardagi doimiy zo‘riqishli og‘riqlar, ularni xarakatlantirganda qisirlashi kuzatiladi.




Poliartritni davolash

Medikamentoz davo og‘riqni qoldirish va yallig‘lanishni davolashga qaratiladi. Bu maqsadda analgetik va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar beriladi. Bu dorilar shuningdek, bo‘g‘imlar shishi, achishishi va junjikish kabi belgilarni xam davolaydi.

Infeksion va reaktiv poliartritda antibiotiklar buyuriladi. Davolash infeksiya o‘chog‘ini yo‘q qilishga qaratiladi.

Revmatoid poliartritni davoash uchun immunodepressantlar va gormonal preparatlar beriladi.

Kristallik poliartritda organizmda siydik kislotasi miqdorini kamaytiruvchi va metabolik jarayonni yaxshilovchi preparatlar qo‘llaniladi. Fizioterapevtik muolajalardan massajva davolovchi gimnastika , ultratovushli terapiya va dori vositalari bilan elektroforez qilish, parafinoterapiya va ozokerit bilan davolash, baroterapiya va magnitoterapiya usullari qo‘llaniladi.


Davo terapiyalari kasallikning qo‘zigan davrlari – baxor kuzda o‘tkaziladi. Aloxida o‘rinni sanator-kurort davolash, mineral suvlar, tabiiy davolovchi balchiqlar, suv osti massajlari tutadi.



© https://t.me/gepamed_ultra

gepamed.uz