Koronavirus belgilari, alomatlari va undan saqlanish yo’llari

Bu borada sizlarga Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan ma’lumotlar asosida soddaroq

tushuntirishga harakat qilaman.

O’zbekistonda ham koronavirusga chalingan bemor holati qayd etilgach ko’pchilik vahimaga berilib bu

kasallik belgilari, alomatlari qanday kechishi haqida bosh qotirmoqda. Koronavirus kasalligiga

chalinmaslik uchun ishlab chiqilgan tavsiyalarni ushbu maqolada e’lon qilgan edik.

COVID-19 kasalligining o’ziga xos ajralib turadigan belgisi yo’q. U ba’zan hech qanday simptom hosil

qilmasligi mumkin, lekin odatda shamollashga o’xshash belgilar bilan yuzaga keladi. Hozirgacha 156

mingdan ortiq virus yuqtirgan odamlarni kuzatib JSST kasallikning quyidagi belgilarini xabar beradi.

Belgi to’g’risidagi foiz – umumiy kasallanganlarning necha foizida shu belgi kuzatilganini bildiradi.



isitma – 87,9%

quruq yo’tal – 67,7%

charchoq, holsizlik – 38,1%

balg’am ajralishi – 33,4%

nafas qisishi – 18,6%

muskullarda yoki bo’g’imlarda og’riq – 14,8%

tomoq og’rig’i – 13,9%

bosh og’rigi – 13,6%

sovqotib titrash – 11,4%

ko’ngil aynishi va qusish – 5%

burun bitishi – 4,8%

diareya (ich ketishi) – 3,7%

qonli balg’am tupurish – 0,9%

konyuktivit – 0,8%

Mana shu belgilar borligi sizda aniq koronavirus bor degani emas, bu belgilar boshqa holatlarda ham

kuzatilishini hisobga oling. Lekin shu belgilar kuzatiladigan bo’lsa og’iz burningizni maska bilan to’sib,

o’zingizni boshqalardan izolyatsiya qilib, yashash joyingizdagi sog’liqni saqlash tizimiga xabar bering.

Xitoyda ham bu belgilar bilan kasalxonaga mln dan ortiq odam murojaat qilgan, test qilingach ularning

akariyatida virus aniqlanmagan. Shu bois vahimaga berilmang, o’zingizni ehtiyot qiling.