Gipertoniyani albatta yengasiz (shu yoʼldagi muhim qadamlar)
BIRINChI QАDАM. Ortiqcha vazndan qutilishga kirishing. U sizning nafaqat qomatingizni buzadi, balki sizdagi gipertoniya (arterial qon bosimining koʼtarilishi) ga asosiy xavf tugʼdirayotgan boʼlishi mumkin. Koʼplab kishilar oʼzlaridagi turli kasalliklardan xoli boʼlish uchun avvalo ortiqcha vazndan qutilishiga toʼgʼri keladi. Mutaxassislar kuzatishlaricha ortiqcha vaznni yoʼqotish evaziga arterial qon bosimini meʼyorga keltirsa boʼlar ekan.
IKKINChI QАDАM. Har kuni poʼsti bilan qaynatib pishirilgan kartoshka, oʼrik, bir, ikki dona pomidor, olxoʼri yoki turshak isteʼmol qiling. Bu mahsulotlarning tarkibidagi kaliy moddasi qon tomirlarini kengaytirib, qon aylanishini yaxshilaydi.
Bir necha selьder shoxchasi arterial qon bosimi oshishining oldini olishga yordam beradi. Chikago olimlari selьder tarkibida oʼta toliqqan mushaklarni boʼshashtirib, qon tomirlarini kengaytiradigan, natijada qon bosimi tushishida yordam beradigan modda borligi aniqlangan.
UChINChI QАDАM. Jismoniy mashqlarni bajaring. Hafta mobaynida 3-5 marta 20-30 daqiqa davomida velotrenajyorda mashq qilish, yugurish yoki piyoda yurish ham (quvvati kam va keksa insonlar uchun) qon bosimini tushirib, kayfiyatingizni chogʼ qilishga sezilarli darajada taʼsir koʼrsatadi.
TOʼRTINChI QАDАM. Har qanday vaziyatda oʼzingizni qoʼlga olib, ruhiy xotirjamligingizni asrashni oʼrganing. Faqat shunday qilolsangiz, qon bosimingizni moʼʼtadil tutib turishga erishishingiz mumkin. Bunda sizga autotreninglar yordam berishini unutmang. Gipertoniya xastaligiga qarshi kurashish davomida aslo ish faoliyatingizni boʼshashtirmang. Bu holat esa sizga yaxshi kayfiyat bagʼishlab turishi, natijada ruhiyatingiz koʼtarilishini unutmang.
BEShINChI QАDАM. Biz yashayotgan atrof olamning ajralmas qismi boʼlgan hayvonot dunyosi ham qanchalar moʼjizakor. Masalan, siz yoqtirgan uy hayvonlaridan boshqa akvariumdagi baliqlar, hayvonot bogʼidagi qushlar, parranda va jonivorlarni tamosha qilish ham sizga zavq bagʼishlashi mumkin. Ularni tomosha qiling, muloqatda boʼlib turing.
OLTINChI QАDАM. Gohida, shunchaki koʼcha-koʼyda, metroda yoki transportda ketayotgan paytingizda kim bilandir shosha-pisha, baland ovozda qilingan suhbat yaxshi emas. Аyniqsa u norozilik, noqulaylik va nafratni qoʼzgʼovchi mavzuda boʼlsa, buning ustiga his-hayajonlaringizni joʼsh urdirib yuborsa, kutaveringki, albatta qon bosimingiz oshib ketishiga sabab boʼlishi mumkin. Bunday vaziyatga toʼgʼri kelib qolsangiz zudlik bilan oʼzingizni qoʼlga oling. Har qanday soʼzni ohista va sekin ohangda bayon qiling, asabiylashmang. Shunda siz asab va yurak-qon tomirlaringizda kuzatilishi mumkin boʼlgan har qanday xavfni bartaraf eta olasiz.
YeTTINChI QАDАM. Faqat haqiqatni soʼzlang. Chunki yolgʼon gaplarni toʼqib chiqarish, aytgan yolgʼonlaringizni adashtirib yubormay, yodda saqlab yurish, bilib qolishsa nima qilaman, degan xavotirda azoblanish ruhiyatga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Yolgʼon – oʼta ogʼir, ruhiy qiynoqlarga sabab boʼlishi, buning oqibatida arterial qon bosimingiz koʼtarilishi mumkinligini unutmang.
SАKKIZINChI QАDАM. Koʼproq kuling, zavqlanishga harakat qiling. Kulgu zoʼr dori-darmon oʼrnini bosishi mumkinligini unutmang. U hattoki davo xususiyati jihatidan baʼzi muolaja usullaridan qolishmaydi. Siz dildan qotib kulayotgan paytingizda organizmingizda qon bosimini oshiruvchi adrenalin va kortizon ajralishi kamayadi.
Oʼzingizni oʼrganib, holatingizni yaxshi idora qilolsangiz, kasallikdan forigʼ boʼlishingiz, dori-darmonga ketadigan mablagʼingiz va kasalxonama-kasalxona yurish vaqtingizni iqtisod qilgan boʼlasiz.