Afsuski, chaqaloq shamollashi bu noyob holat emas. Chaqaloqlar har qanday virusga qarshi deyarli himoyasizdir. Shuni ta’kidlash kerakki, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar maxsus aralashmalarni iste’mol qiladigan chaqaloqlarga qaraganda O’RVIga nisbatan kamroq sezgir bo’ladi.
Qanday qilib aniqlash mumkin?
Chaqaloqlarda shamollash alomatlari kattalardagi shamollash alomatlaridan farq qilmaydi. Vaziyatning qiyinchiligi faqatgina kichlintoy sizga nimadan ranjiyotganini aytib bera olmasligidir. Bunday hollarda ota-onalar hushyor va e’tiborli bo’lishlari kerak.
Eng yaqqol va aniq belgilari — yo’tal va burun bitishidir. Bu belgilar faqat shamollash uchun xarakterlidir. Haroratning ko’tarilishi ham juda aniq bir alomatdir. Ammo bu juda shubhali, chunki isitma nafaqat O’RVIda kuzatiladi. Bundan tashqari, ko’plab pediatrlar 37,5 °C gacha bo’lgan harorat chaqaloq uchun normal deb hisoblashadi. Lekin bu yerda hammasi individual xususiyatlarga bog’liq.
Chaqaloqning shamollashi haqida ishtahaning yo’qolishi, holsizlik, faolligining pasayishi va umumiy zaiflik ham so’zlashi mumkin. Chaqaloqlar shamollashi alomatlarini tish chiqishi belgilari bilan adashtirib yuborish mumkin. Biroq, shuni yodda tutish kerakki, chaqaloqlardagi burun bitishi va tumov alomatlari bu yana bitta tish chiqishi bilan bog’liq hodisa emas, balki tishlarning chiqishi immunitetning zaiflashuviga olib kelganligi va chaqaloqlarda tumov boshlanganligini alomatidir.
Qanday davolash va yo’l tutish kerak?
Chaqaloq shamollashini qanday va nima bilan davolash kerakligi — juda nozik masala, chunki chaqaloq juda kichik va himoyasizdir. Juda ko’p ota-onalar xavotirga tushib qolishadi va xatoga yo’l qo’yishadi. Avval tinchlanish va ba’zi maslahatlarga quloq solish kerak.
Bolani aslo o’rab tashlamang. Bu holda bolani qizib ketish juda oson bo’ladi. Agar chaqaloqning tana harorati 38 °C bo’lsa, uni o’rantirib qo’yish isitmani yana bir darajagacha ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Xavotirlanmang va chaqaloqqa darhol isitma tushiruvchi dorilarni bermang. Tana haroratini tushiruvchi preparatlarni faqatgina bolaning isitmasi 38,5 °C va undan yuqori raqamlarni ko’rganingizda bering, lekin pastroq bo’lsa, bunday vositalarni berish kerak emas. 38,5 °C dan past bo’lgan harorat faqatgina tutqanog’i bo’lgan chaqaloqlar uchun xavfli bo’lishi mumkin va nevrolog ularning kelib chiqishi haqida ogohlantirgan bo’lishi kerak.
Bolaga sulfanamidlar va antibiotiklarni bermang. Axir, ular faqatgina bakteriyalarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, shamollash (O’RVI) ning sababi bo’lgan viruslarga emas. Bunday dori-darmonlar bolaga faqatgina zarar yetkazadi — ko’pincha chaqaloqlarda ularning qabul qilishi natijasida allergik reaktsiyalarva disbakterioz yuzaga keladi. Ammo chaqaloqlarda otit, bronxit, pnevmoniyava boshqa bakterial kasalliklar mavjud bo’lsa, bu yerda antibiotiklar qo’llamay boshqa iloj yo’q.
Chaqaloqlarda shamollashni oldini olish
Chaqaloqlarda shamollashni oldini olish juda muhimdir, chunki keyinchalik davolanishdan oldin kasallikni oldini olish ancha osonroq. Buning uchun tez-tez ochiq havoda bolangiz bilan sayr qiling, chaqaloqni ob-havoga qarab kiyintiring — uni qizib ketish va sovqotishga yo’l qo’ymang. Shamollash avj olgan davrda farzandingizni odam gavjum joylarga olib bormang va shamollagan oila a’zosi bo’lsa, chaqaloqqa yaqinlashtirmang. Chaqaloqlar shamollashi, uni davolash va oldini olish unchalik murakkab emas. Bu jarayon oddiygina g’amxo’rlik va e’tiborni talab qiladi. Eng maqbul yo’l — shifokor ko’rigidan o’tishdir.
Burun bitganida
Burunni shilimshiqdan tozalash kerak. Hamma bolalar ham burun tashlashni bilmaydi. Shuning uchun ota onalar yordam berish kerak. Shilimshiqni yutish bilan bola ichiga turli zaxarli toksinlar va viruslarni yutadi. Shuning uchun 1-o’rinda undan qutulish kerak.
Agar burun bitib qolsa virus chiqib ketmaydi
Agar burun bitib qolsa shilimshiq kelib chiqish joyida to’planadi va virusning tarqalishi ko’payadi. Eng yomoni ichkariga ya’ni boshqa nafas olish yo’llariga qarab ko’payadi. Bunday holat bo’lmasligi uchun tezroq bitgan burnini ochishga harakat qiling.
Vitamin C va ko’p suyuqlik ichish
Huddi shamollash kabi burun bitishida ham ko’p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Ko’pincha burun bitishi isitma va terlash bilan birga o’tadi. Bu esa tananing suvsizlanishiga olib keldi. Burun bitishining har qanday turida eng yaxshi da’vo bu vitamin C hisoblanadi. Vitamin C aptekada arzon narxda sotib olish mumkin. Lekin o’z nomi o’zi bilan askorbin kislotasi ya’ni kislotalilik hususiyati bor. Har qanday narsani ortig’i zarar qilgani kabi uni ham ko’p ishlatish mumkin emas. Eng yaxshisi ovqatlanish ratsionimizga qo’shganiimiz ma’qul. Yurtimiz serquyish o’lka. Qishin yozin meva uzilmaydi. Ayniqsa nordon mevalarda VitC ko’p bo’ladi.
Quyidagi mahsulotlarda Vitamin C mavjud:
Na’matak;
Olma;
Anor;
Ismaloq;
Limon;
Uzum;
Nok;
Qulupnay;
Smorodina;
Apelsin;
Mandarin.
Eng ko’pi qalampirda
Kasallikning tarqalishiga yo’l qo’ymang
Burun bitishini davolashda butun tanaga tarqab ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Agar burundagi shilliq og’iz bo’shlig’iga tushib qolsa unda angina yoki oshqozon kasalini keltirib chiqarish mumkin. Agar bolangiz burnini juda chuqur va qattiq tortadigan bo’lsa shilliq o’pkasiga tushib qoladi va organizm uni tashqariga chiqarish uchun yo’talni hosil qiladi. Agar shilliq o’pkada uzoqroq turib qoladigan bo’lsa bronxit, pnevmoniya va shu kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shunday odamlar ham borki agar kasallikni teg qo’yib qo’yilsa o’zi o’tib ketadi deb o’ylashadi. Bunday beg’amlikni deb bir necha kundan keyin juda katta muammoni keltirib chiqarib olish mumkin. Ayniqsa undan keyingi asoratlari: gaymorit, frontit kabi. Shuning uchun bolani shamollashiga mas’uliyat va e’tiborli bo’lish kerak.
Davolash
Yuqorida aytganimdek bolaning burun bitishini davolash kechiktirib bo’lmaydigan zarur ish va albatta vrach bilan maslahatlashish zarur.
O’z tajribamdan kelib chiqadigan bo’lsam men quyidagicha davolayman:
Farzandlarim biri og’risa hech qancha o’tmay ikkinchisi ham shu kasal bilan kasallanishadi. Shaxsan meni farzandlarimda allergik kasallik yo’q va hech qanday dori va mahsulotlarga allergiyasi, nojo’ya ta’siri kuzatilmagan. Yaqinda burun bitishi shamollash ta’sirida kelib chiqdi. 1-kuni kunduzi unchalik bilinmadi kechasiga kelib burni bitdi. Spirt bilan tomoq, kurak va qornini rastiraniya qildim. Romashka damlamasiga ozgina namatak siropi qo’shib ichkazdim.
1-usul: O’ringa yotgandan so’ng burniga tashidan vazelin surtdim. Ozgina yod qo’shib aralashtirib tayyorlab olsa ham bo’ladi. Burun usti, ikki yoni. Peshonasi bilan qo’shib yengil massaj qildim. Yuz qismida nerv tugunlari va tochkalar bo’ladi. Qattiqroq bosib qo’yilsa yuz qiyshayishi va shish paydo bo’lishi kabi zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun juda ehtiyotkorlik bilan sekin va yengil harakatlar bilan 10 minut massaj qildim.
2-usul: Avvallari burnini tezda ochilishini hohlab injiqlik qilgan paytda spirt, yod va efir maslolardan hidlatganimda darrov ochilardi. Ammo bu vaqtinchalik. Ko’pincha spirt bilan yodni tengma tenglikda aralashtirib, gugurt cho’piga paxta o‘rab, burnining tepa qismiga chzib qo’yardim. Burni ochilib yaxshi uxlab qolardi.
3-usul: Ustidagi ko’rpasini nafasi uriladigan qilib burnidan 10 sm uzoqlikda qilib qo’ydim. Nafasi bilan o’zini-o’zi ingalatsiya qilishi uchun. Kunduz kunida esa maska taqib yurish mumkin. Diqqinafas bo’lishini esdan chiqarmay tez-tez maskadan holi qilib turish kerak.
4-usul: Kiyimiga “Dishi” maslasidan 2 tomchi tomizib qo’ydim. Aslo burniga tekkizish kerak emas. Allergiyasi bo’lsa qo’zib qo’yishi mumkin. Battarroq bitishi, yo’talishi, nafas qisishi, tomoq qishishishi, o’g’iz qurishi kabi allergik belgilar kuzatilmadi.
5-usul: Ertasiga xonadan chiqarmay, xona xavosini tez tez almashtirib, xonani istib, ko’proq suyuqlik ichkazish bilan band bo’ldim.
Yozda qilgan kompotlardan ochib, ilitib ichkizdim, qornini yaxshilab to’qlagandan so’ng askorbinka berdim. Qiymali go’sht qo’shib qaynatma mastava qilib ichkizdim. Qani edi bollarim hohlaganda qo’y yog’ili atala ichganda sog’ayishi yanada tezlashardi. Faqat bir marotaba. Tushlik ovqatdan oldin semiryanka – tosh olmadan 1 tadan berdim. Go’shti uzoq pishgan qaynatma bo’lmagan ovqatdan yegandan so’ng 1 ta limonnni ikkalasa choy qilib berdim. Mevalarini ham yeb oldi. Och qoringa yoki qaynatma ovqatdan so’ng limon berish yaramaydi. Ko’p berilganda esa tilini og’ritib qo’yish mumkin. So’ng to’q qoringa yana bittadan askorbinka va na’matak siropidan ichkazdim.Kechki paytgi ovqatdan keyin ham shunday.
Yotar payti tomog’i, kuragi, oyoq kaftiga yodniy setka qildim. Kechagi vazelindan so’ng burun bitishini sezmadim. Ammo shamollashi butunlay o’tib ketmagan edi.
Shunday hollarda burun bitishi tuzalmagan paytarda vrachlar protorgol yoki Farmazalin burunga tomizish uchun dorilar yozishardi. Bir marta 5 yoshli qizim 3-4 kun davomida burni hech ham ochilmaganda farmazalinni ishlatganman. Darrov ochilgan va qaytib bitmagan. Sekin asta shamollashini da’volaganmiz.
Bola yo‘talganda qanday yordam berish kerak?
Yo‘tal — organizmning tabiiy refleksi. Nafas yo‘llariga nimadir kirib qolsa, xalal berayotgan zarrachani kuchli havo oqimi yordamida itarib chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shuning uchun yo‘taldan qo‘rqish kerak emas: bu ko‘pchilik hollarda yuzaga kelgan muammoni organizmning o‘zi hal qilishining belgisidir.
Yo‘tal qachon tashvishlanish uchun sabab bo‘lmaydi?
Bolaning nafas yo‘llariga chang, o‘simliklar changi yoki ovqat uvoqlari tushib qolganda.
Bolaning tishlari chiqayotgan va so‘lagi tomog‘iga kirib qolganda.
Go‘dakning tomog‘iga ona suti tiqilib yo‘talib qolganda.
Yo‘tal qanday hollarda tashvishlantiruvchi alomat hisoblanadi?
Agar u kutilmaganda va hech qanday sababsiz paydo bo‘lsa (ko‘pincha bu bolaning nafas yo‘llariga biron-bir mayda narsa kirib qolganidan darak beradi).
Yo‘tal o‘tkir, xurujga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lsa.
Qo‘pol, xirillash va ko‘ngil aynish bilan kechadigan “bo‘g‘iq” yo‘tal – krup deb ataluvchi yuqumli kasallikning alomati bo‘lishi mumkin.
“Quruq”, to‘xtamaydigan, holdan toydiradigan yo‘tal nafas yo‘llarida yallig‘lanuvchi jarayon borligidan darak beradi (faringit, laringit, traxeit, bronxit, O‘RK, O‘RVI).
Bola yo‘talganda nima qilish kerak?
Bolani o‘rab qo‘ymang. Yo‘talning paydo bo‘lish sababidan qat’i nazar, bolani bir nechta ko‘rpalarga o‘rash tavsiya qilinmaydi, ayniqsa bu emizikli bolalarga tegishli — ular haroratning keskin o‘zgarishlariga juda sezuvchan bo‘ladi.
Xonada qulay sharoit yarating. Bolalar xonasidagi havo harorati 22—24 darajani tashkil qilishi kerak, namlik esa — 50—60%. Xonani tez-tez shamollating.
Bolaga ko‘proq suv bering. Har qanday yuqumli kasalliklarda bolaning ko‘p suyuqlik ichishi zarur. Shuningdek, balg‘am tezroq ketishi uchun bola gavda holatini muntazam ravishda o‘zgartirib turishi kerak.
Yo‘talga qarshi vositalardan foydalanmang. Bolaga yo‘talni qoldiradigan vositalar bermang. Bunday holatda bronxlarga tushgan mayda zarralar yoki balg‘am chiqib keta olmaydi, buning natijasida go‘dakning ahvoli faqat og‘irlashadi.
Bolalar shifokoriga murojaat qiling.
mymedic.uz/kasalliklar/pediatriya/chaqaloq-shamollashi/