Oq dog‘lar davosi

Vitligo – oq dog‘lar kasalligi insoniyatga juda qadim zamonlardan ma’lum,  biroq uni Moxov kasalligi kabi o‘ta yuqumli deb o‘ylab kelganlar.


     Vitiligoning kelib chiqish sabablari

Vitiligo boshlanayotganining aniq bir klinik belgilari yo‘q. Lekin terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan darhol shifokor-dermatologga murojaat qilish kerak. Dog‘lar har doim ham vitiligoga sabab bo‘lmasligi mumkin. Ayrim hollarda zamburug‘li kasalliklar va gijjalar, shuningdek kamqonlik ham oq dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Vitiligo rivojlanayaptimi, yo‘qmi aniq tashxisni faqat shifokor qo‘yadi. Dog‘lar paydo bo‘lishi bilan qancha tez shifokorga murojaat etsangiz, uni davolash shuncha oson kechadi.

Xalq orasida “pes” deya nomlanadigan vitiligo kasalligi qadim zamonlardan beri insoniyatga ma’lum bo‘lsa-da, uning davosi hali-hanuz sirliligicha qolayotgan xastaliklardan biri. Terida oq dog‘larning paydo bo‘lib, ko‘payib borishi bilan xarakterlanadigan ushbu kasallik inson salomatligidan ko‘ra ko‘proq uning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Kelib chiqish sabablari noma’lum bo‘lgani bois uni davolash ham qiyin sanaladi

Kasallikning yuzaga kelishiga quyidagilar sababchi bo‘lishi mumkin:

Homiladorlik  paytida homilaning gipoksiya (kislorod va boshqa oziq moddalarning yetishmasligi) ga chalinishi.

Tug‘ilish vaqtida bolaning bosh miya jarohat olishi tufayli.

Oshqozon-ichak tizimi, gijja, ikkilamchi yuqumli kasalliklar, buyrak, siydik yo‘llarining yallig‘lanishi.

O‘t yo‘li, jigar xastaliklari, ayniqsa,  virusli gepatit (sariq kasali) chalinish oqibatida.

Infeksiya  o‘choqlari-angina (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi)

Yosh  bolalarning hazm qilish a’zolaridagi buzilishlar.

Maktab yoshidagi bolalarda burun-halqum yo‘lida yuzaga keladigan), gaymarit (burun yondosh bo‘shliqlaridagi yallig‘lanish), karies (tishlarning chirishi).

Asab tizimidagi o‘zgarishlar (kuchli  ruhiy zarba, uzoq  vaqtgacha  ruhiy tushkunlik holatiga tushish).

O‘spirin va o‘rta yoshdagi insonlarda kasallikning yuzaga  kelishiga endokrin tizimidagi o‘zgarishlar, vaqtida ovqatlanmaslik yoki noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida gastrit, oshqozon, 12 barmoq ichak  yarasi kabi xastaliklar sababchi bo‘ladi.

Tanada ruh, mis, yod kabi foydali moddalar yetishmovchiligi oqibatida

Qalqonsimon bez faoliyati izdan chiqqanda (bunda asosan bo‘qoq kasalligi) boshqa endiokrin kasalliklardan qandli diabet kasalligiga chalinish sababchi bo‘ladi.

Teriga rang beruvchi melanin pigmentining yetishmasligi natijasida.



Oq dog‘lar, odatda 10-35 yosh atrofidagi odamlarda  uchrab turadi. Umuman olganda, kasallikning kelib chiqish sabablari va uni davolanish yo‘llari har bir bemorda turlicha,   faqat  ularni  birlashtiruvchi narsa-terida  oq dog‘larning  paydo bo‘lishi hisoblanadi. Ayrimlarda buqoq, boshqalarda  sariq kasali,  jigardagi lyambiya, yana ba’zilarda esa  ruhiyiztirob oqibatida bo‘lishi mumkin.

Kimdir umr bo‘yi terisidagi 1-2 dona  oq dog‘ga  e’tibor  bermay yashashi, ba’zilarda  esa  qattiq  zo‘riqish yoki  jigar, oshqozon –ichak kasalliklari oqibatida tanada  moddalar almashinuvi buzililib, terisidagi oq dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Kasallikning rivojlanishiga  ekalogik sharoitning o‘zgarishi ham ta’sir qiladi.

Kasallik  odatda  o‘smirlardan  tortib  o‘rta yoshli insonlar  orasida ko‘p kuzatiladi.   Ayollarda  erkaklarga nisbatan vitiligo 2-3 marta ko‘proq uchrashi kuzatilgan. Ko‘p hollarda  bunga ayollarning tug‘ruq hamda klimaks  davrida ro‘y beradigan endokrin o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Hozirgi zamonda tibbiyot vitiligoni davolash borasida katta yutuqlarga erishdi.  Aynan shuning uchun davoni faqat malakali mutaxasis shifokorlar olib borishi kerak.

Vitiligo  belgilari

Kasallik quyidagicha namoyon bo‘ladi: odamning tana terisida har xil ko‘rinishdagi  dog‘lar paydo bo‘ladi. Aslida teri rangi uning tarkibidagi 4 ta pigment holatiga bog‘liq bo‘ladi:  ko‘k dezoksigemoglobin, qizil oksigemoglobin, sariq karotin, jigarrang melanin. Ularning orasida melanin pigmenti muhim rol o‘ynaydi. Turli irqlar (qora, sariq, oq) terisining rangi aynan melaninning teridagi miqdori va tarqalishi bilan belgilanadi.

Vitiligo kasalligida mana shu melanin pigmenti nobud bo‘ladi. Shu sohada oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu yerda dog‘ning qanday paydo bo‘lishi haqida gap ketmoqda.  Agar dog‘lar soch, kiprik  yoki qoshlar tagida  paydo bo‘lsa, ular ham oqaradi. Bunda bemorni na og‘riq, na qichish alomati qiynaydi. Kasallik o‘choqlarida teriga rang beruvchi melanin moddasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham zaralangan teri sohalari oqarib qoladi. Ular ayniqsa, quyosh nuri ta’sirchan bo‘ladilar. Bemorlar oftobning tik nurlaridan saqlanishga majburdirlar.

Negaki, oftob ta’chirida dog‘lar usti qattiq kuyishi mumkin. Hazm a’zolari, jigar sohasidagi noxushliklarni yo‘qotish  payida organizm og‘riqsizlantiruvchi moddalarning sonini oshiradi. Aynan shuning uchun bemorlar shifokorga kasallikning tashqi ko‘rinishlari, ya’ni oq dog‘lar paydo bo‘lgandagina murojaat qiladi. . Stress (ruhiy zo‘riqish), siqilish, qattiq qo‘rquv, depressiya (tushkunlik) noto‘g‘ri ovqatlanish, immunitetning tushib ketishi va turli gijjalarning organizmda yashashi kabi omillar sabab kasallik to‘satdan boshlanib ketishi mumkin. Ayrim hollarda dog‘lar paydo bo‘lishidan oldin qichishib, qipiqlashish kuzatiladi. Oq dog‘lar saratonni keltirib chiqarmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Urinoterapiya — peshob bilan davolash
Kasallik terida  uncha katta bo‘lmagan pushti yoki sutrang nuqtalar payodo bo‘lishi bilan boshlanib, ko‘krak,  yuzda, ko‘z va og‘iz atrofida, bo‘yin , qo‘l va oyoqlarda rivojlanadi. Asta– sekin mayda nuqtachalar kengayib o‘zaro qo‘shilib ketadi. Natijada yirik «rangsiz maydon»ga aylanadi. Bunda xuddi shu yerda teri to‘qimalarini bo‘yovchi pigment melanin ishlab chiqarish organizmda to‘xtaydi. Agar bundan bosh terisi zararlansa sochlar ham o‘z–o‘zidan rangini yo‘qotib oqaradi.  Teri oqarishining go‘yo hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘qday, chunki teri rangining sog‘liqqa ta’siri ahamiyatsizdek tuyiladi. Ammo pesning xavfli tomoni  shundaki , oqargan teri quyoshning nurlariga o‘ta ta’sirchan bo‘lib qoladi. Kuchli ultrabinafsha nurlari esa onkologik kasalliklar kelib chiqish xavfini oshiradi. Bundan tashqari dog‘ni hammaga «namoyish» qilib yurish  odamni hijolatga qoldiradi. Pesning oddiy yoki simmetrik turida dog‘ avvalo qo‘l barmoqlarida, keyin esa bilakda paydo bo‘ladi. Oq dog‘lar avvalo kichik moshdek, keyinchalik bir tiyinlik chaqadek bo‘ladi va sekin–asta kattalashadi.

Oq dog‘larni davolash

Vitiligo, ya’ni oq dog‘lar bedavo kasalliklar sirasiga kirmaydi. Ko‘pchilik bu kasallik haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagani bois uni yuqumli va nasl suruvchi kasallik deb ham hisoblaydi. Shu sababdan ham unga mubtalo bo‘lganlar o‘zlarini jamiyatdan ayridek his etishadi. Hatto bemorlar orasida tengim deb xuddi shunday kasallikka uchraganlar bilan oila quradiganlar ham bor ekan. Bunday bemorlar ruhan siqilganliklari bois ham kasallik ko‘payib boraveradi. Natijada u bedavo degan tushuncha yuzaga keladi. Aslida esa vitiligoni 70-80 foiz holatda davolash, oq dog‘lar ko‘payishini to‘xtatish mumkin.

«Bo‘yoqchi» teri  to‘qimalarining g‘oyib bo‘lishi tanada nimaningdir yuz berayotganidan birinchi darakdir. Melanin turli sabablarga ko‘ra, ya’ni ichki  sekretsiya bezlari almashinuvining yoki hazm qilish tarmog‘ining buzilishida, gohida bosh miya  zararlanishining yoki vaqti–vaqti bilan qon kasalliklarida va gijja kasalliklari tufayli «o‘ladi». B1, B2, B3, B6, B12, B15, temir, kobalt, mis, rux kabi mikroelementlar mavjud. Ana shu vitaminlar va mikroelementlarning birontasi bemor qonida yoki hujayralarida yetishmay qolsa ham terining normal rangi buziladi va u oqarib ketadi.

Kasallikning g‘alati tomoni shundaki,  dog‘lar yillar davomida paydo bo‘lib, so‘ng o‘zidan o‘zi doktor yoki tabib aralashuvlarisiz yo‘qolib ketadi. Biroq siz beparvo bo‘lmang, chunki pes kasalligi limfoma( limfa tugunlari o‘smasi) qon raki va  shu kabi daxshatli kasalliklarni aniqlashga sabab bo‘ladi. Shuning uchun albatta mutaxassisi shifokorga murojaat etish kerak. Pes kasalligi  bilan og‘rigan kishi birinchi navbatda tibbiyot xodimlari yordamida oq dog‘larni keltirib chiqaruvchi kasalliklar sabablarini aniqlash zarur. Teridagi oq dog‘larni tibbiyotda   PUVA – terapiya , ya’ni terini aniqlagan spektr nurlar bilan nurlantirish . Bu usul ancha samaralidir. Biroq unga qarshi ko‘rsatmalar juda ko‘p. PUVA terapiyani 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda va 60 yoshdan oshgan kishilarda, homilador ayollarda, onkologik kasalliklarda, buyrak , yurak va jigar kasalliklarida ishlatib bo‘lmaydi.

Davolanishning yana bir turi LAZЕRO – terapiya, ya’ni lazer nurlari bilan davolanish. Unga qarshi hech qanday ko‘rsatma yo‘q. Biroq uni davolanishdan ko‘ra samarasi kamroq. «Oqarishga»qarshi yaxshiroq ta’sir ko‘rsatuvchi vositalardan yana biri «melaginin» bo‘lib , Kubalik tibbiyotchilar buni 25 yil davomida ishlab chiqarganlar. Kasallik harqanday yoshda, asosan yoshi katta odamlarda, shuningdek bolalar o‘rtasida uchraydi. Yosh bolalarni kasallikka chalinmasligi uchun shirinliklar o‘rniga har xil sharbatlar, mevalar, sabzavot sharbatlari berib borishlari kerak. Pomidor, uzum, olma, anor, sabzi suvini shifokor  bilan maslahatlashib so‘ngra bolalarga bergan ma’qul. Ko‘pchilik tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa 7 – 8 – 10 – 12 yoshli bolalarda gijja kasalligi juda ko‘p uchraydi. Gijjasi borlarni gijjasi tushirilsa kasallik o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishi mumkin. Har yili bir marotaba bolalarni gijjaga qarshi tekshirib turish lozim. Ko‘pgina ota-onalar turmush tashvishlari bilan bo‘lib befarq qarashadi.

Bolalar angina, tumov, bronxit, zotiljam kasalliklari bilan tez – tez og‘rib turadilar. Bunday kasalliklarni o‘z vaqtida davolamasa, bola organizmi zaiflashib, har xil kasalliklarga chalinadigan bo‘lib qoladi. Natijada bola organizmi o‘z – o‘zini zaharlaydi. Ayniqsa angina, tish, me’da – ichak kasalliklari bunga misoldir.
Stress  va ruhiy  zo‘riqishdan  saqlaning!

Terida oq dog‘larning  paydo bo‘lishiga  insonning ichki kechinmalari ham sababchi bo‘ladi. Bundan ayniqsa, homilador ayollar  saqlanishilari lozim. Negaki, ruhiy  iztirob holati homilaning  kislarod va boshqa ozuqamoddalar bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi, homilaning shikaslanishi, bunga qo‘shimcha ravishda ona organizmida ro‘y berayotgan endokrin oshqozon-ichak kaslliklarining rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Bordi-yu, oilada vitiligo kasalligiga chalingan yaqin qarindoshlar bo‘lsa, bu xavf yanada ortishi mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bosh terisi giperkeratozi yoxud nega sochni qazg‘oq bosadi?
Shifokorlarning ta’kidlashicha, stress  paytida organizmdagi hujayralarning oziqlanishi buzilar  ekan. Bu hujayralar esa terin himoyalovchi pigment (rang) hosil qilishda bevosita qatnashadi. Ya’niasabiylashish oqibatida teriga rang beruvchi hujayralar nobud bo‘lishi mumkin.

Bemordagi kayfiyat buzilishi, arzimas narsalarga xafa bo‘lish yoki jahl chiqishi, depressiya holatlarini yengish uchun tinchlantiruvchi ta’sirga ega giyohlar qabul qilish, asab tizimini mustahkamlash uchun chiniqish, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish tavsiya etiladi.

Vitiligoga chalinganlar uchun maxsus parhez ishlab chiqilmagan. Bemorlar uchun jigari, baliq, banan, yeryong‘oq, bodom, loviya, qo‘ng‘ir guruch, grechka, xurmo juda foydali hisoblanadi. Bu mahsulotlar teri pigmentatsiyasini yaxshilovchi tirozin va triptofan moddalariga juda boy. Bundan tashqari, qizil va sabzi rang sabzavot va mevalar, sut-qatiq mahsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Xasta kishilar qovurilgan, yog‘li, achchiq, dudlangan yeguliklar, gazlangan, ayniqsa, spirtli ichimliklar, tamaki chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan qat’iy voz kechishi kerak bo‘ladi. Vitiligoda xalq tabobati usullari yordam bermaydi. Dog‘larni kesish, kuydirish mumkin emas. Shu kungacha vitiligoning organizmning boshqa a’zolariga ta’sir qilishiga doir ko‘plab tekshiruvlar o‘tkazdik. Kasallik kechayotgan paytda ichki a’zolarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, lekin ularning aynan shu kasallikka bog‘liq ekani isbotlanmagan.

Oq dog‘lar tushgan bolalar рar xil mevalarni ko‘proй iste’mol qilishlari kerak.  Shuningdek oshko‘klardan kashnich, ukrop, sarimsoqpiyoz, qizil sabzi, karam tanovul qilishlari lozim. Pes bilan og‘rigan bemorlar taomnomasiga deyarli organizmda pigmentli o‘zgarishlarni kuchaytiruvchi maрsulotlar berish kerak. Ko‘proq sabzi, anjir, yong‘oq, o‘rik, selderiy yeb turing. Barcha taomlaringizga ukrop, petrushkani ko‘proq solib iste’molqiling.

Oq dog‘lar kasalligini yengillashtiruvchi bir necha fitovositalar mavjuddir. Ulardan biri teri to‘qimalariga ta’sir etib, melanin miqdorini oshiradi. Ba’zilarga esa ajoyib kosmetik ta’sir ko‘rsatadi. Melanin tiklanishini yaxshilovchi dorivor o‘t damlamalarga quyidagilar kiradi:

Tozalab yuvilgan va maydalangan bir osh qoshiq baqato‘n ustiga  bir stakan aroq quying, 3 – 4 kun tindirib, so‘ng suzgichdan o‘tkazing. 15 – 20 tomchi tindirmani ikki osh  qoshiqdan suv  bilan aralashtirib bir kunda 3 maрфl ovqatdan keyin iching. Davolash muddati 3 – 4 oy.

1 osh qoshiq  dalachoy barglari va gullariga bir stakan qaynagan suv quyib, 30 daqiqa damlang. Dokadan o‘tkazib har kuni bir osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan so‘ng iching. Uch haftadan so‘ng bir hafta dam oling va  muolajani qaytaring. Davolash muddati 4–5 oy.

Diqqat! agar qon bosimingiz bo‘lsa, dalachoy qaynatmasini ichish qat’iyan man qilinadi.

Ikki qismdan tog‘rayxon, qashqarbeda,dorixona moychechagi gullari , uch qismdan gazako‘t, zubturum barglari va kalendula gullari, to‘rt qismdan movrak barglari, itikanak ( koar qiz ) o‘ti, besh qismdan baktun hamda olti qismdan dalachoy o‘tidan olib aralashtirib, yig‘indidan bir osh qoshiqdan olib termosga solib, ustidan yarim stakan qaynagan suv quyib, 2 soat tindirib suziladi va tayyor damlamani bir kunda 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin 0,5 stakandan iching. Davolash muddati ikki oy.

Bitta limon sharbatini tuxum oqi, yarim oshqoshiq  shakar va yarim stakan suv bilan aralashtiring. Tayyor bo‘lgan aralashmani paxta bilan toza oq teriga surting va 20–30 daqiqadan so‘ng iliq suvda ho‘llangan paxta bilan artib tozalang yoki bir qism dalachoy gullarini ikki qism barglari bilan 4 qism zaytun moyi va bir qism kungaboqar moyi bilan aralashtirib mahsulotni salqin va qorong‘u joyga qo‘ying, keyin uni dokadan suzib o‘tkazib hosil bo‘lgan bo‘tkani  oq dog‘lar ustiga 15–20 daqiqa davomida qo‘ying. Muolajani 7–10 kun davomida har kuni 2–3 martadan takrorlang.

Qirg‘ichdan chiqarilgan xren (yerqalampir) ustiga qaynatib sovutilgan xona haroratidagi suvni 1:10 barobar qo‘ying va tayyor bo‘lgan maxsulot bilan zararlangan joyni arting yoki rivoj mavsumida uning ildizidan siqib olingan yangi sharbatinio‘zingiz yoqtirgan oziqlantiruvchi krem bilan aralashtirib oqargan joyga surting. Shuningdek, qulupnay yoki yertut mevalarini ham shunday krem qilib surkasa bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Xurmoning salomatlik uchun qanday foydali jihatlari bor?
Vengriya tabiblari oq dog‘larni tuxum po‘chogi bilan davolaganlar. Bu usul ancha samarali. Hozirgina jo‘ja yorib chiqqan 10 ta tuxum po‘chog‘ini oling. ( boshqa tuxum po‘chog‘i yaramaydi. ) Yaxshilab yuving, so‘ng quriting. Uni qahva maydalagichda yoki kelichada yaxshilab tuying (maydalang) so‘ngra ustidan bir stakan sovuq suv quyib, 3 daqiqa davomida qaynatiladi. So‘ng sovutib suvini to‘king, lekin qoldiqni siqmang.  Hosil bo‘lgan bo‘tkani oq dog‘ga qo‘yib o‘zi qurib teridan ajralib chiqquncha kuting.

Foydali maslahatlar

Maqolamizning  nomini “Oq dog‘lar davosi”, deb bejizga nomlamadik. Gap  shundaki,  davolanishni istagan bemor qat’iyatli bo‘lishi,  shifokor tavsiyalariga quloq tutishi muhim. Davolanish ,bir necha oydan  3-5 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Ba’zi bemorlar davolanishning  birinchi yiliyoq taslim  bo‘lishadi, bu esa  dog‘larning ko‘payib ketishiga  olib kelishi mumkin. Shuning uchun  ruhiyatni tushirmay, davolanishni oxiriga  yetkazish lozim. Davolanishda ayniqsa parhezga  rioya  etish muhim o‘rin  tutadi.Parhezning  asosiy  talabi yog‘li,  qovirilgan, achchiq, dudlangan taomlar, kalbasa, sosiska, fastfud mahsulotlari bo‘lgan  (chips, kiriyeshka, gambur va h.k.), gazli, spirtli ichimliklar, muzqaymaq, konservalar, pomidor, baqlajon kabi oziq-ovqat mahsulotlarini  iste’mol qilmaslik lozim.

Achinarlisi shundaki, oq dog‘i bor  ayrim  bemorlar tanishlarining so‘ziga kirib, o‘zboshimchalik bilan  pala-partish davolanadilar, bunday qilish salbiy oqibatlarga olib borishi mumkin.

Vitiligo bilan og‘rigan bemor spirtli ichimliklardan saqlanishi, parhez qilish kerak. Qovirilgan ovqatlar, sut, tuxum, kabob, sho‘r narsalar, achchiq taomlar mumkin emas.
Oftobda uzoq vaqt bo‘lish, toblanish lozim.

Oq dog‘larning rangini vaqtinchalik bilintirmaslik maqsadida kaliy permanganat eritmasi (margansovka) yoki qo‘ng‘ir rangli suyuq upa (tonal krem) surtish tavsiya etiladi.

O‘rallik shomonlar esa pes kasalligini 7 kun davomida mis idishda saqlangan suv  bilan davolashgan. Mis suvni har kuni nahorda och qoringa 1 stakandan va shu bilan 1 sutkada zararlangan joylarni yuvish tavsiya etiladi.  Agar siz bu usuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval mis idishni yaxshilab nashatir spirt bilan artib, so‘ng oqar suvda chayishni unutmang yoki anjir pishgan paytda anjir bargini tomiriga qo‘shib para–para qilinadi va 3–4 soat qaynatiladi, so‘ngra suzib sharbati olinadi. Kuniga oq joylarga surtiladi. Jarohat qizdirib shishsa foyda. Shish qaytguncha dorilashni to‘xtatib turasiz. Yoki  pishmagan xom yong‘oqdan 6 donasi yanchilib, 200 gr anjir bargi bilan 2 soat davomida qaynatiladi. So‘ngra uni suzib olib oqargan joyga surtiladi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, anjir tomirining talqonidan 600 gr va moychechak guli talqonidan 150 gr olib aralashtirib, 1 mahal saharda 3 qoshiqdan doimiy ravishda yeb turilsa, foyda qiladi. Agarda uyingizda devpechak o‘ti bo‘lsa, undan 3 mahal och holda tuzalguncha choy ichib turilsa, foyda qiladi. Yoki lola urug‘idan 30–35 kun davomida uzluksiz yeb turilsa oq dog‘larga shifo bo‘ladi.

Tarixdan ma’lumki, ota–bobolarimiz qora o‘rdak, sichqon va kargk qonidan aralashtirib, badanga oqargan joylarga surtishgan, yoki lavlagi bargini badanning oq joylariga bog‘lashgan. Uy sharoitingizda sarimsoq piyozni kuydirib, kulini asalga qorib xamir tayyorlab, badanning oq joylariga surtilsa shifo bo‘ladi. Yoki karam bargini oq dog‘lariga bog‘lagan va uni iste’mol qilib turgan bemor tezroq shifo topgan. Pes bilan og‘rigan kishi hammadan o‘zini olib qochadigan odamovi bo‘lib qoladi. U tanadagi oq dog‘lardan uyalib qayg‘uradi va bundan uning ahvoli faqat yomonlashadi. Bemorlarni parhezli davolash davomida spirtli ichimliklardan saqlanishi, parhez qilishi, issiqlik taomlarni yemasligi shart. Non, tuz shirinliklar, saryog‘, qatiq, sut, qo‘y go‘shti, qoramol go‘shti, qaymoq va boshqa go‘shtlarni to‘liq tuzalgunlaricha yemasliklari shart,  arpa unidan non, sigir, qo‘y, echki sutlaridan tayyorlangan ayronni 2 oy 3 mahal 100 gr dan ichib yurishlari lozim.

Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa ko‘payib ketib, butun tanani egallashi mumkin. Zararlangan joylar og‘rimaydi. Pes kasalligi har qanday yoshda kelib chiqishi mumkin. Hatto, bolalarda ham uchraydi. Bo‘lajak onaning homiladorlik paytida vitaminlar yetishmasa, endokrin o‘zgarishlar ro‘y bersa, xastalik kelib chiqishi mumkin. Homilador onadan bolaga kasallik o‘tish-o‘tmasligi ham ma’lum emas. Erkak va ayollarda vitiligo bir xilda uchraydi.

©Abduqodir Sattorov, professor.

«Malham”   tabobati markazi rahbari.