Erkakshoda deganda xalqimiz ayolning faqat feʼl jixatidan oʼzini erkakka oʼxshab tutishini tushunishadi. Bu maqolada “erkakshoda” degan soʼzimizni feʼlga (oʼzini tutishga) aloqasi yoʼq.
Erkaklarda ikki jinsga tegishli gormon boʼladi, yaʼni xam erkaklik xam ayollik gormonlari. Аyollarda xam xuddi shunday ikki xil, xam ayollik xam erkaklik gormonlari mavjud boʼladi. Аyollardagi erkaklik gormoni meʼyorda boʼlgan vaqtida juda koʼp foydali taʼsirlari boʼladi. Uning yetishmovchiligi xatto bepushtlikka xam olib kelishi mumkin. Biz bugungi maqolada ayollardagi erkaklik gormonini oshib ketishini koʼrib chiqamiz.
Tibbiyotda bu xolatni virilizatsiya yoki adrenogenital sindrom deb atalinadi. Bugungi maqolada virilizatsiya degan atamani ishlatamiz.
Virilizatsiya – ayollarda buyrak usti bezi erkaklik gormonlarini koʼp miqdorda ishlab chiqargani xisobiga ularda kuchli erkaklik belgilarini rivojlanishidir.
Qisqacha mazmuni:
Virilizatsiya buyrak usti bezi oʼsmasi xisobiga androgen (erkaklik gormoni) larni koʼp ishlab chiqarilishi yoki tuxumdonlar faoliyati buzilishiga bogʼliq boʼladi.
Quyidagi belgilar kiradi: yuzda soqol va moʼylov oʼsadi, soch toʼkilishni boshlaydi, tananing boshqa joylarida tuklar oʼsishni boshlaydi, terida xusnbuzar (boʼjama) chiqadi, ovoz tembri pasayadi (erkaklardagi kabi), mushaklar kattalashadi, jinsiy qoʼzgʼaluvchanlik oshib ketadi.
Diagnoz qoʼyish uchun bemordagi tashqi oʼzgarishlar yetarli boʼladi, ammo sababini aniqlash uchun qator tekshiruvlar oʼtkaziladi.
Buyrak usti bezidagi oʼsmani operatsiya qilib olib tashlaniladi, baʼzan erkaklik gormonini dorilar taʼsirida kamaytirish xam mumkin.
Virilizatsiya sabablari
Sabablarini ikki katta guruxga boʼlishimiz mumkin:
Buyrak usti bezidagi oʼzgarishlar:
Buyrak usti bezi poʼstloq qismini giperplaziya boʼlishi xisobiga androgenlarni koʼp ishlab chiqarish. Bu eng koʼp uchraydigan sababidir.
Buyrak usti bezidagi gormon ishlab chiqaruvchi oʼsma. Oʼsma yaxshi sifatli adenoma yoki rak boʼlishi mumkin.
Buyrak usti bezidagi ferment ishlab chiqarish patologiyasi. Bu xolat oʼsmirlik yoki bolalik davrda aniqlanadi.
Buyrak usti bezidan tashqaridagi oʼzgarishlar:
Buyrak usti bezidan tashqaridagi androgen ishlab chiqaruvchi oʼsma. Bu koʼproq tuxumdonlar oʼsmasida kuzatiladi. Lekin odatda ogʼir oʼtmaydi. Yosh katta boʼlib qolgan vaqtda koʼproq kuzatiladi.
Koʼp miqdorda androgen tabletkalarini yoki mushak massani koʼpaytirish uchun anabolik steroidlar qabul qilish.
Virilizatsiya diagnostikasi
Bemordagi oʼzgarishlar kasallikka diagnoz qoʼyishga yetarli boʼladi. Аmmo kasallik sababini aniqlash uchun bir qator tekshiruvlar zarur boʼladi.
Qondagi gormonlar miqdorini aniqlash. Deksametazon testi xam bor. Аgar buyrak usti bezi giperplaziya boʼlgan boʼlsa, deksametazondan keyin androgen miqdori kamayadi. Аgar adenoma yoki rak boʼlsa, bir oz kamayadi yoki umuman kamaymaydi.
UTT, KT yoki MRT qilinadi.
Virilizatsiyani davolash
Аgar giperplaziya boʼlsa glyukokortikoidlar foyda beradi.