Tutqanoq haqida

⚡️Tutqanoq


– to‘satdan va o‘tkir boshlanuvchi mushaklar spazmi, bosh miya elektrik aktivligi natijasida kelib chiqqan. Susaygan spazmlarda huruj belgilari minimal, og‘ir hollarda xush yo‘qotishga olib keladi. Tutqanoqlar bir necha sekunddan 2 minut va undan ko‘pga cho‘zilishi mumkin. Agar xush yo‘qotilgan bo‘lsa, unda epileptik status deb nomlanadi. Mushak qisqarishiga qarab: Klonik Tonik Toniko-klonik bo‘lishi mumkin.


◾️SABABLARI:


Bosh miya yetilmaganligi Nerv tolalari chala miyelinizatsiyasi Tormoz mexanizmlar sustligi Miya to‘qimasi gidrofilligi ortishi Toksikoz, homiladorlikda infeksiyalar Og‘ir kechgan tug‘ruqlar Homila moddalar almashinuvi buzilishi Tug‘ruq paytida asfiksiya, gipoksiya Katta yoshda esa Bosh miya jaroxati Epilepsiya Neyroinfeksiya


◾️BЕLGILARI:


Ko‘z oldi keskin xiralashuvi Tana a’zolari titrashi Oyoq-qo‘llarda uvishish Ko‘ngil aynish Bosh aylanish Tana qismlarini uvishishi So‘lak oqishi To‘satdan xush yo‘qotish


◾️DIAGNOSTIKA:


Bosh miya MRT yoki KTsi Elektoyensefalogramma Lyumbar punksiya Rentgenologik tekshiruv Qon tahlili


◾️DAVOLASH:


Medikamentoz (antiyepileptik vositalar) Mahalliy massaj Ish va dam olish tartibini saqlash


◾️ASORATLAR:


Epileptik status


◾️PROFILAKTIKA:


Tutqanog‘i bor bemor maxsus birka taqishi kerak, bolalarda harorat ko‘tarilganda uni tushirish lozim.