Varikoz qanday kasallik?

❓Varikoz qanday kasallik?


Shifokor-valeolog Baxtinisa Azimboyeva:


?Oyoq va qo‘ldagi qon tomirlari anatomik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Shu sababli varikoz qo‘lda emas, oyoqda sodir bo‘ladi. Oyoqdagi vena qon tomiri klapanlar bilan qonni tepaga chiqarishi kerak.


?Arteriyadan qon tushishi osonroq. Lekin vena tomiri orqali qon tepaga chiqishi uchun uning klapanlari bir-biriga yetmay qolsa, klapanlardagi qon shishib, u yuza vena tomirlarida ko‘rinib turadi.


?Klapanlar o‘zaro yopishmasligi yallig‘lanish, qon quyuqlashishi kun davomida tik oyoqda turish oqibatida tomir devorlari shishishi oqibatida vujudga keladi.


?Venadagi qon shishib turishiga kamharakatlik sabab bo‘ladi. Chunki venani harakatga keltiradigan vosita bu bizning mushaklarimizdir.


?Shuningdek, varikozni oldini olish uchun qon quyuqlashib ketmasligiga ahamiyat berish, qonda infeksiyalar bo‘lmasligi kerak. Immunitetni kuchaytirish bularning barini oldini oladi.


@doridarmonlar