❓Qon quyuqlashishiga nimalar sabab bo‘ladi?
Shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva:
?Qon quyuqlashishiga asosiy sabab koronavirus infeksiyasi emas. Kamharakatlilik, noto‘g‘ri ovqatlanish asosiy omildir.
?Inson bir kunda o‘rtacha 30 ml. suv (har 1 kg uchun ) iste’mol qilishi kerak. Qaynatilmagan, minerallarga boy, ishqoriy muhitga ega bo‘lgan, sirt tarangligi yupqa bo‘lgan suvgina qonni ishqoriy muhitga aylantirib beroladi.
?Ishqoriy muhitga ega bo‘lmagan qonning kislota muhiti oshib ketadi va natijada, qon quyuqlashadi.
?Suv o‘rniga boshqa turdagi suyuqliklar ichilsa, tanadagi kislota muhiti oshirilgani uchun qonda eritrotsitlar zaryadlari (+) oshib ketadi va ularning bir-biriga yopishqoqligi oshib ketadi.
?Jigarda qon quyuqlashib ketishi oldini oladigan faktorlar bor. Jigar yaxshi ishlamasa, qon quyuqlashadi.
?Yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilamiz. Ovqat tarkibidagi yog‘ tanaga kirgach, parchalanmasa, qonga o‘tib ketadi va lipidlar yetishmovchiligiga olib keladi, eritrotsitlarning qobig‘idagi membranalar yopishqoqligini kuchaytirib yuboradi. Bu ham qonni quyuqlashtiradi.
?Ayni vaqtda ko‘pchilik qoni quyuqlashganidan shikoyat qilyapti. Yuqoridagi keltirilgan omillarni bartaraf etish kerak va shundan keyingina organizm o‘zi qonni normallashtiradi.