ANGINA kasalligi haqida nimalarni bilasiz ?

⚡️ANGINA

(o’tkir tonzillit ) – infeksion kasallik, og’iz bo’shlig’idagi bezlarning yallig’lanishi. Bir necha turlari bor: — Kataral angina (bodomcha bezlarning yuzaki sohasining yallig’lanishi); — Follikulyar angina (bodom bezlarining shishi va qizarishi, dumaloq sarg’ish o’choqlar bilan); — Lakunar angina (follikulyar angina og’ir turi); — Flegmonoz angina (kam uchraydi, bir bezcha yallig’lanishi); — Yarali-pilakchali angina (yaralar hosil bo’lishi, kulrang karash bilan qoplanishi).

◾️SABABLARI:

— Virusning havo-tomchi yo’l bilan yuqishi; — Streptokokk bilan zararlangan mahsulotlar iste’moli; — Kuchli sovuqda qolish; — Mikroblar ko’payishi.

◾️BELGILARI:

— Bezlar kattalashishi; — Bodomcha bezlar karash bilan qoplanishi; — Tomoqda kuchayadigan o’griq; — Limfa tugunlar kattalashishi; — Umumiy holsizlik; — Bo’g’imlar og’rishi; — Bolalarda quloqda og’riq va so’lak oqishi.

◾️DIAGNOSTIKA:

LOR shifokor tomonidan umumiy ko’rik va limfa tugunlar palpatsiyasi.

◾️DAVOLASH:

— Dori moddalarni qabul qilish (antibiotiklar); — Tomoqni damlamalar, furatsillin, ichimlik sodasi bilan chayish; — Jag’ osti sohasiga spirtli kompress.

◾️ASORATLARI:

— Surunkali tonzillit; — Glomerulonefrit; — Meningit; — Revmatizm; — Qon zararlanishi.

◾️PROFILAKTIKA:

— Tomoqni iliq suvda chayish (ba’zida furatsillin, rivanol eritmalari bilan); — Sovuq ichimliklarni cheklash; — Muzqaymoq yemaslik; — Sovuqda qolmaslik; — Bo’yin va ja’g osti limfa tugunlarni massaj qilish (muzdek ichimlik ichgandan so’ng yoki sovuq havoga chiqishdan oldin).

?ANGINANING BELGILARI ?

1 — Belgi

Xarorat ko’tarilishi ?

2 — Belgi

Odam sirqovlanib qoladi, mazasi qochadi

3 — Belgi

Boshi og’riydi.

4 — Belgi

Bog’im va mushaklar og’riydi.

 ?KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA

1 — Belgi

Ovqatdan bosh tortish

2 — Belgi

Og’izdan so’lak oqishi

3 — Belgi

Tishlarining qorishib qolishi

Anginaning eng yomon asoratlari

?DASTLABKI KO’RINISHLARI

?

? Xalqum yiringlaydi

?Yuqumli kasalik bosh chanog’i bo’shlig’iga tarqalib,miya qobig’i yallig’lanishi rivojlanadi (Meningit).

? Sepsis bo’ladi ( Qon zaharlanadi )

? KEYINGI HOLATDAGI ( 2-3 haftadan keyin) ?

? Surunkali tanzillit

? Bod

? Glomerulanefrit

? Miokard kasalliklari kelib chiqadi