Teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo’lgan Doktor Xaus haqida suratga olingan “Xaus” seriali ijodkorlari tomonidan yaratilgan (Xoroshiy doktor / The Good Doctor) “G’aroyib doktor” teleseriali jahon kino auditoriyasida katta qiziqish uyg’otdi.
Ushbu serial global qidiruv tarmoqlarida 98% ovoz bilan eng ko’p qidiruvga berilgan bo’lib, autizm kasalligiga chalingan g’ayritabiiy iqtidorga ega Shon Myorfi haqida hikoya qiladi. Shon Myorfining bolaligi og’ir o’tishga qaramasdan u o’zidagi noyob qobiliyatni yuzaga chiqara oldi. Unda autizmdan tashqari savanta sindromi ham bo’lib, bu holat unga qarshi nufuzli shifokorlarning noroziligiga sabab bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan u o’ta kuchli xotirasi va iste`dodi bilan meditsina sohasida kutilmagan muvafaqqiyatlarga erishadi.
Yosh bo’lishiga qaramasdan San-Xose shahridagi mashhur San-Bonaventura kasalxonasining jarrohlik bo’limiga ishga olinadi. Bu yosh jarrohga hamkasblari o’zlarining an`anaviy bilim va tajribalari bilan qarshi bo’lsalar-da Shon o’zining noan`anaviy usullari bilan barchani lol qoldiradi.
Serial ijodkorlariga to’xtaladigan bo’lsak, ssenariy muallifi- Devid Shor, rejissyorlar- Mayk Listo, Set Gordon, Larri Teng va Maykl Patrik, rollarni- Freddi Xaymor, Antoniya Tomas, Nikolas Gonsales, Chuku Modu, Bo Garret, Xill Xarper va boshqalar ijro etishgan.
Serialning bosh qahramoni Shon Myorfi rolida Freddi Xaymor suratga tushgan.