Hikmatli so’zlar

Hikmatli so’zlar
Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.

ARISTOFAN

Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.

FALES

Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.

U. OLJER

O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.

QOBUS

Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.

F. LAROSHFUKO


O’zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishini eplashga qaraganda ancha osondir.

F. LAROSHFUKO

Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.

G. LIXTENBERG

Nasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.

B. SHOU

Maslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.

F. BEKON

Quruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.

A. I. GERTSEN

Barchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.

D.I.PISAREV

Yoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.

SOLON

Osonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.

L. VOVENARG

Yaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.

B. JONSON

O’z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.

 LEONARDO da VINCHI

Birortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.

SUQROT

Yaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.

T. FULLER

Dushmandan ham o‘rganish mumkin.

M. MONTEN

Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.

ARISTOFAN

G’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.

SA’DIY

Yaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.

I. GYOTE

O’zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.

DEMOKRIT


Odamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.

R. ROLLAN

Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.

SA’DIY

Ahmoq bilan munozara qilish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.

P. BUAST

Sen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.

Sh. MONTESKYE

Maslahatga    kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.

B.FRANKLIN

Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.

DEMOKRIT

Shunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlamaguningcha eshitishni istashmaydi.

G. LIXTENBERG

Tentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.

I. MYULLER

So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.

SUQROT

Nodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,

Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.

SA’DIY

Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soladi.

I. GYOTE

Birovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.

F. LAROSHFUKO

Maslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.

F. LAROSHFUKO

Ahmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.

G. LESSING

Abulqosim Firdavsiy hikmatlari



Hikmatlar xazinasi kitobidan
Yomonlikni aslo aylama odat,

Ozga qanoat qil, ochlikka toqat.


Baland saroy qurib qilgandan obod,

Yaxshidir bir g’arib dilin qilsang shod

          

Kimki to’g’rilikni o’ylamas dildan,

Nafratga sazovor ul kishi chindan.


Xudo ne’matlarin oliysi idrok,

Aqlni vasf ctar, kimki dili pok.


Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod,

Har ikki olamda aqlli obod.


Agar aqli xira bo’lsa har inson,

Shodlikka erisha olmas bir zamon.


Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,

Dilin o’rtar uning qilgan har ishi.


Aql ulug’likka etadi payvand,

Aqlsizning doim oyog’ida band.


Aql dil ko’zi-ku, fahmiga yetsang,

Yaxshimas jahondan ko’r o’tib ketsang.


Hamisha aqlingni rahnamo etgil,

Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.


Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shunda bilursankim, ilm bepoyon.


Jahonda hech ish yo’q bo’lmasin tadbir.


Yovni kichik bilib, kutma omonlik,

Kuning bitar, taqdir qilsa yomonlik.


Jahonni bermaylik, keling, yomonga,

Barchani boshlaylik yaxshi tomonga.


Yaxshi ham, yomon ham qolmas poydor,

Yaxshisi «yaxshilik qolsin yodgor».


Har qachon yangi yo’l tanlarkan kishi,

Ta’na-malomatlar eshitmoq ishi.


Jahonda qoldirsak agar yaxshi nom,

Bizdan so’ng faqat shul etadir davom.


Yomonlikni kimki qilibdur odat,

Bu dunyoda nomi o’char oqibat.


Nima eksang o’sha tushar o’roqqa,

Nima desang shu so’z inar quloqqa.


Olamda dard yo’qki, bo’lmasin darmon.


Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat,

Nechun g’aflat bo’lmish bizlarga qismat.


Taqdir yomonliqni ko’rganda ravo,

Saboq ol, undan ham yog’ilsin ziyo.

Shoislom Shomuhamedov tarjimasi