Tajribakorlik va kaltabinlik haqida maqollar

Avval iqtisod, keyin siyosat.


Avval kuzat, keyin tuzat.


Ayoz, o’tgan kuningni unutma,

Xom chorig’ingni quritma.


Ayron — achchiq, sut — chuchuk.


Aytmasa, kim bilar,

Ochmasa, kim ko’rar.


Ayg’ir qochsa, uyurdan top,

Biya qochsa — beshadan.


Ariq loyqalanmay tinmas.


Arig’ingni novday qil,

Xirmoningni tovday qil.


Arpa qiltiqsiz bo’lmas,

Navkar — miltiqsiz.


Arpaning kesagi bor.


Arqog’ini ko’rib bo’zini ol,

Onasini ko’rib — qizini.


Achchiq bilan chuchukni totgan bilar,

Uzoq bilan yaqinni — yurgan.


Baqqolning burni — shayin,

Ko’zi — palla.


Bilgandan ham o’tar, bilmagandan ham.


Bilib solsang qushingni,

Har solganda g’oz olar.


Chuya bilmasang qushingni,

Shunqor bo’lsa ham oz olar.


Bilmaganga bit o’ldirish qiyin.


Bir aylantirganni chir aylantir,

Chir aylantirganni ming aylantir.


Bir kerak bo’lgan narsa

Ikki ham kerak bo’lar.


Bir sinalgan tajriba

Yetti kitobdan afzal.


Birovning yerini pishirma,

Ho’kizning bo’ynini shishirma.


Bolam sevsin desang, bolasini sev.


Bosh toshga tegsa,

Aql boshga kelar.


Boshidan o’tmaganning qoshidan o’tma.


Buzoqning turqi tuqqaniga ma’lum.


Buzoqning yugurgani — somonxonagacha.


Butamasang, meva oz,

Butasang yeysan qish-u yoz.


Bo’yoqchining bo’yoqchiligi qo’lidan ma’lum.


Bo’ri bor bo’lsin desang,

Qo’y but bo’lmas.


Gapiiganning adashmog’i,

Yurganning qoqilmog’i bor.


Gapning onasi — quloq,

Suvning onasi — buloq.


Go’sht olishni bilmayman,

Yog’-yog’idan kesib ber.


Dard ko’rgan — tabib.


Dard ko’rmagan avliyoga sig’inmas.


Dard tortmagan dard bilmas.


Daryo bo’yida quduq qazima.


Daryo suvi oqa-oqa tozarar.


Devonaga el ber,

Qo’liga katta bel ber.


Doshqozonning oshi xom bo’lmas.


Do’sting kimligini ayt,

Sening kimligingni aytaman.


Yeganni ham ko’r, yedirganni ham.


Yer tuzi eldan,

Suv xatari yildan.


Yetilmagan xamir tandirda turmas.


Yovga borsang, baring bor,

Ovga borsang, hiring bor.


Yovni kichik ko’rsang, boshing ketar.


Yoz yopinchig’ingni qo’yma,

Qishda o’zing bilasan.


Yoz kelishini laylak bilar,

Qish kelganin — olaqarg’a.


Yoz ketar, qish kelar,

Shoshmay turing, ish kelar.


Yozga yetsang, qish kuningni unutma.


Yozligingni unutsang ham, qishligingni unutma.


Yosh yigitning ko’zi bilan qiz olma.


Yog’och kessang, uzun kes, kessa bo’lar,

Temir kessang, qisqa kes, cho’zsa bo’lar.


Jinnini jinni desang,

Arpa bo’yi o’sar.


Joydan joyning farqi bor,

O’n ikki xil narxi bor.


Jo’jani sanab bil,

Kuchni — sinab.


Zamon seni o’qitar,

Tayoq bilan so’qitar.


Sabog’ingni bilmasang,

Do’konda bo’z to’qitar.


Zardoli ye-da, suv ich,

Zirillamasang, menga kel.


Zarhal ko’rinar soxta,

Rosa bilib, so’ng maqta.


Ikki xo’roz xirmon sochar,

O’z ketini o’zi ochar.


Yigit ko’pni ko’rsa, odam bo’lar,

Qa’da-qoyimni bilmasa — nodon.


Yo’l — kattadan, ergashish — kichikdan.


Yo’ldan adashsang, shamolga ergash.


Yo’lni bilgan qoqilmas.


Kal o’zini ovutar,

Qo’ltig’ini sovutar.


Kelbati kelishmagandan kengash so’rama.


Kelmaganning ketidan borma.


Kengasharing bo’lmasa,

Bo’rking bilan kengash.


Kengashganga — keng dunyo,

Talashganga — tor dunyo.


Kiyik quvgan quyonni payqamas.


Kim tabib, boshidan o’tgan tabib.


Kiradigan eshigingni qattiq yopma.


Kishi yanglishib qo’lga tushar,

Qush yanglishib — to’rga.


Kosa, kosaning tagida nimkosa.


Kuzda yig’sang, qishda yeysan.


Ko’p bilganga ergashma,

Ko’p ko’rganga ergash.


Ko’p ko’rgan ko’p bilar.


Ko’p yuguigan bir qoqilar,

Ko’p kulgan bir yig’lar.


Ko’p yurgandan so’rama,

Ko’p ko’rgandan so’ra.


Ko’p yashagan bilmas,

Ko’p ko’rgan bilar.


Ko’p yashaguncha, ko’p bil.


Ko’r o’r bo’lar.


Ko’r qo’yganini sog’ topmas.


Ko’ra-ko’ra ko’z pishar,

Qila-qila qo’l pishar.


Ko’rib yurganning ko’zi — tarozi.


Ko’rmagan yerda olato’g’anoq ham adashar.


Ko’rmaganning ko’chasi ko’p.


Ko’rning ko’zi barmog’ining uchida.


Laylakning ketishiga emas, kelishiga boq.


Men kirmagan eshik yo’q,

Men tegmagan qoshiq yo’q.


Moy xumchasi tashidan ma’lum.

Moysiz arava o’q yer.


Mol egasiz bo’lmas,

Qo’y oqsoqsiz bo’lmas.


Molni boqsang, qo’shib boq,

Yemni yemga qo’shib boq.


Molni qishda qumga hayda,

Yozda chimga hayda.


Mulla bobdan o’tmas,

Eshak — yopdan.


Musofir bo’lmay, musulmon bo’lmas.


Musofir itning dumi qisiq.


Nojo’ya o’yin — sindirar bo’yin.


Ovul obodligi yo’lidan ma’lum.


Odamning aftiga qara,

Havoning — taftiga.


Oyoq yerga tegmasa — ulov,

Tish tishga tegmasa — ovqat.


Oz so’zlagan boz so’zlar,

Boz so’zlagan soz so’zlar.


Oz ekib, ko’p olganni dehqon derlar,

Ko’p ekib, oz olganni hammol derlar.


Oy minmay, otingni maqtama,

Yil turmay — xotiningni.


Oy tug’ilishidan belgili,

Odam — yurishidan.


Ola tovuq somon sochar,

O’z aybini o’zi ochar.


Ola tozining ovidan ham kech, dovidan ham.


Olam kezsang, odam bo’lasan.


Olding — bitding, sotding — yitding.


Olish o’rgatmas, sotish o’rgatar.


Olmoqning bermog’i bor,

Yemoqning — qusmog’i.


Oltin tuproqdan olinar,

Taryok — ilondan.


Ona kulfatin ona bilar,

Ota kulfatin ota bilar.


Oriq qo’yni orqaga qo’yma.


Ortingni kuzatmay, oldinga ketma.


Ot minsang o’ylab uzoqni,

Bilib yur yo’ldagi tuzoqni.


Ot olma piyodaning maslahati bilan,

Xotin olma bo’ydoqning maslahati bilan.


Ot olsang, minib ol,

Xotin olsang, ko’rib ol.


Ot olsang, oriqdan ol,

Qiz olsang, qallochdan ol.


Ot olsang, otasini surishtir.


Ot olsang, uying bilan kengash,

Ot sotsang — ovuling bilan.


Ot surinib yo’l tank,

Er surinib — el.


Otga boqma, to’nga boq,

Ichidagi jonga boq.


Oting oriq bo’lsa, to’rvadan ko’r.

Och to’ng’izdan, qoch to’ng’iz.


Oshiq o’ynagan ozar,

To’piq o’ynagan to’zar.


Og’izga solgan oshni yuta bilmoq kerak,

Qo’lga kiritgan davlatni tuta bilmoq kerak.


Sabab bilan ziyorat,

Balchiq bilan imorat.


Sabab bilan savat aravaga chiqar.


Sababsiz oyoqqa tikan kirmas.


Sirka so’rashga ham usul kerak.


So’zlay-so’zlay gapchil bo’larsan,

Ishlay-ishlay epchil bo’larsan.


Tikan zahrini tortgan oyog’ini bilib bosar.


Toy qoqilmay yo’l topmas,

Er qoqilmay — do’st.


Toy qoqilib ot bo’lar,

Ot bo’lguncha lat yeyar.


To’rga tushgan baliq qarmoqdan qo’rqmas.


To’qay kezgan ovchi bo’lar,

Ko’p kezgan sinchi bo’lar.


Umrim uzun bo’lsin desang,

O’z ishingni puxta qil.


Xatosiz mergan bo’lmas.


Xom kallada xom xayol,

Kal kallada ming xayol.


Chakki barakat — behuda harakat.


Chiniqmagan xo’roz bir cho’qishda qochar.


Chiniqqanga chang yuqmas.


Cho’ldagi cho’pondan yo uydagi qizdan so’ra.


Cho’lqurbaqaning ko’ngli oqqush go’shtini tusar.


Elga kulgu bo’lguncha,

Erga tulki bo’l.


Eski yilning hisobi —

Yangi yilning sabog’i.


Eshitganga ishonma, ko’rganingga ishon.


Eshitgandan ko’rgan yaxshi,

O’zini ko’rib bilgan yaxshi.


Eshishni bilmasang, qayiqda o’tirma.


Yanglishmaydigan og’iz yo’q,

Qoqilmaydigan — tuyoq.


Yaxshi-yomonning farqini bilmagan,

Arzon-qimmatning narxini bilmas.


Yaxshi ish bitirar,

Yomon ish yitirar.


Yaxshi ish ulgi bo’lar,

Yomon ish kulgi bo’lar.


O’zga mushtini yemagan o’z mushtini botmon der.


O’zi bilmas, kishidan so’ramas.


O’zi qilolmagan qilganni ko’rolmas.


Qaynoq sut ichib og’zi kuygan

Qatiqni ham puflab ichar.


Qalovini topsang, qor yonar.


Qari bilganni pari bilmas.


Qari bor uyda pari bor.


Qari ot ko’p yo’l bilar.


Qari tovuq qarchig’aydan qo’rqmas.


Qari qiz qozi bo’lar,

Sari itga rozi bo’lar.


Qarining ham qarisi bor,

Parining ham parisi bor.


Qariyali uyda qo’y ham omon, bo’ri ham yo’q.


Qarg’ani qo’rqitsang, botir bo’lar.


Qirqqa davr qirq yo’ldan,

Qirq birdan bir yo’ldan.


Qirqqa kirmay, narxga kirmas.


Qush qanoti bilan uchadi,

Quyrug’i bilan qo’nadi.


Qo’l qo’lni tanir,

Ko’r — yo’lni.


Qo’lga o’rgangan qush qirda adashar.


Qo’li singanning dardini qo’li singan biladi.


Hayt desa, it yugurar,

Itdan avval — qiz.


Har kim ham chaqilar,

Yaxshi ot ham qoqilar.