Samimiylik va nosamimiylik haqida maqollar

«Balli» dedim — band bo’ldim.


Bolada gina bo’lmas.


Boshliq to’ra bo’lsa,

Laganbardor ko’payar.


Bog’ingda o’riging bor,

Saloming-aliging bor.


Bug’doy noning bo’lmasa ham,

Ochiq yuzing bo’lsin.


Goh — pirdan, goh — muriddan.


Go’sht suyaksiz bo’lmas,

Sholi — kurmaksiz.


Davlat kelsa, yo’l ochar,

Davlat ketsa, do’st qochar.


Dehqon emas, ketmon chopib non bermasa,

Oshiq emas, ishq yo’lida jon bermasa.


Yer yomoni — bozor joy,

Cho’p yomoni — qo’g’a,

Odam yomoni — sipohi.


Yetsa — mol, yetmasa — jon.


Yosh ko’zdan emas, yurakdan chiqar.


Inson qalbi quyoshdan yorug’.


Ixlos bilan yopishsang,

Taqir yerdan chang chiqar.


Ixlos bilan yig’lasang,

So’qir ko’zdan yosh chiqar.


Ixlos — xalos.


Ixlos qilsang, cho’pdan topasan.


Chaqinib turgan chayondan

Biqinib yotgan ilon yomon.


Yuzi ochiqning till uzun.


Yurak toza — tilak toza.


Yaltiroq narsa oltin bo’la bermas.


Yaxshilikni unutma,

Yomonlikni ko’zda tutma.


O’xshamagin tulkiga,

Qolarsan ko’p kulkiga.


O’g’limning suyuq oshi,

Ichida qayroq toshi.


O’g’ri o’la-o’lguncha to’g’riman der.


Qalb ko’zdan oldinroq ko’rar.


Qalbakilik bir kun quvontirsa,

Ming kun munkaytirar.


Qalbing toza — umring toza.


Qo’rqmasang, shivirlama.


Hamma gap pismiqdan chiqar.