Meksikaning Oaxaka shahrida rediska o‘ymakorligi tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov qatnashchilari rediskadan turli shakillar yasab tarixiy saxnalarda ko‘rsatishgan. Oaxakalik fermerlar 1897-yilda o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini yangi yil yarmarkasida sotish chog‘ida ulardan turli shakillar yasab, xaridorlarni jalb etishgan. Keyinchalik bu bozor tadbiri yilda bir marotaba o‘tkaziladigan bayramga aylangan. Eng yaxshi o‘ymakorga pul mukofoti beriladi.