11-noyabr Rossiyada birinchi temir yo’l ochilgan kun
11-noyabr Rossiyada birinchi temir yo’l ochilgan kun
1837-yil 11-noyabrda Rossiyada Peterburg-Sarskoe selo yo’nalishi bo’yicha birinchi yo’lovchilar tashuvchi temir yo’l ochilgan. 1834-yilda Rossiyaning tog’li idoralari Vena politexnika instituti professori Frans Anton fon Gerstnerni birinchi temir yo’l qurilishiga chaqiradi. Xuddi shu yili u Uralga tog’ zavodlari tovarlarini sotish sharoitlarini o’rganishga ham yuboriladi. Peterburgga qaytib Nikolay I ga Rossiyada temir yo’l qurilishiga va Peterburg-Moskva magistrali uchun zarur bo’ladigan vositalar to’g’risidagi hisobotni taqdim qiladi. Bunday yo’llar qurilishi texnika va ekonomika nuqtai-nazaridan ko’rib chiqilib, Peterburg-Sarskoe-selo-Pavlovsk temir yo’lini qurish imtiyozi Gerstner maxsus komitetiga topshirildi. Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar (3 mln so’m) olti oy davomida obunalardan yig’ildi. 1836-yil bahorida ishni boshlash uchun hamma narsa taxt qilib qo’yildi. Qurilishni texnik boshqaruvini 17 ta injener amalga oshirdi. Ulardan beshtasi shu kabi ishlarni Angliya temir yo’llar qurilishida bajarishgan edi. Qurilishni 30 ta nazoratchilar va shuncha soldat va qorovullar himoya qildilar.