Kompyuter virusi-kompyuter programmalarining turli ko’rinishlaridan biridir. Uning alohida belgilaridan biri uning ko’payishidir. Bundan tashqari virus hamma fayllarni, ma’lumotlarni zararlashi yoki butunlay yo’q qilib yuborishi mumkin, jo’natuvchining nomidan yuborilgan zararlangan programma butun sistemani fayllari bilan birgalikda yo’q qilib yuboradi. Internet orqali butun dunyoga tarqatilayotgan 10 minglab kompyuter viruslari ma’lumki, ular virus epidemiyasini keltirib chiqaradi. Janubiy Kaliforniya universitetining studenti amerikalik Fred Koen 11-noyabr 1983-yilda shunday programma tuzdiki, 5 daqiqadan bir soatgacha bo’lgan vaqt oralig’ida virus kompyuterni zararlashi mumkinligini ko’rsatib berdi. Koen keyingi yil kompyuterlar aro virusni tarqalishini qay darajada xavfli ekanini ko’rsatib berish bilan birgalikda, virusga qarshi programmalar yaratish mumkinligi haqida ham aytib o’tdi. Kelib chiqishi Pokistondan bo’lgan «Brain” nomli faqat disketlarni zararlay oladigan virus 1986-yilning yanvarida paydo bo’ldi. Birinchi virusga qarshi dastur 1988-yilda ishlab chiqilgan.