7-noyabr O’zbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki Asakabank tashkil topgan kun
7-noyabr O’zbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki Asakabank tashkil topgan kun
O’zbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra 1995-yil 7-noyabda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida va Qoraqalpog’iston (Nukus shahri)da, Asaka, Qo’qon, shuningdek Toshkentda («Avtotransport”) filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, «O’zDEUavto” qo’shma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), O’zbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari ko’rsatish, qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi.