YUNESKO 1946-yilda 4-noyabr kuni Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan hukumatlararo tashkiloti-YUNESKOning Nizomi kuchga kirdi. YUNESKO ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga ko’maklashishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta’minlash yo’lida faoliyat yuritadi. Yalpi savodsizlikka qarshi kurashish, maorif tizimini rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o’rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va boshqa shu kabi keng qamrovli masalalarni hal etishda mazkur tashkilotning hissasi katta. YUNESKOga 191 mamlakat (2006), shu jumladan, O’zbekiston respublikasi a’zodir. Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Jahon merosi ro’yxatiga уer yuzidagi 830 ta tabiiy va madaniy obуektlar kiritilgan (2006). YUNESKO doirasida O’zbekistonda ham ko’plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Abu Rayxon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining 1000 yillik, Mirzo Ulug’bek (1994) tavalludining 600 yillik, Amir Temur (1996) tavalludining 660 yillik tantanalari keng nishonlangan. Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shaharlarining 2500 yilligi, Shahrisabzning 2700 yilligi (2002) munosabati bilan maxsus dasturlar doirasida yirik tadbirlar uyushtirilgan. Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg’oniy, Burxoniddin Marg’inoniy, Imom Motrudiy, Imom at-Termiziy, Baxovuddin Naqshband kabi qator siymolarning yirik tavallud sanalari ham mustaqil O’zbekistonda YUNESKO sha’feligida keng nishonlandi.