3-noyabr Birinchi kuchuk-kosmonavt kosmosga parvoz qilgan kun

3-noyabr birinchi kuchuk-kosmonavt Layka kosmosga parvoz qildi. Layka kosmosga uchgan birinchi tirik mavjudot hisoblanadi. «Sputnik-2” kemasi 3-noyabr1957-yil Moskva vaqti bilan 5-30 da kosmosga parvoz qildi.Bu vaqtda Layka ikki yoshda edi.Bir hafta yashashi haqida faraz qilingan edi.Start berilgandan 5-7 soat o’tgach-kuchuk uchish vaqtida, stress va ortiqcha qizib ketish natijasida halok bo’ldi. Layka o’lgan bo’lsa-da, tirik jonzotni orbitaga uchishi va vaznsizlik holatida yashay olishi tajribada isbotini topdi. Kosmosga uchib tirik qaytgan birinchi kuchuklar Belka va Strelka. Laykani kosmosga uchishga tayyorlashda ishtirok etgan xodimlar uning o’limidan og’ir iztirobga tushdilar. Kosmik tajribaga tayyorgarlik ko’rilgan harbiy meditsina Instituti territoriyasida Laykaga haykal o’rnatilgan. Ikki metrli bu haykalda kosmik kema va mag’rur turgan Layka tasvirlangan.