Noyabr oyining boshida ya’ni 1-2 noyabrda Maltada qo’shiqlar Festivali bo’lib o’tadi. 1-noyabrdan 30-noyabrgacha badiiy ekspozisiya ochiladi, Risarlar davriga mos kostyumlar kiygan harbiylar paradi 3-noyabrdan 10-noyabrlarga mo’ljallanadi. Bularning hammasi Vallettedagi Avliyo Elmo fortining maydonida bo’lib o’tadi. 11-noyabrda 14-Xalqaro xor san’ati festivali boshlanadi (15-noyabrgacha), unda Yevropaning ko’pgina malakatlaridan kelgan kollektivlar ishtirok etadilar. Ikki kundan keyin yana shu fortda 1800 yildagi Fransiya va Malta armiyalarining janglarini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan shoular boshlanadi. 22-noyabrdan 24-noyabrgacha bo’lib o’tadigan 12-Xalqaro marafonda, 500 ga yaqin sportchilar qatnashadilar. Bundan tashqari, 23-noyabrdan 30-noyabrgacha Gozo orolida tarix, arxeologiya festivali bo’lib o’tadi-ki, unda Malta madaniyati paydo bo’lganligining 7000 yilligi nishonlanadi. Festivalda san’at sohasida erishilgan oxirgi yutuqlar namoyish qilinadi, bundan tashqari festival orolning qadimiy madaniy meroslari bilan tanishish imkonini beradi. Festival doirasida ko’plab tadbirlar: hujjatli filmlar premerasi, taniqli rassom va haykaltaroshlarning ishlari ko’rgazmasi, hunarmandlarning buyumlari, kattalar uchun qo’g’irchoq shoulari va baletlar bo’lib o’tadi. Yana festival vaqtida katta musiqali programma namoyish qilinadi.