Dunyoda ko’pgina tillar mavjud. Ingliz tili xalqaro til hisoblanib, juda ham oson va yengil grammatikaga ega. Fransuz tili o’zining jozibaliligi bilan ajralib turadi. Rus tili esa dunyo bo’yicha o’zining murakkabligi va juda ko’p iboralari mavjudligi bilan ikkinchi o’rinda turadi. Hattoki, sun’iy tuzilgan esperantr tili ham mavjud bo’lib, shaxslararo muloqotda o’zaro til topishga urinish natijalarida yuzaga kelgan. Lekin bizga imo-ishoralar tili borligi ham ma’lum. Bunday til eshitmaydiganlar va gapira olmaydiganlar uchun asosan muljallangan. Buning ahamiyati imo-ishoralarni o’qishda va davlat darajasida dolzarbligidir. Ushbu bayramni nishonlash Rossiyada 10 yildan beri davom etadi. Borgan sari ushbu bayram ommalashib bormoqda. Chunki surdotarjimonlik kasb egalari jamiyat oldida ma’lum bir vazifalarni bajarishmoqda, ya’ni eshitish qobiliyati bo’lmagan, past bo’lgan minglab odamlarga tovushlarni eshitish imkoniyatini yaratishmoqda. 31-oktyabrdagi ushbu bayram asosan eshitmaydiganlar (karlar) jamiyatda o’z o’rnini topishga, o’z hayotlarini sifatli o’tkazishga qaratilgan xayriya aksiyasidir.