Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi 2014-yil 29-oktyabr
Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi
2014-yil 29-oktabr
29-oktabr kuni Pioneers Festival nomli yangi texnologiyalar ko‘rgazmasida AeroMobil 3.0 — uchar avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. AeroMobil’ning rasmiy saytida yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir necha soniya ichida avtomobildan samolyot ko‘rinishiga o‘ta oladi. Uning havoga ko‘tarilishi uchun tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etishi kerak. Uchayotganda kamida 60 km/soat, eng tez esa 200 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi. Shuningdek, uning yerdagi eng katta tezligi 160 km/soatni tashkil etadi. AeroMobil 3.0’da ikki kishilik o‘rin mavjud bo‘lib, uning uzunligi 6 metrni, kengligi esa yerda yurganda 2,24 metr, uchganda 8,32 metrni tashkil etadi. Uchar avtomobil korpusi metaldan ishlangan va murakkab tarkibli karbon bilan qoplangan. Bunday qoplama yengil, ammo mustahkamligi uchun zamonaviy samolyotlarda ishlatiladi. Ushbu avtomobil odatiy benzinda harakatlanadi va yerda yurgan payti 100 kilometrga 8 litr, havoda uchgan payti esa 15 litr yonilg‘i sarflaydi. U istalgan bir necha yuz metrli o‘tloq yoki tosh yotqizilgan yuzada qo‘na oladi. Shuningdek, unda avtopilot boshqaruvi va parashyutdan sakrash yo‘li ham mavjud.