Aytishlaricha, uzoq shimoliy orollarda qachonlardir momiqli rangli ilonlar yashashgan, ular mahalliy aholi va go’zal Freyaning eng yaxshi ko’rgan jonzodlaridan bo’lishgan. Bir kuni Freya sovuqdan chalajon bo’lgan odamni ko’rib qolib, ilondan uni o’rab olishni va istishni so’ragan ekan. Sharfning tarixi 2000 yil avvalga taqaladi. Sharflar birdaniga odat tusiga aylanmagan, ammo hozirgi kunlarda sharflar har bir zamonaviy odamning javonida kerakli aksessuarga aylanib ulgurgan. Birinchi bor sharf qadimgi Xitoyda paydo bo’lgan. Qadimgi Xitoy jangchilari tomog’larini sovuqdan asrash maqsadida bo’yinlarini mato bilan o’rashardi. O’tmishdagi ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi issiq sharflar qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Uni rim legionerlari o’rashgan, qo’shni mamlakatlarga yurish paytlarida sovuqdan saqlanish maqsadida bo’yinlariga o’rashgan. Rim imperiyasining parchalanib ketishidan keyin Rimning tili va udumlarini, shuningdek, sharf o’rash udumi ham o’rta asr rumin qabilalari me’ros qilib olishgan. Ruminiyadan sharf Xorvatiyaga o’tib keldi. 1648-yilda xorvat polki g’alabasini nishonlash maqsadida Parijga keladi va har bir jangchining bo’ynida sharf bor edi. Ajoyib Lyudovik XIV bunday chiroyli va boshqacha ko’rinishdan hayratga tushgan, xorvatlarning bu ko’rinishi uni ko’ngliga xush keldi. Bo’yin ro’mollari «quyosh podshohi” ni shunchalar hayratga soldiki, shu ondayoq u qirollikning bo’yinni sharflar bilan bezovchi odam yolladi. 1692-yilda Lyudovik XIV ning qo’shinini Steynkerk qishlog’i yaqinida to’satdan anglichan polki o’qqa tutgan.Dovdirab qolgan fransuz askarlari bo’ynidagi sharflarini harbiylarcha bog’lashga vaqtlari bo’lmay, duch kelgancha bo’ynilariga o’rab ketaverishgan. Shunday qilib «steynkerk” stili paydo bo’ldi. Ofitserlarning oddiy askarlardan farqi aynan shu sharfda bo’lgan. Parijda esa sharf o’rashdan alohida darslar tashkil etilgan. Hozirgacha bu ayol va erkaklar mo’ljallangan sharflar insonlarning tengi yo’q atributlaridan biri bo’lib qolgan. Ayniqsa modaga ahamiyat beradiganlarning kiyim javonida turli mavsumlarga mos sharflar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.