Hozirgi davrda Yangi Zelandiya omma orasida yashirincha «ishchilarning xushmanzara o’lkasi” nomli unvonni qo’lga kiritish uchun olis yo’llarni bosib o’tishdi. Mehnatkashlarning tarixiy yo’llari juda mashaqqatli edi. Ushbu kunni bayram sifatida nishonlanishi uchun, mehnatkashlar o’zlarining haq-huquqlarini talab qilib, mehnatkashlar kunini har yili oktyabr oyining to’rtinchi dushanba kunida nishonlanishini qo’lga kiritdilar. Yangi Zelandiya mehnatkashlari dunyoda birinchi bo’lib, 8 soatlik ish kunini belgilash huquqini qo’lga kiritdilar. Barcha harakatlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ishchilarni ish tashlashlaridan 9 yil o’tgach hukumat a’zolari ishchilarni talablarini bajardilar. Yangi Zelandiyaning Vellingtonlik duradgor Samoyel Parnelloga ushbu sa’i harakati uchun ishchi va mehnatkashlarga katta yordami tekkan edi. Chunki duradgor bir kunda 8 soatdan ortiqcha ishlamasligini e’lon qildi. Bir sutka 3 ga teng bo’linish kerakligini aytdi: 8 soat ish vaqtiga, 8 soat uxlashga, 8 soat bo’sh vaqtga ega bo’lish. Samoyel boshqa ishchilarga ko’rsatgan ta’siri katta ahamiyatga ega edi. 1840-yilda ishchi jamoalar bilan o’shbu qarorni qabul qilishdi va qo’llab quvvatlashdi. 1890-yildan boshlab 28-oktabr bayram sifatida nishonlana boshlandi, shu davrdan e’tiboran, ko’pgina hunarmandlar va savdogarlar ish kunini 8 soatlik norma sifatida faoliyat yuritib kelishadi. Minglab ishchilar uyushmasi mamlakatlarning yirik shaharlarida namoyishlarga chiqishdi. Ushbu kuni aholi namoyishni ko’rishi uchun mansabdor shaxslar tomonidan dam olish kuni berildi. Ko’pgina korxonalar shu kuni ishlamaydi.