23-oktyabr Reklama ishchilari kuni

23-oktabr Reklama ishchilari kuni

Bu norasmiy kasbiy bayram bo’lib, hamma tashkilotlarning reklama sohasida faoliyat ko’rsatadigan ishchilari nishonlashadi. Bu bayram 1994 (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 1996) yilda ta’sis etilgan.Reklamaning vazifasi- reklama qilinayotgan mavzuga diqqatni jalb qilish, unga nisbatan qiziqishni orttirish, uni bozorga chiqarish va targ’ib qilishdan iborat. Piarmenedjer, marketolog, reklamachi, reklama bo’yicha menedjer kabi kasblar bizda paydo bo’lganiga ko’p bo’lmaganina qaramay, har bir o’zini mavqyeiga ega bo’lgan zamonaviy firmalar o’z reklama agentlariga ega. Reklamaning paydo bo’lishidanoq omma orasida iliq kutib olindi. Lekin vaqt o’tishi bilan reklamaning hamma joyda ko’chalarda, ustunlarda, jamoat transportlarida, ko’p qavatli uylarning fasadlarid ko’payib ketishi ommani charchata boshladi, shundan keyin haqiqiy reklamachilarning kasbiy bilimlariga talab ko’paydi. Hozirgi kunda reklamaga deyarli hamma oliy o’quv yurtlarida o’qitiladi va avvallari ko’rsatilgan reklamalardan hozirgilari tubdan farq qiladi. Zamonaviy reklama targ’ibotchilar ishchilarning mehnatini qadrlash, ularning tadbirkorlik va ishlab chiqarishga qo’shayotgan hissalari uchun taqdirlash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun 1994-yildan 23-oktyabrda Reklamachilar kuni nishonlanadi. Shu kuni ko’pgina ommaviy tadbirlar, konsert dasturlari, konkurslar bo’lib o’tadi, tungi klublar va ko’ngilochar bog’lar  ertalabgacha ishlaydi. Ba’zi manbalarga ko’ra reklamaning kelib chiqish tarixi juda uzoqqa borib taqaladi, chunki avvallari ham savdogarlar o’z mollarini sotish uchun olamon orasida qichqirib sotuvchilarni o’zlariga jalb qilishga harakat qilganlar. Bu usulda maxsulotini haridorga taqdim qilish ham reklamaning bir turiga kirishi shubhasizdir. Hozirgi kunda hamma ishlab chiqarish tashkilotlari reklama agentlarii xizmatidan foydalanmoqdalar.


Shuningdek, ushbu kunda 23-oktabr Hindistonda Divali bayrami kuni