21-oktabr Xitoy Respublikasida dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni

21-oktabr Xitoy Respublikasida dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni

21-oktabr-Xitoy Respublikasida, Tayvan nomi bilan tanilgan, dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni nishonlanadi. Dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar-ular Xitoydan chiqqan, hozirda boshqa davlatlarda yashayotganlar qatoriga kiruvchilarga nisbatan aytiladi. Agar «xuatsyao” so’zi  tarjima  qilinsv, xitoy tilidan taxminan «Xitoylik  muhojir”  ma’nosini anglatadi. Ammo Xitoy adabiyotida «dengiz orti xitoylik” termini qo’llaniladi. Xuatsyaolarga  chegara orti mamlakatlarda yashovchi Xitoy va Tayvan aholisi va ularning avlodlariga aytiladi. Xitoyliklarning ongida propiskasi emas, balki uning tug’ilib o’sgan joyi ahamiyatli hisoblanadi. Shuning uchun Xitoyliklar xuatsyaolarni o’zlarining vatandoshlari sifatida qabul qiladilar,  chunki ular taqdir taqozosi bilan vatanidan yiroqda yashashga majburligini tushunadilar. Ekspertlarning taxminlariga ko’ra, dunyoning  turli mamlakatlarida 40 mln.ga yaqin dengiz orti kelgindilari yashaydilar, ulardan yarmi Janubi-Sharqiy Osiyoda istiqomat qiladilar. Tayvanda hatto «xuatsyao”ga bag’inlangan bayram mavjud. Bundan ko’rinib turibdiki, Xitoy Respublikasi aholisi ularga o’zlarining vatandoshlari sifatida qaraydilar.