20-oktyabr Xiva shahrining 2500 yilligi nishonlangan kun
20-oktyabr Xiva shahrining 2500 yilligi nishonlangan kun
1997-yil 20-oktyabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Xonlikning eng yirik shaharlarida biri Xiva edi. U XVII asr boshidan to 1920-yilgacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan. Xiva shahri qadimda Xiyvaq deb atalgan. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlardanoq Sharq bilan G`arbni bog`lovchi savdo yo`li o`tganligi bilan izohlanadi. Milodning IV asri boshlarida Xiva Xarazm davlati bilan Eron sosoniylari davlati tarkibiga kirgan. XVII asr boshlarida Amudaryo o`zani o`zgarishi oqibatida xonlik poytaxti Urganchda aholi yashashi uchun noqulay vaziyat yuzaga kelgach, xonlik poytaxti Xiva shahriga ko`chirildi. XVIII asr o`rtalarida Eron shohi Nodirshoh qo`shinlari, keyinchalik turkmalarning yovqut qabilasi hujumi oqibatida shahar vayron qilingan edi. Xiva xoni Muhammad Amin inoq hukmdorligi davrida (1770–1790) turkmanlarning yovmut qabilasi qo`shinlari tor – mol etilgan va Xiva shahri qayta teklangan. XIX asr o`rtalarida Xiva xoni Ollohqulixon (1825 – 1842) davrida shahar atrofi yana mustahkam devor biuoan o`ralgan. Devorning uzunligi 6 km. bo`lgan. Xiva shahrining memoriy qiyofasiga XVIII asr oxiridan boshlab asos solina boshlagan va bu ish XX asrning boshlarigacha davom etgan. Shahar me`moray ansanbili yaxlitligi jihatdan O`rta Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu ansanbilning ichida dastlab Ichan qal`a (ya`ni ichki qal`a; shahriston) bunyod etilgan. Ichan qal`ada – xon saroyi, aslzodalar yashaydigan maskan, maqbara, madrasa, masjidlar joylashgan. Ichan qal`aning umumiy maydoni 26 gektar. Devorning uzunligi 2200 metr. Ichan qal`ada o`zar kesishadigan ikkita katta ko`cha o`tgan. Bu ko`chjalarda to`rtta darvoza qurilgan. Bu darvozalardan Dishan qal`aga chiqiladi. Dishan qal`ada esa hunarmand, kosiblar, savdogarlar yashashgan va ularning rastalari joylashgan. Dishan qal`aning uzuligi 1250 metr bo`lib, uning o`nta darvozasi bo`lgan. Xiva shahrida joylashgan me`moray yodgorlik Sayid Aloviddin maqbarasidir. Bu maqbara XIV asrda qurilgan edi. Shuningdek, Xivada ko`hna ark, masjidi jomi`, Oq masjid, Uch avliyo maqbarasi, Sherg`ozixon maqbarasi, Ollohqulixon karvonsaroyi, Qutlug` Murod inoq madrassasi, Muhammad Amin inoq madrassasi, Ollohqulixon bunyod ettirgan 163 xonadan iborat Toshhovli saroyi va boshqalr muhim tarixiy me`morchilik yodgorliklari bo`lib, ular xivalik o`z kasbining ajoyib ustalari – naqqoshlar, toshganch, yog`och o`ymakorlarining mahoratini ko`z-ko`z qilib turadi. Bularning bari XVIII asr oxiri – XI asr boshlarida O`rta Osiyo me`morchilik san`atining qayta tiklanganligidan, bu borada ayniqsa Xiva xonligi me`morlari dong taratganligidan dalolat beradi. Xiva nafaqat O`rta Osiyoda, ayni paytda dunyoga ham mashhur shahar. Buning isboti – 1997 – yilda YUNESKO qarori bilan shu shahar 2500 yilligi nishonlanganligidir. Bugungu avlod o`z ota-bobolarning madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Xiva xonligining yana bir yirik shahari – Ko`hna Urganchdir. Bu shaharga asos solinganiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim karvon yo`llari kisishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlanga. XVI — XIX asrlar faqatgina o`zoro urushlar, ichki urushlar, nizolar va toji taxt talashuvlari tarixidangina iborat bo`lmay, bu davrlarda ham xonliklarda madaniy hayot to’xtab qolmadi. Hatto, toji taxt uchun, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun qo`shnilarninghududlarini bosib olish uchun ayovsiz kurashgan hukmdorlar orasida ham ijod bilan shug`illangan, ilm-fan va adabiyot ahliga homiylik qilgan, o`z davlatlari tarixini yaratgan hukmdorlar ham bo`lgan. Masalan, Abdulaxon, Ubaydilloxon II, Subhonqulixonlar; Xiva xoni Abdulg`ozixon; Qo`qon xoni Umarxon shular jumlasidandir. Uchala xonlik xalqlarini ma`naviy hayotda birlashtirib turgan kuch o`zbek tili bo`ldi. Ayni paytda davlat idora ishlarida fors tii ham qullanilgan. Ijtimoiy hayota o`zbek va fors tillari qo`llanilgan. An`anaga ko`ra esa fanda va maktabda arab tili muhim o`rin tutgan. Madrasalar uch (boshlang`ich, o`rta va yuqori) bosqichli bo`lib, ularda arab, fors va o`zbek tili mukammal o`rgatilgan. Shuningdek, fiqh, hisob, handasa, astranomiya, axloq, falsafa, antiq, adabiyot, geografiya, tarix tabobat o`qitilgan. Bu bayram dastlab YuNESKO ning Parijdagi Bosh qarorgohida boshlandi. Xiva shahrining Ark maydonida 1997 yil 20 oktyabrda o’tgan teatrlashgan tomosha o’z mohiyati, tarixiy falsafiy teranligi (muallif O.Matjon, rejissyor Rustam Hamidov, bastakor Rustam Abdullayev) bilan e’tiborga molik. Unda shahar tarixi umumlashgan badiiy sahnaviy yechimlarda taqdim etilgan. Massagetlar malikasi To’marisning chavandoz qizlar qurshovidagi shiddatli va keskin harakatlarga boy raqslarida vatan mustaqilligi uchun olib borgan kurashi mujassam etilsa, Xiva shahri haqidagi rivoyat asosidagi «Farishtalar raqsi”da tariximizning o’qilmagan sahifalari qayta jonlandi. Xivaning qutlug’ bayramiga kelgan mehmonlar – vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar vakillari bayramona bezatilgan ark maydonidan joy oldilar. Yig’ilganlar nigohida shahar sehru sinoatidan hayrat, qalbida hayajon: guyo ular shu onlarda olis moziy bag’rida turgandek. Badiiy lavhalarida Xorazm ahlining jo’shqin va jozibali san’ati yana bir karra namoyon bo’ldi. Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanalar shodu xurramlik bilan ko’tarinki ruhda o’tdi.