20-oktabr — Xalqaro aviadispetcherlar kuni nishonlanadi. Bu bayram Xalqaro aviatsiya dispetcherlari birlashmasi federatsiyasi tuzilganligi yubileyi arafasida ta’sis etilgan. Havo transporti rivojlanishi tarixida 1961-yil muhim iz qoldirgan. Xalqaro aviadispetcherlar kuni bayramini turli mamlakatlar aviadispetcherlari nishonlaydilar. Dunyo aviadispetcherlarning kasb bayrami-shu kasb egalarining aviama’lumotni havfsizligini ta’minlashda asosiy o’rin egallashlarini yana bir bora ko’rsatib berdi. Aviadispetcherlarning zimmasida inson hayoti uchun javobgarlik hissi turadi, shuning uchun har bir dispetcher o’z ishiga kirishar ekan, vaziyat qandayligidan qat’iy nazar o’zining ishini bajarishi lozimdir. Aviadispetcherlarsiz havo fazosi kengligini o’rganish juda qiyin bo’lardi. Shuning uchun xalqaro aviadispetcherlar kunida bu mutaxassislarni aviakompaniya ma’muriyati rahbarlari va albatta hamkasblari katta tantana bilan tabriklaydilar.