16-oktyabr Xalqaro anesteziya kuni

16-oktyabr Xalqaro anesteziya kuni

Anesteziya — nerv hujayralarini sezuvchanligini yo’qotish, behush qilishdir. Ushbu anesteziyani qo’llash usuli 1846-yil 16-oktyabrda Amerikalik tish shifokor Tomas Morton operatsiya davomida  birinchi marotaba mijoziga narkozni qo’lladi. Anao’shanda birinchi marotaba narkoz (behush qilish) holati oshkora ravishda namoyish etildi.  Shuning uchun 16 oktyabr kuni butun jahon anesteziya kuni  (World Anaesthesia Day) deb yuritiladi. Jarrohlik jarayonida, tishlarni davolashda va boshqa jarohatlarda tibbiyot sohasida tanani yoki ma’lum bir tana qismini og’riqsizlantirish maqsadida sun’iy behushholiga keltiriladi. Albatta azaldan asab hujayralarini sezuvchanligini kamaytirishning turli usullar mavjud edi. Masalan:qadimiy hind qabilalari sezuvchanligini pasaytirish uchun turli o’simliklardan sharbatlardan foydalanishgan, hamda Yunoniston tabiblari va faylasuf Dioskorid rim qo’shini bilan birgalikdagi sayohatida imperator Neron ikkisi tibbiy tajribalaro’tkazib turli dorilarni tayyorlashga muvaffaq bo’ldi. Ushbu ixtirolar natijasida askarlarning jaroxatlarini tuzatishdaqo’llanilar edi.  Hozirgi kunda ushbu asab hujayralarini ta’sirchanligini pasaytirish holatini qisqa qilib aytganda «Behushqilish” deb yuritiladi.