BMT Bolalar fondi 15-oktyabr kunini Butunjahon qo’llarni yuvish kuni deb rasmiy e’lon qildi. Ilk bor BMT tomonidan 2008-yil sanitariya yilida ushbu kun bayram sifatida nishonlandi. E’tirof etish kerakki, qo’lni yuvish har bir insonning shaxsiy ishi, boshqa tarafdan qaraganda, BMT hamda Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti belgilaganidek qo’lni yuvmaslik og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qo’lni yuvmaslik oqibatida inson organizmiga turli mikroblarning kirishi, ular orqali gepatit, virusli pnevmoniya, ORVI, xolera kasalliklariga duch kelishi mumkin. «Kir qo’llar” Osiyo va Afrika mamlakatlarida bolalar o’limiga sabab bo’luvchi asosiy omillardan hisoblanadi. YuNISEF ning ma’lumotlariga qaraganda har kuni «kir qo’llar kasalligi”- diareya bilan 5000 mingga yaqin bolalar vafot etadi. Ushbu kasallikning yarmini qo’llarni yuvish bilan oldini olish mumkin edi. Oddiy gigienik yo’l bilan, ya’ni qo’llarni yuvish bilan ko’pgina bolalar hayotini saqlab qolish mumkin. Butunjahon qo’llarni yuvish kunini nishonlash orqali ko’pgina kasalliklarni oldini olishga asos bo’ladi deb umid qilamiz. Xozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda maktab o’quvchilariga gigiena to’g’risida chop etilgan broshyuralar tarqatiladi.