1946-yil London shahrida Standartlash to’g’risidagi milliy konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyaga 25 davlatdan 65 ishtirokchi taklif qilindi, Ishtirokchilar ichida Rossiyalik qatnashuvchilar ham ro’yxatdan o’tkazildi. Ushbu konferensiyadan so’ng jami ishtirokchilarning so’nggi kelishuvlaridan keyin Xalqaro Standartlash tashkilotini tshkil etish to’g’risidagi qarori qabul qilindi. 1970-yili Xalqaro Standartlar Tashkiloti rahbari janob Farun Suiter dunyo iqtisodiy taraqqiyot davrida standartlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi va 14-oktyabrni «Butunjahon Standartlar kuni” deb e’lon qildi. Shundan keyin har yili ushbu kun bayram qilib nishonlanadi. Standartlash – bu faoliyat jarayonida tartib qoidalarni o’rnatish, texnik xavfsizlikni ta’minlash, barcha manfaatdor shaxslarni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga davlat tomonidan kerakli qonun-qoidalarni ishlab chiqishdir. Standartlashning muhim omillari bu – normalar, talablar, uslublar, atamalar hamda boshqa ko’p marotaba iste’molda qo’llaniladigan fan va texnikada ishlatiladigan qurilish sohasida, transportda, maishiy-madaniy maskanlarda, sog’liqni saqlash sohasida hamda xalqaro savdo-sotiq aloqasi sohasida ham standartlash barcha iqtisodni jadal o’sish sur’atlarini rivojlanishiga o’zining salmoqli hissasini qo’shib kelmoqda. Standartlash tadbiq qilingan davlatlarda iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishiga zamin yaratiladi.