7-oktyabr Xalqaro havaskor gitarachilari festevali
7-oktyabr Xalqaro havaskor gitarachilari festevali
7 oktyabr -Xalqaro havaskor gitarachilari festevali Buenos-Ayresda har yili o’tkaziladi. Ilk bor bu festeval 1995 yilda o’tkazilib kelib, yil o’tgan sari bu yuqori nufuzga ega bo’lmoqda. Ishtirokchilar o’rtasida, Lotin Amerikasi aholisi bilan bir qatorda Yevropa mamlakatlari va Germaniyadagi taniqli Gitara havaskorlari bilan o’tkaziladi. So’zsiz, har-bir ishtirokchining o’z uslubi, musiqasi, matniga ega. Bu festeval jonli musiqani yaxshi ko’radiganlarga juda ham qiziqarlidir.
Gitara ispancha quitarra (yuun.kithara – kifara) – torli tirnama soz. 13-asrdan Ispaniyada mashhur bo’lgan, 17-asrdan Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida hamda Amerikada keng tarqalgan. Dastlab 4-5 juft torli gitara ishlatilgan. 18-asr 2-chi yarmidan 6 (yakka) torli gitara millatlararo eng ommabop cholg’ulardan. Juda mayin va yoqimli tovushga ega bo’lgan Gitara asosan jo’rnavoz, ansambl hamda yakkanavoz soz sifatida qo’llaniladi. 20-asrda «gavay gitarasi” (tizzaga qo’yib maxsus plektr bilan chalinadi), jaz-Gitara, elektro- (yakkanavoz, ritm va bas) Gitaralar paydo bo’lgan. Toshkent estrada-sirk kolleji, Toshkent davlat konservatoriyasi va boshqa musiqa bilim yurtlarida Gitara sinfi bor.