6-oktyabr Butunjahon borliqni muhofaza qilish kuni
Borliqni muhofaza qilish butunjahon kuni butun dunyo bo’yicha har yili 6-oktyabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1979-yilda tabiiy borliq va Evropaning yovvoyi tabiatini saqlash to’g’risida o’tkazilgan Bern konvensiyada belgilangan. Bayram tashkilotchilari yer kurrasidagi faunani borliqlarini saqlash, himoya qilish muammolariga jamiyatni e’tiborini qaratish maqsad qilib olingan. Borliqni muhofaza qilish butunjahon kuni butun dunyo bo’yicha har yili 6 oktyabrda nishonlanadi. Ushbu kun 1979-yilda tabiiy borliq va Yevropaning yovvoyi tabiatini saqlash to’g’risida o’tkazilgan Bern konferensiyada belgilangan. Bayram tashkilotchilari yer kurrasidagi faunani borliqlarini saqlash, himoya qilish muammolariga jamiyatni e’tiborini qaratish maqsad qilib olingan. 1992-yilda Rio-de-Janeyro dagi BMT ning atrof muhit haqidagi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda 190 ga yaqin davlat vakillari qatnashib, «XXI asr uchun kundalik” qabul qilingan, unda jamiyat rivojlanishining to’liq dasturi, bu hozirgi va keyingi avlodga borliqni, atrof muhitni shu turishida saqlab qolish masalalari ko’rilgan. Inson afsuski, ish faoliyati davomida tabiatni o’zgartirgan holda unga turlicha ta’sir qiladi. Aholi ko’payishi va sivilizatsiyaning rivojlanishi natijasida atrof-muhitga bo’lgan munosabat o’zgaradi.Yil sayin yer yuzasining o’rmonlar va o’tloqlar bilan qoplangan maydonlari qishloq xo’jaliklarga, yaylovlari shaharlar o’sishi munosabati bilan o’zgartirilmoqda, qishloq xo’jaligi, turli zavodlarning qurilishi natijasida o’zgarmoqda. Eramizdan avvalgi XIX asr mobaynida yer sharida 150 turdagi sutemizuvchilar, ayniqsa yiriklari, 139 turdagi qushlar yo’q bo’lib ketgan. Har bir yo’qolib borayotgan tur- juda og’ir va qaytarilmas yo’qotishdir. Inson juda ko’p narsa qilishga o’rgandi: koinotga chiqdi, oygacha uchib bordi, ammo yo’qolib borayotgan turlarni qayta tiklashga qodir emas. Hayvonot olamida ham har bir yo’qolib borayotgan narsani qaytarib bo’lmaydi.