5-oktyabr – Germaniyada hosil bayrami

5-oktyabr – Germaniyada hosil bayrami

Germaniyada hosil bayramini odamlar quvonch bilan nishonlaydilar. Ularning keng tarqalgan bayramlaridan biri bu – minnatdorchilik bildirish bayramidir. Hosil bayrami Germaniyaning Katolik cherkovida oktyabrning birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu bayram negizida rimning udumlari yotadi. Bayram kunlari odamlar mo’l hosil uchun shukronalar aytib, bayramni zavqu- shavq bilan nishonlashadi. Hosil bayrami xristian davridan oldin paydo bo’lgan. Katolik cherkovida 3 asrdan beri nishonlanib kelmoqda. 1972-yil oktyabrining birinchi yakshanbasi bayram sifatida Germaniyaning katolik cherkovida tasdiqlangan. Qadimgi qishloq aholisi hosilni ruh qo’riqlaydi, o’stiradi deb fikr yuritishgan. Ruh dehqondan xursand bo’lsa mo’l hosil beradi, agar xafa qilsa, hosilni badnom qiladi deb o’ylashgan. Shunga asosan qadimda ruh ustidan g’alaba deb nishonlangan. Hozirda bayram munosabati bilan cherkovda oldindan tayyorlab qo’yilgan bug’doy o’rami eng chiroyli hosil bilan bezatiladi.


1910-yil 5-oktyabr – Portugaliya Respublika deb e’lon qilindi.