3-oktyabr Dengizda SOS falokat signali tasdiqlangan kun
1906-yil 3-oktyabrda dengizda SOS falokat signali tasdiqlangan kun. Shu kuni Berlinda 29 ta davlat vakillari ishtirokida halokat signali SOS ning tasdiqlanishi to’g’risida Dengiz konferensiyasi bo’lib o’tgan. 1890-yillar boshida hali radio ixtiro qilinmasidan oldin, dengiz kemalarida turli audiosignalli va ko’z bilan ilg’anadigan halokat signallari qo’llanilar edi. Buning uchun semafor (xar-xil rangli) bayroqlar, signal chiroqlar va qo’ng’iroqlardan foydalanishgan. Radio (u paytda «simsiz telegraf” deb nomlanardi) avvallari yer usti sili telegraf hisoblangan Morze alifbosidan foydalanilgan. Kemalarda radiostansiyalar paydo bo’la boshlagandan so’ng kommunikatsiyani standartlashtirishda zaruriyat paydo bo’ldi. Dastavval, taklif qilingan signal CQD harflardan iborat bo’lib, birinchi ikkita harf hamma radiostansiyalarning standart chaqirig’i hisoblangan, oxirgi D- harfi esa signalga keyinchalik qo’shilgan, bu harfdan ingliz tilida -Danger-havf so’zining birinchi harfidir. Bu so’zga dengizchilar tezda «Come Quick, Danger” iborasini qo’llashgan, uning ma’nosi ingliz tilidan tarjima qilinganda «Tezroq boring, halokat!” degani. Shunday bo’lsada, Morze alifbosi tilida bu signal juda qiyin bo’lgan. Turli noxushliklarni oldini olish maqsadida bu harflar o’rniga keyinchalik boshqalarini ya’ni, -SOS tanlangan. Morze tilida bu kod shunday bo’lgan- uchta tochka- uchta tire- uchta tochka. Shunday qilib, bu signal jumlaning texnik tushunchasidan kelib chiqqan, ulardan ko’pinchalik quyidagi ma’nolarda qo’llaniladi; «Save Our Shin” (bizning kemani qutqaring), yoki «Save Our Souls”, «Save Our Spirits” (bizning qalbimizni qutqaring), yoki «Swim Or Sink” (yordam beringlar yoki cho’kamiz), yoki «Save Other Signals” (boshqa signallarni bas qiling) signallarni qabul qilgandan keyin paydo bo’lgan. 1999-yil 1-fevraldan so’ng hamma dengiz kemalari halokat signalini uzatish uchun yangi zamonaviy -GMDSSni qo’llashlari kerar. Shu munosabat bilan «SOS” signalining ahamiyati pasayganiga qaramay uning qo’llanilishi hali ham kuchlidir.