2-oktyabr Rus geograf olimi, tarixchi Gumilyov Lev tavallud topgan kun

2-oktyabr Rus geograf olimi, tarixchi Gumilyov Lev tavallud topgan kun

Gumilyov Lev Nikolayevich (1912.1.10, Sarskoe Selo – 1992, Sankt–Peterburg) — atoqli rus olimi – faylasuf va tarixchi. Rus shoirlari N.S.Gumilyov va A. Ahmatovalarning farzandi. Leningrad universitetini bitirgan (1946). 1930-40-yillarda ta’qibga uchrab, ikki marta qamalgan. Tarix fanlari doktori (1961), geografiya fanlari doktori (1974). «Ulug’ cho’llar”, Hayoliy saltanat izidan”, Xunnlar Osiyo va Yevropada”, «Yevroosiyo ritmlari” kabi asarlar muallifi. O’nlab asarlarni forschadan rus tiliga tarjima qilgan. 1061 yildan Leningrad universiteti qoshidagi Geografiya ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim. Inson va etnoslarning biologik ijtimoiy mohiyati haqidagi ta’limot asoschisi; etnogenezning nasldan – naslga o’tuvchi asosiy energkrik belgisi passionarlik — biokimyoviy quvvat ortishi natijasida odamlardagi ongli biologik qobiliyatlarning nihoyat darajada kuchayishi g’oyasini ilgari surgan. Bunday jarayonlarning namoyon bo’lishi tarixiy taraqqiyotga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Turkiya, mo’g’ul, slavyan va Yevroosiyodagi boshqa xalqlar tarixi haqida yirik tadqiqotlar yaratgan. Sharq tillarini mustaqil ravishda o’rgangan. Asarlari ko’plab xorijiy tillarda nashr etilgan. Sobiq Sho’ro totalitar tuzumiga xos nohaq ta’qiblar Gumilyovni keng ko’lamda ilmiy faoliyat olib borishiga xalaqit bergan. Asarlari uzoq yillar bosilmay qolgan. O’zbek, tatar, tojik, turkman, hind adabiyotidan ko’plab tarjimalar qilgan. YuNESKO yo’li bilan arxeologiya va tarix fanlari bo’yicha o’tkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.