Ekvador milliy bayrog’i kuni har yili 26 sentyabrda nishonlanadi. Fuqarolarning o’zi milliy bayroqni Ekvadorning shon-shuhrati tarixi va porloq kelajagi ramzi deb bilishadi.
Ekvador bayrog’i sariq, ko’k va qizil rangli gorizontal chiziqlardan iborat bo’lib, 1860-yil 26-sentyabrda qabul qilingan. Bayroqdagi sariq rang quyosh nuri, yerning unumdorligi, tabiat boyliklari, mamlakat farovonligini, ko’k rang – osmon , daryolar va Tinch okeanni qizil rang esa ozodlik uchun kurashda vatanparvarlarning to’kilgan qonini ifodalaydi.