26-sentyabr Yevropa til bayrami kuni

2001-yil 26-sentyabrdan boshlab har yili Yevropa til bayrami nishonlanadi. Bundan maqsad tillarning rang – barangligi, ta’lim berishni va o’rgatishni rivojlantirishdir. Darhaqiqat hozirda kamida bitta xorijiy tilni biluvchi odamlar kundan kunga oshib bormoqda. Chet tillarni bilish qobiliyati anchadan buyon o’rganib kelinmoqda. Ba’zi insonlar o’z ona tilini bilish qiyin bo’lsa, boshqalar esa bir nechta xorijiy tilni osongina o’rganishadi. Bu mehnat samarasiligi yoki qobiliyatdir. XXI asrda YUNESKO tomonidan «Butun umr tillarni o’rganamiz” shiori qabul qilingan. Evropa institutlarida rasman ingliz, bolgar, venger, nemis, fransuz va boshqa tillarda ta’lim olib boriladi.Evropa ittifoqi tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar barcha rasmiy tillarga tarjima qilinadi. Har bir Yevropa fuqarosi Evropa ittifoqi tashkilotlariga qilgan murojatlariga javobni rasmiy tillarning birida olish huquqiga ega. Yevropa ittifoqidagi tillarning teng huquqliligiga qaramasdan, ko’pincha ingliz, fransuz va nemis tillaridan foydalaniladi. Yevropa til bayramida turli konferensiya, seminarlar, ma’ruzalar va ta’lim muassalarida ochiq darslar, konsertlar, ko’rgazmalar bo’lib o’tadi.