1994-yil 20-sentyabr kuni Baku shahrining «Guliston” saroyida » Kaspiyning «Azeri”, «Chirag”, «Gyuneshli” suvlar tubidagidagi konlarni ishlab chiqarilishi bo’yicha «maxsulotni teng taqsimlash” to’g’risidagi bitim kelishuvi tasdiqlandi. Tarixiy, siyosiy va xalqaro ahamiyatiga ko’ra bitim «Asr shartnomasi ” deb nomlangan bo’lib, 400 bet, va 4 tilda o’z aksini topdi. 2001 yil avgustida Ozarbayjon prezidenti 20-sentyabrni Ozarbayjon neftchilari kuni deb atash haqidagi farmonga imzo chekdi. » Asr shartnomasi” uglevodorodni zaxirasi miqdori va investitsiyalar hajmiga ko’ra eng yirik shartnomalar sirasiga kiradi. Ko’zda tutilgan (mo’ljallangan) 64 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyasidan 57,6 milliardi neft konlarini izlashga sarflanadi.»Asr shartnomasi” amalga oshirilgandan so’ng Ozarbayjon iqtisodiyotida keskin burilish yuz berib, katta ishlar qilina boshlandi. Birinchi navbatda 1995 yilda birlamchi neft qazib olish ishlari doirasida Chirog’-1 platformasi xalqaro standartlarga mos ravishda qayta tiklandi. 1999 yilda Istambul shahrida o’tkazilgan OBSE sammitida AQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Qozg’iston va Turkmaniston prezidentlari Boku-Tibilisi-jahonda asosiy eksport neft quvuri qurilishi to’g’risida kelishuv imzolashdi. 2002-yil 18-sentyabrda Ozarbayjon prezidenti Xaydar Aliyev (ishtirokida, Turkiya va Gruziya prezidentlari hamkorlikda ) BTD qurilishi boshlandi. 2004-yil oktyabrida Ozarbayjon va Gruziyadan o’tuvchi neft quvirlari birlashtirildi. Kelajakda ushbu neft quvuri nafaqat Ozarbayjon neftini dunyo bozoriga olib chiqishga, balki jahon «Ipak yo’li”ni qayta tiklanishiga yordam beradi.