17 sentyabr AQSHda Konstitutsiya va Fuqarolik kuni

17 sentyabr AQSHda Konstitutsiya va Fuqarolik kuni

2001-yilda AQSh prezidenti Jorj Bush qaroriga muvofiq 17 sentyabr konstitutsiya va Fuqarolik kuni deb e’lon qilingan. 17-sentyabrdan 23-sentyabrgacha esa 1955-yilda Konstitutsiya haftaligi deb belgilangan.

AQShning ko’pgina fuqarolari u kun hamon dam olish kuni bo’lmasada millati va dinlaridan qat’iy nazar uni nishonlab kelishadi. Bu kun 1787-yil 17-sentyabrda 12 shtat Kongress delegatlari dunyodagi 1- konstitutsiyani AQShda imzolashgandan buyon muhim sanaga aylandi.


17-sentyabr – Koreyaning Pxyonchxan viloyatida Li Xyo Sok nomli madaniyat festivali o’tkaziladi. Ushbu festival 9-sentyabrdan 18-sentyabrgacha Ponpxyon –myonda o’tkaziladi. Li Xyo Sok «Grechka gullaganda” nomli mashhur asar muallifi bo’lib, u Koreyada juda mashhur. Bu asarda tabiat go’zalligi va inson hayoti mohirona ko’rsatib berilgan. Ayniqsa asar muallifi tug’ilib o’sgan Ponpxyon shahri tabiati manzarasi keng yoritilgan. Li Xyo Sok nomli madaniyat festivali har yili o’tkazilib uning maqsadi ommani Li Xyo Sokning hayoti va ijodi hamda Кoreya adabiyotining shoh asari bilan yaqinroq tanishtirish. Festivalda adabiyot konkurslari, she’riyatga oid ko’rgazmalar, adabiyot kechalari va boshqa madaniyat dasturlari o’tkaziladi. Bundan tashqari siz grechka dalalarini kezib, grechka gullarini tomosha qilishingiz, xalq o’yinlarida ishtirok etishingiz va grechkadan turli ovqatlarni tayyorlashni o’rganishingiz mumkin.