Mikroneziya 1991-yilning 17-sentyabrida mustaqil bo’lgan (ilgari – BMT tasarrufida, AQSh boshqaruvida bo’lgan Tinch okean orollarining bir qismi).
Rasmiy nomi-Mikroneziya Federativ Shtatlari. Poytaxti-Palikir. Hududi – 702 kv.km.. Aholisi – 112100 kishi (2012). Davlat tili-ingliz. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik (50%) va protestant (47%) mazhablariga e’tiqod qiladi. Pul birligi-AQSh dollari. Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining g’arbiy qismida, Karolin orollarida joylashgan davlat. Orollar geologik kelib chiqishiga ko’ra bir xil emas: baland tog’li orollardan marjon atollargacha bor. Orollarning ayrimlarida vulqonlar faoliyati davom etmoqda. Asosiy tabiiy resurslari: dengiz mahsulotlari, yog’och, fosforitlar.
Iqlimi – arxipelagning g’arbiy qismi ekvatorial va subekvatorial, sharqida tropik passat-mussonli.
Vulqonli va marjon orollar faunasi bir-biridan farq qiladi. Vulqonli orollarning qirg’oqlarida mangr butazorlari, kokos pal’malari, bambuk o’sadi. Marjon orollarida esa kokos pal’malari ko’p.