Rasmiy nomi – Meksika Qo’shma Shtatlari. Poytaxti – Mexiko. Hududi – 1958 201 km.kv. Aholisi – 116901700 kishi (2012). Davlat tili – ispan. Aholining asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi – meksika pesosi. Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan davlat. Shimol va sharqda – AQSh (chegara uzunligi – 3141 km), janubda – Gvatemala (962 km) va Beliz (250 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 4353 km. G’arbda Tinch okeani, sharqda Karib dengizi va Meksika ko’rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 9330 km. Mamlakatning katta qismini vulqonlar faoliyati natijasida vujudga kelgan, o’rtacha 1000 m dan 2400 metrgacha bo’lgan balandligidagi Sharqiy S’erra-Madre, G’arbiy Se’rra-Madre va Janubiy Se’rra-Madre tog’liklar egallagan. Bu yerda Sitlal’tepetl’ (5699 m), Popokatepetl’ (5452 m), Orisaba (5747 m) kabi harakatdagi vulqonlar ham bor. Ushbu region seysmik faol hudud hisoblanadi. Mamlakat sharqida Yukatan yarimorolida ulkan qirg’oq bo’yi tekisliklari mavjud. Meksikaning g’arbiy hududlari Quyi Kaliforniya yarimorolida joylashgan. Asosiy daryosi – Rio-Bravo-del’-Norte. Meksikada neft, tabiiy gaz, kumush, toshko’mir, oltin, mis, qo’rg’oshin, rux konlari bor. Shudgor qilinadigan yerlar mamlakat hududining 12%, o’tloq va yaylovlar 39%, o’rmon va changalzorlar 24% ini tashkil etadi. Iqlimi – shimoliy qismi subtropik kontinental, qolgan hududlar tropik mintaqada joylashgan. Meksika 1810-yilning 16-sentyabrida Ispaniyadan mustaqillika erishdi. Asosiy savdo hamkori: AQSh. Temir yo’llarining umumiy uzunligi-2680 km, avtomobil yo’llari-210000 km, ichki suv yo’llari-2900 km. Eng muhim portlari: Monsonil’o, S’yudad-Madero, Sameno-Krus,Tuspon.