16-sentyabr Xalqaro ozon qatlamini himoyalash kuni.
1994-yilda BMT Bosh Assambleyasi 16-sentyabrni Xalqaro ozon qatlamini himoyalash kuni deb e’lon qildi. Bu kun ozon qatlamini yemiruvchi moddalar to’g’risidagi Monreal’ protokoli (bayonnomasi) ning imzolanishi sharafiga belgilangan.
Xalqaro ozon qatlamini himoyalash kunining shiori, «Osmonni asra, o’zingni himoya qil – ozon qatlamini himoya qil”. 1987-yil 16-sentyabrda 36 davlat ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni ishlab chiqarishni kamaytirish va butunlay to’xtatishlari kerakligi to’g’risida hujjat imzolashdi. Davlatlarga Monreal’ protokolida (bayonnomasida) keltirilgan maqsad va vazifalarga tayangan holda faoliyat yuritishni targ’ib qilish taklif etildi.
Ozon qatlami bu yerni quyosh nuri halokatini ta’siridan asrab sayyorada hayotni saqlab qolishga yordam beradi. Agar ushbu qatlam yupqalashsa yerdagi barcha tirik jonzotlarga biosferaga xavf tug’iladi. Insonga ultrafiolet nurlarning tushishidan teri saratoni, ko’rlik va boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
80-yillarda olimlarning aniqlashlariga ko’ra, Antarktidada ozonning umumiy qismi ikki marta kamaygandi. Ozon qatlami yupqalashishiga xlor oksidi ta’sir qiladi. U zavodlarda ishlatiladi.